Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar 1-Mavzu



Yüklə 450 Kb.
səhifə7/13
tarix30.11.2023
ölçüsü450 Kb.
#136777
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Amaliy mashg’ulotlar uchun materiallar 1-Mavzu

Dars jihozi: “Harf xaltasi” , harf tasmasi, kesma harflar, “Alifbe” kitobi va darslikka mos rasm.
Tashkiliyqism - Salomlashish.

  • Sinfni darsga hozirlash.

  • Navbatchi axboroti.

O`tilgan mavzuni so`rash.
O`quvchilar avvalgi darsda o`tilgan tovush. Harflarni takrorlaymiz. harf tasmasidan o`qiydilar.
Yangi mavzu bayoni; Pp tovushi va Pp harfi.
Yangi mavzu quyidagi o`yinlar dan foydalangan holda boshlash o`quvchilarning diqqatini bir joyga  jamlaydi, yangi bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini qiziqishini oshiradi. So`zdan tovushni ajratib ol’’ o`yini o`quvchilar diqqati doskada ilingan “ Pilla’’ rasmiga jalb qilinadi. Ular “Pilla’’ so`zini butunligicha va bo`g’inlarga bo`lib talaffuz qilishlari kerak. 
O`qituvchi.. “Pilla’’ so`zi nechta bo`gindan iborat.
O`quvchi; “Pilla” so`zi ikki bo`gindan iborat.
Oqituvchi; Bu so`zda nechta tovush va harf bor? Xattaxtada pilla so`zining andozasini chizing o`quvchilar oynachalarga qarab P tovushini talaffuz qiladilar. p tovushi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beradilar.
Dam olish daqiqasi.
Boqqa kirsam olmalar
Qip- qizarib pishibdi
Silkitibdi shamollar
Yerga to`p-to`p tushibdi.
Bo`gin tuzish o`yini.
O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar.
So’z tuzish” o’yini. Xattaxtaga yozma harflar bilan “ko’prik”, “patir”, “kaptar”, “ipak”, “poyga” so’zlari ilingan. O’quvchilar kesma harflar yordamida shu so’zlarni yozadilar. “P” harfi so’zning qayerida kelayotganini aniqlaydilar.
Darvoza” o’yini.
Bu o’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi.
Ularning orqasida o’quvchilar uchun tayyorlangan sovg’alar bo’ladi.
Masalan, qog’ozdan yasalgan gullar , mevalar shakli yulduzchalar.
O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi. Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib hohlagan sovg’asini olish huhquqiga ega. O’qituvchi tarqatmalarni qiziqarli usulda, ya’ni shar ichida gul barglarida mevalarga yozgan holda tayyorlash lozim.
Darsni yakunlash bu kabi o’yinlardan foydalanish, yangi mavzuning o’quvchilar xotorasida mustahkam o’rnatishiga xizmat qiladi. Dars yakunida o’quvchilarning ballari yigiladi, va darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

Yüklə 450 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin