To‘rtinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayohat (8.00-13.30). Tushlik (13.30-14.30). Bo‘sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga yotish/bo‘sh vaqt.
Beshinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Buxoroga jo‘nash. (8.00-12.00) Joylashish va dam olish (12.00-13.00). Tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‘ylab sayohat, Labi-hovuzdagi teatrlashtirilgan shouda ishtirok etish (15.00-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga yotish/bo‘sh vaqt.
Oltinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Tarixiy obidalarga sayr qilish (8.00-13.30). Tushlik (13.30-14.30). Bo‘sh vaqt (14.30-20.00). Kechki ovqat (20.00-21.00). Uyquga yotish/bo‘sh vaqt.
Yettinchi kun. Nonushta (7.30-8.00). Toshkentga jo‘nash (8.00-18.00). Yo‘lda tushlik (13.00-14.00). Shahar bo‘ylab sayr qilish (18.00-21.00). Aeroportga transfert (21.00). Parijga uchib ketish (24.00).
Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘lmoqdaki, yo‘nalish batafsil va mukammal bo‘lishi, shaharning harakatlanish sxema – kartalari uning tarkibida mavjud bo‘lishi talab etiladi. Unda barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalarni joylashuvi, restoranlar, aloqa telefonlari va boshqa zarur bo‘lgan foydali ma’lumotlar bo‘lishi zarur. Masalan, turistlar o‘z sayohatlari davomida astronomiya fanining rivojiga buyuk hissasini qo‘shgan alloma – Mirzo Ulug‘bekning observatoriyasiga tashrif buyuradi. Shu sababli, Ulug‘bekning tarixiy hayoti va ilmiy faoliyatiga batafsil to‘xtalish, ma’lumot berish zarur. Bundan tashqari sayohatchilar yo‘lidagi qadimgi kishilarni to‘xtagan joylarini ham qayd etish mumkin. Bularning barchasini jarangli va mazmunli nomlar bilan yetkazish kerak.
Yuqorida qayd etilganidek, turmahsulot turistlarga paket (“pekidj”) larda sotiladi. Turoperator turagentlarga komission chegirmalar taqdim etadi yoki turagent o‘z xizmatlari – reklama, mijozlarni topish, hujjatlarni rasmiylashtirish va boshqalar uchun ustama haq qo‘yadi. Shu bilan birga, paketdagi taqdim etilayotgan turni narxini hisoblashni bilish lozim. Turmahsulotning narxini normativ kalkulyatsiya metodi bilan hisoblash mumkin. Unga turistlarga xizmat ko‘rsatish bilan ham, turistlar guruhini kuzatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha sarf-harajatlar kiradi. Turmahsulot narxining formulasi qo‘yidagicha hisoblanadi:
Bu yerda, Ptur – milliy valyutada bitta turistning turpaket narxi (yoki dollar ekvivalentida);
SU – turoperatorning turpaketi ichiga kiradigan xizmatlar tannarxi; Stax – alohida xizmat turlari bo‘yicha bilvosita soliqlar summasi (NDS);
PrT – turoperatorni milliy valyutadagi foydasi (yoki dollar ekvivaletidagi);
ZT – turpaket tarkibiga kiruvchi alohida xizmat turlari uchun turistga turoperator taqdim etayotgan chegirma;
Kd – turpaketni sotuvchi turagentni komission mukofotlash (ko‘p hollarda bu turpaket narxiga qo‘shimcha yoki turoperatorni turagentning foydasiga narxdan chegirma);
Ntour – guruhdagi turistlar soni;
Ngr – guruhga yo‘lboshchi sifatida hamkorlik qiluvchilarning soni.
Turpaket narxi to‘g‘risida fikir yuritilganda, quyidagilarni qayd qilish juda muhim, jumladan:
turist mazkur turpaket narxi ichiga kirmaydigan qo‘shimcha xizmatlarni buyuradi, biroq, buning uchun qo‘shimcha haq to‘lashga tayyor;
turistlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, turoperator turagentga taqdim etayotgan chegirmasi shunchalik katta bo‘ladi va kishi boshiga hisoblaganda turning tannarxi shuncha past bo‘ladi;
ba’zida tur narxi nomavsumiy vaqtda transportga, joylashish vositalariga, diqqatga sazovor ob’ektlarni sayr qilishga yanada past narxlar belgilanadi, turistlarni yosh tarkibiga (bolalar va maktab o‘quvchilariga) turizmni ko‘pgina xizmatlarining narxiga kattagina chegirmalar beriladi, mintaqaga ba’zi davlatlar chet el turistlarini ko‘proq jalb etish maqsadida turizm faoliyati uchun imtiyozlar taqdim etadi;
turpaket narxiga kiruvchi foyda turizm korxonasi tomonidan harajatlar tannarxiga nisbatan foizlarda belgilanadi, ammo bunda mazkur turmahsulotga ehtiyoj darajasini hisobga olish zarur.
Bularning barchasida narx doimo elastik , moslashuvchan bo‘lishini, ya’ni bozor o‘zgarishlariga aniq moslashishini hisobga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: |