Amaliy mashg'ulot yuzasidan savollarTuristning sayohatga borib kelishi yashash faoliyatiga bevosita ta’sir qilmaydi
Tayanch iboralar: Markaziy Osiyo sayohatchilari, kashfiyotlar, qadimgi sayohatlar va ziyoratchilik, sayohat va sayohatchi, turist haqidagi tushunchalar, ziyoratchi olimlar, turizmni sayyohatdan ajratib turuvchi asosiy xususiyatlar, turizm kuchli jahon mikyosidagi iqtisodiyot tarmog‘i, zamon va makonda ko‘chib yurish, bo‘sh vaqtning va mablag‘ning mavjudligi.Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar: Sayohat deganda nimani tushunasiz? Ilk sayohatchilar kimlar bo‘lgan? Ko‘chmanchilarni sayohatchilar deyilishiga sabab nimada? Ziyoratchilar qanday sayohatlarni amalga oshiradilar? Savdogarlar sayohati haqida nimalarni bilasiz? Markaziy Osiyo sayyohatchilarining sayohatga qo‘shgan hissasi nimadan iborat? Nima uchun Tomas Kuk turizmning asoschisi deyiladi? Turizmning ta’rifini aytib bering? Turizmning sayohatdan farqi nimalardan iborat? 3. TURIZM XIZMATLARINING TASNIFLANISHI VA XUSUSIYATLARI Reja: 3.1. Turizm sohasining tasniflanishi 3.2. Turistlik xizmatlarning xususiyatlari 3.3. Turistlik xizmatlarning «To‘rtta S» bilan ifodalanishi. 3.1. Turizm sohasining tasniflanishi Zamonaviy turizmni o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash maqsadida uning muhim tasnifiy belgilarini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Jumladan, geografik belgilari, turistlik oqim yo‘nalishi, safar maqsadi, harakatlanish usuli, turistilarni joylashtiruv vositalari va ishtirokchilar soni bo‘yicha, tashkiliy-huquqiy shakllarini tasniflash maqsadga muvafiqdir. Jadval 3.1. Yüklə 1,12 Mb. Dostları ilə paylaş: |