xorijiy turistlarning mamlakatda yashashi va harakatlanishining o‘ziga xosligi;
immigratsiya qoidalari;
ba’zi boshqa tartiblar.
Xalqaro turizmda politsiya va sanitar rasmiyatchiliklarni farqlash mavjud. Bu o‘rinda politsiya rasmiyatchiliklari deganda davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarning o‘rnatilgan pasport-viza tartibiga amal qilishi bilan bog‘liq tadbirlar tushuniladi. Nazoratning bu turini amalga oshirish aeroportlar, temir va shosse yo‘llarida, dengiz va daryo bekatlaridagi maxsus xizmatlar zimmasiga yuklatilgan (O‘zbekistonda O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligiga).
Sanitar (tibbiy) rasmitchiliklar deb, davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslar va ularning jonivorlari (agar bo‘lsa) o‘rnatilgan emlash talabiga rioya qilishning nazoratiga aytiladi. Rasmitchiliklarga rioya qilishning nazorati mamlakatga kirish va chiqish uchun foydalaniladigan chegaraviy punktlarda maxsus sanitar xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi va odatda turistlarda emlash haqidagi xalqaro sertifikat mavjudligini tekshirishdan iborat bo‘ladi. Zarur holatlarda sanitar rasmiyatchiliklar tomonidan turistlarni va sayohatchilarni joyida emlash va xavf tug‘ilsa ularni vaqtincha izolyatsiya qilish ham ko‘zda tutilgan. Turistlar va sayohatchilar olib o‘tadigan hayvonlar uchun muvofiq veterinar sertifikatlar talab qilinadi.
Bojxona milliy qonunchilikka muvofiq holda davlat chegarasi orqali o‘tayotgan yuk, yo‘lovchilar, pochta jo‘natmalari, pul va qimmatbaho buyumlarni nazorat qiladigan, o‘rnatilgan bojxona bojlari va boshqa to‘lovlarni olish, shuningdek qonunchilik tomonidan belgilangan tartibga javob bermaydigan yuklarni to‘xtatishni amalga oshiruvchi davlat organidir.
Bojxona rasmiyatchiliklari davlat chegarasidan o‘tayotgan shaxslarning buyumlar, tovar va valyutani olib kirish va olib chiqish qoidalariga rioya qilishni tekshirish tadbirlaridan iborat bo‘ladi. Bojxona rasmiyatchilik-larining amaliyoti mamlakatga kirish va chiqish uchun foydalaniladigan chegara punktlaridagi bojxona xizmati zimmasiga yuklatilgan (Aeroportlar, temiryo‘l, dengiz va daryo bekatlari, avtoyo‘llardagi chegaradan o‘tiladigan joylarda).
Turistlar va sayohatchilar uchun bojxona rasmiyatchiliklari odatda olib o‘tishga ro‘xsat berilgan narsalar, tovarlar va pul (valyuta) ning ro‘yxati va miqdorini yozma yoki og‘zaki deklaratsiya qilishdan iboratdir. Bunda T-6 shaklidagi bojxona deklaratsiyasi to‘ldiriladi.
Butunjahon turizm tashkilotining valyuta operatsiyalari xususidagi tavsiyalari quyidagilar:
Valyutaning miqdori bojxona deklaratsiyasiga kiritilgan taqdirda uni olib kirishga ruxsat berish.
Chegaradan o‘tishda molyaviy qiyinchiliklar va noqulayliklarga barham berish uchun tashrifchilar va turistlarga to‘liq ma’lumotni taqdim etish.
Chiqishda turistlarga valyutani qayta almashtirish imkoniyatini yaratish.
Olib kiriladigan valyutani milliy pulga almashtirish turist istagiga binoan amalga oshiriladi.
Nazorat punktida valyuta almashtirishni tartibga soluvchi qoidalar va almashtirishning joriy kursi osib qo‘yilishi lozim.
O‘z davlatidan chiqishda mamlakatdan qaytib ketishga yetadigan miqdorda pulga ega bo‘lishga ruxsat berish.