9 Amaliy mashg\'ulot yuzasidan savollar-fayllar.org
2.4. Sayohatlarni moddiy ta’minlash jihatlari Sayohatlar va turizmning bir-biridan farqlarini ko‘rib chiqishda ushbu faoliyatning maqsadlari va moddiy ta’minotiga tuxtalib o‘tish joiz. Sayohat va ekspeditsiyalarning asosiy qismi ma’lum bir maqsadlarga (savdo, fan, yangi yerlarni ochish, mahsulot reklamasi va hokazo) xizmat qilib, manfaatdor shaxslar, tashkilotlar, davlat va xususiy jamgarmalar tomonidan moliyalashtiriladi
Sayohatchi - bu birinchi navbatda kasb bo‘lib, odamlarning kasbi yoki kun ko‘rish manbai yo bo‘lmasa sayohatda ishtirok etuvchilarning turmush tarziga aylanishi mumkin. Bu esa faoliyatning maqsadi bo‘lib, turizm maqsadlaridan farq qiladi. Vaqt inson imkoniyatlarini sezilarli darajada o‘zgartirib yuborgan. Bugungi kunda bo‘sh vaqt va yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan deyarli har bir shaxs jahon bo‘ylab havo sharida yoki boshqa transoprt vositalarida sayr qilishi, dunyoning inson oyogi yetmagan nuqtalariga tashrif buyurishi mumkin. Sarguzashtli turizmga ixtisoslashgan turistlik firmalar Janubiy Amerika, Afrika va Osiyo bo‘ylab maxsus tayyorlangan avtomobillarda uzoq muddatli (30 xaftagacha) qit’alararo sayohatlarni taklif kilmokda. Buyuk yangi yer ochuvchilarning yo‘nalishlarini takrorlovchi, narxi 50 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 190 kunlik dengiz sayohatlari ham taklif etilmokda.
Turizmni uyushtirish va amalga oshirish bo‘yicha ma’lum bir sharoitlarda u turistlik industriyasi korxonalari va turistlik tashkilotlar tomonidan taqdim etiluvchi turistlik xizmatlardan foydalanishni kuzda tutishi mumkin. Turizm-sayohatlarning bir turi bo‘lsada, biroq o‘ziga xos jihatlariga ko‘ra, ma’lum bir tavsifga ega bo‘lib, unda ishtirok etuvchi shaxs turist deb nomlanadi.
Sayohatlardan farqli ravishda, turizm iqtisodiyot va siyosatning kuchli ta’siriga uchrovchi soha bo‘lib, buning ustiga ichki tabiiy xodisa dualizmiga ega bo‘ladi.
Turizm bu turistlar tomonidan amalga oshiriluvchi, aniq belgilangan turistlik maqsadlarga ega ommaviy sayohatlar turi, ya’ni turistning faoliyati va bunday sayohatlarni uyushtirish va amalga oshirish buyicha xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlardan iborat. Bunday faoliyat turli xil turistlik industriya korxonalari va ular bilan bog‘liq tarmoqlar tomonidan amalga oshiriladi.
Turizm faoliyati asosan bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi. Bunday hol sodir bo‘lishi uchun ikki shart bo‘lishi kerak: dam olishga ajratilgan bo‘sh vaqt va tegishli mablag‘. Uzoq vaqt davomida turizm faqat badavlat kishilar qatlaminiki bo‘lgan. Hozirgi paytda aholining turli qatlamlari bo‘sh vaqtini va jamg‘arilgan mablag‘larini turli turistlik safarlarga borishga sarflamoqdalar.