yo‘nalish bo‘yicha turistlik sayohatning texnologik haritasi;
turizm tashkilotining turistlar guruhlari bilan ma’lum vaqtga yuklanganlik grafigi;
turizm sayohati yo‘llanmasiga ma’lumot varaqasi;
Tur-1 «Turizm yo‘llanmasi» namunaviy shaklidagi yo‘llanma blankalari;
bron qilish varaqasi;
mijoz-turagentlar bilan shartnomalar blankalari;
hamkor–xizmat taqdim qiluvchilar (mehmonxonalar, transport kompaniyalari, sayohat byurolari va hokozolar) bilan shartnomalar;
sayohat harajatlarini hisoblash;
yo‘nalish tavsilotlari;
yo‘nalish bo‘yicha harakatlanish grafigi; yo‘nalish harita-sxemasi;
yo‘l ma’lumotlari matni (avtobusli sayohatlar uchun);
sayohat texnik o‘ziga xosliklarining tasviri (transportga buyurtmalar, chiptalar, ekskursiyalar va mehmonxonalarda xona ajratish, ovqatlanish tadbirlariga buyurtma berish muddati haqida eslatma;
arizalar blankalari;
yo‘nalish bo‘yicha transport harakati grafigi;
ehtimolli transport almashtirish, ko‘tish haqidagi eslatmalar);
turistlar uchun eslatmalar matni (alohida vaziyatlarda, masalan: karantinli mamlakatlarga safar uchun, maxsus sport yoki sarguzasht sayohatlar uchun va hokozolar);
yo‘nalish bo‘yicha ma’lumot materiallar;
reklama vositalarining variantlari;
prays - varaqalar (kataloglar).
Avtobusdagi turlarda «avtobus yo‘nalishi pasporti» to‘ldiriladi (xorijiy variantda «Safar varaqasi»). Bu hujjat O‘zbekiston Transport Vazirligi tomonidan tasdiqlanib, nafaqat yo‘nalish sxemasi va xizmatlar texnologiyasini, balki avtobusning texnik jihatlari, avtoyo‘llar xususiyatlari va kilometraji, avtoyo‘l harakati ta’qiqlari va cheklashlar, hordiq va ovqatlanish, yo‘lbo‘yi joylari, sanitar xizmat manzillarini aks ettiradi.