«Turistlik sayohati» xizmatini loyihalashtirishning natijasi quyidagi turistlik korxonasining texnologik hujjatlari hisoblanadi:
turistlik sayohatining texnologik haritasi (5-ilova);
turistlik korxonasining yuklanish grafigi (6-ilova);
iste’molchiga taqdim etiladigan turistlik yo‘llanmasining axborot varaqasi (7-ilova).
«Turistlik safari» xizmatini loyihalashtirish quyidagilarni nazarda tutadi:
Safar yo‘lini ishlab chiqish hududlar bo‘yicha mo‘tadil iqlim sharoiti, ekologik va sanitariya me’yor va talablariga javob beradigan, amaldagi me’yoriy hujjatlarda belgilangan tarzda (SSBT, tabiat muhofazasi sohasi standartlariga mos keladigan), hamda aniq turizm turi rivojining real imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
«Turistlik safar» xizmatini loyihalashtirishning hujjatli asosi marshrutning ekspeditsion tekshiruvi va sayyohlar xohishini sotsiolagik o‘rganish o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hisobot hisoblanadi (8-ilova)
«Turistlik safar» xizmatini loyihalashtirishning natijasi uning yo‘l pasporti hisoblanadi (9-ilova).
Turistlik safarining yo‘l pasporti quyidagi tashkilotlar bilan kelishiladi:
sanitariya – epidemologiya xizmati organlari;
transport vositalari harakatini nazorat qiluvchi boshqa tashkilotlar (DAN, suv inspeksiyasi va b.);
er maydoni boshqaruvi organlari (mulkdorlar) bilan, agar ular hududidan turistlik safari yo‘li o‘tgan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: |