Amaliy mashg'ulot yuzasidan savollar


Rasm 12.1. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistlik rayonlari



Yüklə 1,12 Mb.
səhifə93/168
tarix25.11.2023
ölçüsü1,12 Mb.
#134631
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
9 Amaliy mashg\'ulot yuzasidan savollar-fayllar.org

Rasm 12.1. O‘zbekiston Respublikasining ekoturistlik rayonlari3


Har bir rayon o‘zining ekoturistlik holati, imkoniyatlari, shart-sharoitlari va rivojlanish istiqbollari nuqtai nazaridan ajralib turadi. Masalan Ustyurt ekoturistlik rayonini oladigan bo‘lsak, u O‘zbekistonning shimoliy-g‘arbi-Qoraqolpog‘istonda joylashgan palato bo‘lib, uning umumiy maydoni 200 ming km2 ni tashkil etadi. Bu joylar dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik koyali jarlari, davolash xususiyatiga ega bo‘lgan juda katta-1000 km tuzli Borsakelmas sho‘rxoxi bilan mashhur. Usimlik dunyosi deyarli yo‘q, osh tuzi va balchikli tuzning qatlami 16-27,5 m gacha boradi. Yangi kurib bitkazilgan Qo‘ngirot soda zavodi aynan ana shu tuzlar hisobiga ishlaydi.
Neolit davridan kolgan «Ustyurt makoni» ham noyobdir. Unda 60 ga yaqin kadimiy odamlar yashagan tabiiy ob’ektlar aniklangan. Ularning ichida ham tarixiy, ham ekoturistlik ahamiyatga moyil «Tempa» makoni bo‘lib, undan Xorazm arxeologiya ekspedesiyasi mehnat va ov qurollarini topgan.
Orol va Orolbo‘yi ekoturistlik rayoni ekologik inqirozli ekoturistlik hudud bo‘lgani uchun ham ekstremal ekoturistlik ob’ekt bo‘lib hisoblanadi. Ekoturistlik marshrutlar bir paytning o‘zida ham Orolning qurigan, ham uning ta’sirida bo‘lgan Orol otrofi hududlarini kamrab oladi. Ekoturlar nafakat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Amudaryo ekoturistlik rayoni. Amudaryoning o‘zaniga yaqin sohillarida to‘qayzorlar mavjud bo‘lib, ular ekoturlar uchun juda qiziqarli noyob landshaft hisoblanadi. Kuyi Amudaryoning o‘ng sohilida to‘qay landshaftidagi qushlar va hayvonlarni muhofaza qilish uchun Badayto‘qay qo‘riqxonasi tashkil etilgan. Ornitafaunani saklash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashqari Qizilqumning g‘arbiy qismida, Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida, kembriy va kembriygacha davrda burmalangan tog‘ jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Uvays tog‘lariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida O‘zbekistonning ko‘hna shaharlaridan biri Xorazm joylashgan, uning arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri hisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish mumkin.
Nurota rayoni o‘zining ajoyib tabiat manzaralari, tarixiy arxitektura yodgorliklari bilan kishilarni maftun etadi. 1975 yilda tashkil etilgan va maydoni 17,8 ming ga bo‘lgan Nurota tog‘ yong‘oqzor-meva qo‘rikxonasi mavjud. Bu qo‘riqxonaga «Ekosan» koshidagi «Ekosantur» firmasi tomonidan ko‘plab marshrutlar uyushtirilgan. Oqtog‘ning janubiy yon bag‘rida joylashgan jamol ta’sirida tebranib turuvchi bahaybat harsang toshli «Sanjigumon», «Koriz qoldiqlar» kabi tabiat yodgorligi ekoturizmning muhim ob’ektlaridan bo‘lib hisoblanadi.
Ko‘p asrlik ziyoratgoh «Chashma buloq» yaqinida «Chilistun» masjidi, madrasa, Abul Xasan Nuriy maqbarasi va qal’asi joylashgan. Qoratog‘ tizmasining janubiy yon bagrida «Sarmish darasi» dagi qoyalarda avlodlarimizning hayoti va madaniyatini aks ettiruvchi lavhalar, rasmlar ishlangan.
Janubiy Nurota tizmasida uzunligi 110 m, absolyut balandligi 1060 m, maydoni 163 m keladigan «Maydon karst gori», Shimoliy Nurota tizmasidagi uzunligi 130 m, absolyut balandligi 1100 m, maydoni 70 m keladigan «Xonaixudo karst g‘or» da speleoturizmni rivojlantirish mumkin. Bulardan tashqari, XI asrda bunyod etilgan va XVIII asr boshlarigacha turgan «Rabot Malik karvonsaroyi» sayyohlarning to‘xtash joyi, shuningdek savdogarlarning savdo qilish joyi bo‘lgan. Rabot Malik yonida ming yillik tarixga ega bo‘lgan madaniy yodgorligi-sardoba uchraydi. Yer ichiga 12 m botirilgan sardobada butun yoz bo‘yi muzdek va toza suv saqlangan.
