Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar 1-Mavzu


-mavzu: Savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darsi ishlanmasini tuzish



Yüklə 450 Kb.
səhifə6/13
tarix30.11.2023
ölçüsü450 Kb.
#136777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar 1-Mavzu

3-mavzu: Savod o‘rgatish tayyorlov davri o‘qish darsi ishlanmasini tuzish.
Mashg`ulot rejasi:
1. Tashkiliy qism.
2.Yangi tovush harfni o’rganish uchun tayyorlab kelgan ishlanmalarni eshitish.
3. Eshitilgan dars ishlanmalari tahlil qilish.
4. Talabalarning mavzuga oid bilimlarini savol-javob va topshiriqlar asosida mustahkamlash.
5. Talabalarning bilimi va fikrlarini FSMU texnologiyasi orqali nazorat qilish va baholash.
6. Mashg`ulotni yakunlash.
Namunaviy dars ishlanma.
Fan:  Alifbe Mavzu: “Pp” tovushi va harfi
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Pp tovushini o`qish.
Soatlar soni: 1 soat
Mavzuning qisqacha ta’rifi: Pp tovushini talaffuz qilishga o’rgatish.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz: darslik, rangli ko’rgazmalar, harakatli ko’rgazmalar, tarqatma testlar, plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning maqsadi
Ta’limiy: O’quvchilarni Pp tovushi bilan tanishtirish . O’quvchilarni P tovushini so’z tarkibida to’g’ri talaffuz qilishga , ch harfli bo’g’in , so’zlarni o’qishga o’rgatish.
Tarbiyaviy: Tabiatdagi hasharotlarning foydali tomonlarini aytish , ularga zarar yetkazmaslikka da’vat etish , mehnatsevarlik fazilatini tarbiyalash .
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning o’qish ko’nikmasini o’stirish. Lug’at so’zlari bilan boyitish, bog’lanishli nutqini o’stirish.
Tayanch kompetensiyalar:
Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, fikrni og’zaki bayon qilish, o’qish) hikmatli gap, hikoya, she’r va ixcham audio matnlarni tinglab tushuna oladi; ularni ongli, ifodali to’g’ri o’qiy oladi.

Yüklə 450 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin