Amaliy mashg'ulot yuzasidan savollar


Turistlik xizmatlarning xususiyatlari



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə21/168
tarix25.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#134631
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168
9 Amaliy mashg\'ulot yuzasidan savollar-fayllar.org

3.2. Turistlik xizmatlarning xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlar odatdagi muhit daraja-sidan tashqarida bo‘lib qoldilar, chunki yagona tovar bo‘lib moddiy mahsulot, aniqrog‘i, uning torgina qismi –xalq iste’moli tovarlari hisoblanar edi. Yangi munosobatlar kapital bozori, ishchi kuchlari xizmat bozori va h.k. kabi bozorning yangi segmentlarini o‘zlashtirishni talab etadi.
Chet elda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning tez taraqqiy etuvchi tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda yalpi ichki mahsulotda xizmatlar ulushi 70 foizdan ham oshadi.
O‘zbekistonda turizm bozorini o‘rganish va rivojlantirish uchun, avvalo turistlik xizmatlarning mohiyatini aniqlash zarur.
Xizmat termini xalqaro standartlarda berilishicha – bu ijro etuvchi va iste’molchi o‘rtasidagi bevosita o‘zaro ta’sirning natijasidir, hamda iste’molchi ehtiyojini qondirish bo‘yicha ijrochining shaxsiy faoliyati natijasi hisoblanadi.
Bu tushuncha o‘z tarkibiga qo‘yidagilarni qamrab oladi:
  1. Xizmat iste’molchilari va ijro etuvchilarning o‘zaro ta’siri;


  2. Ijrochilarning o‘zlari tamonidan xizmat ko‘rsatish jarayoni (ya’ni, ma’lum ishlarni bajarish);


  3. «Qayta tashkil qilingan mahsulot» yoki «xizmatlar natijasi» ko‘rinishidagi ushbu faoliyat natijalari.


Turistlik xizmat – turistlarni mos ravishdagi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha turistlik korxona faoliyati natijasi hisoblanadi. Turistlik korxonaning ishi barcha sayohatlarni tashkil qilish bilan birga alohida xizmatlarni tashkil qilishi ham mumkin.


3.3. Turistlik xizmatlarning «To‘rtta S» bilan ifodalanishi.
Turizm xizmat ko‘rsatish sohasining tashkil etuvchisi sifatida o‘z xususiyatlariga va funksiyasiga ega bo‘lib, bu uni xo‘jalik yuritishning avtonom sohasi ekanligini belgilaydi. Boshqa xizmat turlari kabi turistlik xizmatlar o‘ziga xos xususiyatlarini shartli ravishda «To‘rtta S» bilan belgilasak qo‘yidagi holatda bo‘ladi:


  1. Sezilmaslik. Turistlik xizmatlar moddiy mahsulot bo‘lib hisoblanmaydi. Ular ijtimoiy – madaniy (nomoddiy) sohalarga tegishli bo‘ladi, chunki iste’molchini ijtimoiy-madaniy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini jismoniy, etik, intellektual, ma’naviy va h.k. ehtiyojini qondirish bo‘yicha xizmatlarni ijro etuvchilar faoliyati aniqlaydi. Ularni harid vaqtida ko‘rish yoki baholash mumkin emas. Bunday xizmatlar ob’ekti bo‘lib, shaxsan iste’molchi hisoblanadi (turist);



Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin