Hisobot matni quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
Safar hududi to‘g‘risida ma’lumotlar: safarga tayyorgarlik va uni o‘tkazish paytida hududning taktik va texnik masalalarga ta’siri.
Safar to‘g‘risida ma’lumot: safar marshrut to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar, uning uzunligi va davomiyligi, turli vositalar yordamida pechadigan bosqichlari.
Safarni tashkil etish, jumladan aynan shu marshrut tanlanishining asoslanishi.
Safar harakatining grafigi va texnik tavsifi.
Havfsizlik, ekstremal vaziyatlar, ko‘rish cheklangan sharoitlarda mo‘ljallarga alohida e’tibor beriladi.
2.5 Safar xulosasi, natija va tavsiyalar.
Hududning eng o‘ziga xos jihatlari, o‘tishni yengillashtirish yo‘llari, havfsizlik va qiziqarli o‘tkazish takliflari.
Safarga tayyorgarlik va hisobot tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, Turistlik hisobotlari va boshqa manbalar.
Ilova:
shaxsiy va guruh jihozlari, jihoz va inventar koplektatsiyasi bo‘yicha tavsiyalar;
safarda ovqatlanish ratsioni, yo‘lda mahsulotlar olish imkoniyati mavjudligi;
guruh va har bir kishiga tegishli mahsulot va uskunalar hajmi; safar harajatlari smetasi;
transport, aloqa, tibbiyot punktlarining ish tartibi;
hisobotga ilova qilinadigan suratlar (chizmalar)
safar yo‘lining murakkab nuqtalarini, yodgorliklarni, tabiatini aks ettirishi lozim. Fotosuratlar va chizmalar raqamlanishi, nomlanishi va imzolanishi kerak.
safar hududining marshrut ko‘rsatilgan, zahira yo‘l qayd etilgan, yo‘nalishlar belgilangan, tunash joylari ta’kidlangan, to‘siq va mo‘ljallar aks etgan, asosiy nuqtalar fotosuratlar vositasida tasvirlangan haritasi. Harita safarning og‘ir uchastkalari va ularni o‘tish yo‘llarini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: |