4.2. Turoperator va turagentliklar
Turoperatorlar turistlik mahsulotni shakllantirishni (tuzish yoki loyihalash), uni bozor tomon harakatini, shuningdek realizatsiya qilinishini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Turni shakllantirish deganda muddatlari, maqsadini aniqlash bo‘yicha tartiblashtirilgan va bir-biriga bog‘langan, narxi va sifati bo‘yicha, ketma-ketligiga ko‘ra kelishilgan xizmat ko‘rsatish va ish bajarish, ularni taklif etish bo‘yicha shartnomalar tuzish, tegishli ravishdagi bronlashtirish va rezervlashtirish tushiniladi. Yo‘naltirish deganda shunday ishlar majmui tushiniladiki, bunda potensial iste’molchida shu ishlarni sotib olish uchun moyillik tug‘dirish bo‘yicha ishlar bajariladi
«Realizatsiya» termini ikki xil ma’noga ega:
Sotish
Bajarish.
Faoliyatning an’anaviy sxemasi bo‘yicha turoperator turistlik agent-kutarachilarga turistlik mahsulotni faqat ulgurji sotishni amalga oshiradiki, agent kutarachilar bu mahsulotni mintaqalar bo‘yicha taksimlaydilar va ularni mahalliy turistlik agentliklar orqali sotadilar. Ko‘tarachilar WHOIESAIORS deb nomlanadilar.
Turlarni iste’molchining o‘ziga, turistga chakanalab sotishni turistlik agentligi (yoki qisqacha turagentlik) amalga oshiradi. Ba’zan turoperator o‘z huzurida maxsus strukturaviy bo‘linma - faqat turistlarga ko‘rsatishnigina emas, balki barcha agentlik ishlarini o‘zaro muvofiqlashtirish bilan ham shugullanuvchi turlarni chakanalab sotish bo‘yicha markaziy turistlik agentligini tuzishi mumkin. Amaliyotda turizm sohasidagi korxonalar ichida turoperatorlarning soni 5 % dan oshmaydi, turagentliklar esa 95 % ni tashkil etadi.
Bundan tashqari, turoperator turistlik mahsulotni iste’molchi (turist) oldida bajarilishi uchun javob beradi va amalda turistlik mahsulotni nazorat qilish va operativ kuzatib borishni amalga oshiradi. Odatda turoperatorlik funksiyasini amalga oshirish uchun korxonani shundayligicha yuridik shaxs sifatida yoki yuridik shaxs ma’lumotiga ega bo‘lmagan tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishigina emas, balki bunday faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus litsenziya ham olish zarur. Masalan, Rossiyada litsenziya olish faqat xalqaro turistlik faoliyatni amalga oshirishda talab etiladi. Ichki turizm sohasidagi faoliyatda litsenziya va maxsus ro‘yxatdan o‘tish talab qilinmaydi. O‘zbekistonda esa ichki va xalqaro turizm uchun yagona litsenziya zarur.
Turoperator turistlik mahsulot iste’molchisi oldida javobgar hisoblanadi, iste’molchi ko‘pgina turli xil korxonalar xizmatini o‘z ichiga olgan xizmat ko‘rsatishlar paketini aynan undan sotib oladi. Bu javobgarlik turoperatorning tegishlicha kafolatlarini (ma’lum summadagi mablag‘ depoziti yoki boshqa ta’minot uchun bank kafolati, agar litsenziyalashtirish qonunlari bo‘yicha mumkin bo‘lsa, malakaviy javobgarlikni sug‘urtalashni nazarda tutadi. Turli mamlakatlarda javobgarlikning ta’minlanish darajalari turlicha belgilangandir, masalan, 10 dan 250 ming USD.
Turistlik agentliklar (turagent) - bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistlik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi, shaxs nomidan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistlik yo‘llanmalar do‘koni» dir. Turistlik yo‘llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistlik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo‘llanmalar yuk vaucher bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus xoshiya mavjud. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlari va javobgarlikni bo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi.
Hozirgi paytda turlarni iste’molchiga Internet tarmog‘i orqali sotish shakllanmokda, lekin iste’molchiga faqat axborot berish va mahsulot taklif etish, uni mijozning talabnomasi bo‘yicha o‘zlashtirish bosqichlargina avtomatlashtirish imkoniyatiga ega, ba’zi hollarda, masalan, bankdagi hisob-kitoblarni yoki kredit kartalarining raqamlarini ko‘rsatishda haq to‘lash ham nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |