9 Amaliy mashg\'ulot yuzasidan savollar-fayllar.org
Turizm XXI asrda Hozirgi tushunchalarda qabul qilingan turizm XIX asrning oxiriga borib shaklangan bo‘lsada, faqat XX asrga kelib u jadal suratlarda rivojlandi hamda texnika va texnologiyalarning rivojlanishi, jamiyat munosabatlari-ning yuksalishi natijasida u «XX asr fenomeni» nomini oldi. Bugungi kunda turizm - juda kuchli jahon mikyosidagi iqtisodiyotning tarmog‘i bo‘lib, uning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 10%ni tashkil etadi hamda bu sohaga juda ko‘p sonli xodimlar, asosiy vositalar va yirik kapital mablag‘lar jalb qilingan. Bu yirik biznes, katta pul va global mikyosdagi jiddiy siyosatdir.
Jamiyatning rivojlanishi bilan sayyoramizning tobora ko‘plab aholisi turizm sohasiga jalb kilinmokda. 1995-1997 yillar mobaynida sayohat qiluvchilar sonining barqaror usish tendensiyasi yiliga o‘rtacha 4% kuzatilib, 2008 yildan Jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sababli bu sohadagi faollikning kamayganligini qayd qilish mumkin. Bugungi kunda turizm ko‘pgina mamlakatlarda shiddat bilan rivojlanayotgan industriyaning ijtimoiy-iqtisodiy tarmog‘idir. BTT ning baholashiga ko‘ra, turistlik servisi rivojlangan shaharga tashrif buyurgan 100 nafar turist 20 ming AQSH dollari atrofida sarflaydi, ya’ni har bir turist tomonidan bir sutkada shaharga 200 AQSH dollari miqdorida foyda keladi. Taqqoslash maqsadida, bu miqdordagi foydani olish uchun xatto rivojlangan mamlakat ham kamida jahon bozoriga 1 tonna paxta yoki 2 tonna bug‘doy olib chiqishi kerak bo‘ladi.
Hozirgi paytda dunyoning ajoyib, jozibador turistlik resurslariga ega bo‘lgan barcha burchaklari hali yaxshi o‘zlashtirilmaganligi va keng turistlar ommasi uchun ochik emasligini ham hisobga olish lozim. Bunda tabiiy-iqlim sharoitlari va siyosiy-iqtisodiy omillar, mintaqadagi tinchlik, turizm industriyasining riojlanishi kabilar muhim rol o‘ynaydi. Turizm infratuzilmasi va industriyasi turizmga turdosh bo‘lgan bir necha tarmoqlarni ham rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turizmning rivojlanishini yana bir katta muammo bo‘lgan ishsizlikni hal qilishga yordam beradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatga tashrif buyurgan har 20 nafar turist, 1 ta bevosita turizm sohasida va 2 ta turizmga bog‘liq bo‘lgan xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarida yangi ishchi joylarning ochilishiga yordam beradi. Shu bilan birga mahalliy mintaqalarning rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qilib, jumladan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini, mahalliy mahsulotlarini va milliy hunarmandchilik mahsulotlarini sotishga yordam beradi. Masalan, Petropavlovskka kruiz laynerining kelishining o‘zi mahalliy aholi hayotida katta bir ayyomdir, chunki bu 50-60 kishi ish bilan ta’minlansa, uch kun mobaynida ular yo‘lboshchilik, gidlik vazifasini o‘tayotgan mahalliy o‘qituvchilar esa o‘z oylik maoshlariga teng bo‘lgan qo‘shimcha daromad oladilar.