5.3. Turizm turlarining ko‘rinishlari Turistlik oqimlarning yo‘nalishi bo‘yicha turizm turlari «Kiruvchi» va «Chiquvchi» toifalariga bo‘linadi. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg‘un holatda taraqqiy etadi, «ichki» va «tashqi» turizm sohasida muvozanat saqlanadi.
Talab nuqtai nazaridan turizmning uchta turini ko‘rsatish mumkin: ichki, kiruvchi va chiquvchi turizm. Geografik prinsip asosida turizm sohasining tasniflanishi bo‘yicha xalqaro, milliy va mamlakat chegarasidagi ichki turizm turlari mavjud.
2008 yilda O‘zbekiston bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har 6 nafar chiquvchi turistga, 1 nafar ichki turist to‘g‘ri keladi. Turizm bozorini muvofiqlashtirishda Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) ishlanmalari bo‘yicha qo‘yidagi proporsiya tavsiya qilinadi:
1 ta kiruvchi turist- 1 ta chiquvchi turist- 4 ta ichki turist. Bu proporsiya BTT tavsiyalari bo‘yicha eng optimal nisbat hisoblanadi, uni amalga oshirish uchun turistlik faoliyatini tartibga soluvchi tegishli me’yoriy hujjatlar va qonunlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqorolarning kelishi va fuqorolarning chet elga chiqishlari haqidagi batafsil ma’lumot quyidagi 5-jadvalda ko‘rsatilgan:
Jadval 5.1.
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy fuqorolarning kelishi va fuqorolarning chet elga chiqishlari (rasmiy deklaratsiyadan o‘tgan, kishilar hisobida)