Zarafshon ekoturistlik rayonida Zarafshon daryosi bo‘ylarida joylashgan to‘qay landshafti, undagi o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish uchun tashkillashtirilgan «Zarafshon qo‘riqxonasi» mavjud. Buxoro viloyatining Shofrikon o‘rmon xo‘jaligi hududida joylashgan qum cho‘l landshafti, u yerdagi o‘simliklar va hayvonlar hamda tarixiy yodgorliklar (Vardanza shahar harobalari) davlat tomonidan qo‘riqlanadi. «Vardanza qo‘riqxonasi», «To‘dako‘l flora va faunasini boyitish buyurtmaxonasi», Qoravulbozor xo‘jaligida joylashgan «Jayron-ekomarkazi», suv va botqoqqa moslashgan qushlarni ko‘paytiruvchi «Dengizko‘l buyurtmaxonasi», Zarafshon tog tizmalaridagi Omonqo‘ton va Temurlang karst gorlari, Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘ tizmalaridagi ko‘p qavatli «G‘untak g‘ori» va boshqalar diqqatga sazovordir. Zarafshon ekoturistlik rayonida qadimgi shaharlar Samarqand va Buxoro shaharlari joylashganligi tufayli ham ekoturlar yakuni tarixiy-diniy arxitektura yodgorliklariga kilinadigan safarlar bilan olib borilishi maqsadga muvofiqdir.
Turkiston ekoturistlik rayonida ekoturlarni alohida muhofaza etiladigan hududlarga uyushtirish mumkin. Chunki bu rayonda Turkiston tizmasining shimoliy yonbag‘rida 1959 yilda tashkil etilgan, absolyut balandligi 1760-3500 m, umumiy maydoni 21735 ga bo‘lgan «Zomin davlat qo‘riqxonasi», maydoni 24110 ga bo‘lgan noyob tog‘-archa ekosistemalarini tiklash va rekreatsiya maqsadlarida foydalanish uchun 1978 yilda tashkil etilgan «Zomin milliy bog‘i» mavjud.
Qashkadaryo ekoturistlik rayoni cho‘l, dasht, tog‘ oldi va tog‘li hududlardan iborat. Bu rayonda yoz va bahor oylarida cho‘l va dashtlarda, yilning barcha fasllarida esa tog‘ oldi va tog‘li hududlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Qashqadaryo rayonida 1979 yilda tashkil etilgan, 3938 ga maydonga ega bo‘lgan, MDH davlatlari ichida yagona «Kitob davlat geologiya qo‘riqxonasi», 1992 yilda tashkil etilgan «Muborak buyurtmaxonasi», 1992 yilda tashkil etilgan «Sechenko‘l buyurtmaxonasi» mavjud.
Surxondaryo ekoturistlik rayonida Ko‘hitang tog‘li hududda 1987 yilda tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil o‘simlik va 290 ta qush hamda 20 dan ortiq hayvon turlarini muhofaza kilishga yo‘naltirilgan «Surxon davlat qo‘riqxonasi» mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning o‘ziga xos rayonlaridan biri, bu yerda quruq subtropik iqlim mintaqasi hukmron. Shuning uchun ham yilning ko‘p oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor4.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda ekoturizmni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yetarli, imkoniyatlar katta. Ekoturni yilning barcha fasllarida o‘tkazish mumkin va uni tarixiy, diniy turizm bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Xumson-Oqtosh zonasining turistlik salohiyati tur mahsulot xizmatlarining narxi uncha baland emasligi va xududning katta imkoniyatlari bilan farqlanadi. Xumsonga qilinadigan tashriflarning o‘rtacha soni har mavsumda 10 ming kishiga yetadi, Xumsonning-Oktosh zonasiga-bir kunlik tashriflarni ham qo‘shib hisoblaganda kamida 120 ming kishiga yetishi mumkin.
Xumson xalqaro turizm yo‘nalishida kam tilga olinadi. Chet el sayohatchilari bu yerlarga faqat Toshkentga qilgan tashriflari doirasida kelishadi (ularning ulushi atigi 2% ni tashkil qiladi, bo‘lish muddatlari 2 kungacha). Bu hol xalqaro miqyosda reklama ishlari hali to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini anglatadi. Shu bilan birga, Xumson-Oqtosh turistlik zonasiga qiziqish bildiradigan mahalliy turoperatorlar mavjud. Masalan, Asia rast, Ecosan tour, Elena tour, AST, Ark-Osiyo firmalari shular jumlasidandir.
Xumson-Oqtosh zonasi bo‘yicha tavsiya qilinadigan turistlik mahsulot yo‘nalishlari:

  • togda otda yurish marshrutlari;


  • tog‘da piyoda yurish marshrutlari;


  • folklor va gastronomiya;


  • tabiat qo‘ynida hordiq chiqarish, joylarga ekologik turlar uyushtirish;


  • baliq ovi, dorivor o‘simliklar yig‘ish;


Yuqorida ko‘rsatilgan marshrutlar o‘tkazish uchun eng qulay vaqtlar:


  • trekkinglar-aprel-iyun oxiri va sentyabr-oktyabr o‘rtalari;


  • tog‘larga chiqish-may-sentyabr;


  • suvda sayr qilish-may-iyul;


  • otda sayr qilish iyun-iyul va sentyabr-oktyabr;


  • velosipedda sayr qilish-may-oktyabr;


  • paraglayding va deltaplenerlik-may-oktyabr;


  • tog‘ chang‘isi va taxtalari (snoubording)-yanvar-mart oxiri.






Yüklə 1,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin