O`tilgan mavzuni so`rash.
O`quvchilar avvalgi darsda o`tilgan tovush. Harflarni takrorlaymiz. harf tasmasidan o`qiydilar.
Yangi mavzu bayoni; Pp tovushi va Pp harfi.
Yangi mavzu quyidagi o`yinlar dan foydalangan holda boshlash o`quvchilarning diqqatini bir joyga jamlaydi, yangi bilim olishga bo`lgan ishtiyoqini qiziqishini oshiradi.
So`zdan tovushni ajratib ol’’ o`yini o`quvchilar diqqati doskada ilingan “ Pilla’’ rasmiga jalb qilinadi. Ular “Pilla’’ so`zini butunligicha va bo`g’inlarga bo`lib talaffuz qilishlari kerak.
O`qituvchi: “Pilla’’ so`zi nechta bo`gindan iborat.
O`quvchi; “Pilla” so`zi ikki bo`gindan iborat.
O`qituvchi; Bu so`zda nechta tovush va harf bor? Xattaxtada pilla so`zining andozasini chizing o`quvchilar oynachalarga qarab P tovushini talaffuz qiladilar. p tovushi va unga xos xususiyatlar haqida tushuncha beradilar.
Dam olish daqiqasi.
Boqqa kirsam olmalar Qip- qizarib pishibdi Silkitibdi shamollar Yerga to`p-to`p tushibdi. Bo`gin tuzish o`yini. O`quvchilar o`quvchilar boshchiligida unli harflar bilan “p” tovushidan foydalanib , bo’g’inlar tuzadilar: po, pa, pi, pu, po’.Bu bug’inlarni avval o’qituvchi o’qib beradi, keyin navbat bilan o’quvchilar o’qiydilar. Shu o’rinda bo’g’inlar ishtirokida so’zlar tuzish topshirig’i beriladi. O’quvchilar “ pilla”, “parta “, “posbon” kabi so’zlarni aytadilar.
“So’z tuzish” o’yini. Xattaxtaga yozma harflar bilan “ko’prik”, “patir”, “kaptar”, “ipak”, “poyga” so’zlari ilingan. O’quvchilar kesma harflar yordamida shu so’zlarni yozadilar. “P” harfi so’zning qayerida kelayotganini aniqlaydilar.
”Darvoza” o’yini Buo’yinda 2 nafar o’quvchi qo’llarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi. Ularning orqasida o’quvchilar uchun tayyorlangan sovg’alar bo’ladi. Masalan qog’ozdan yasalgagullar , mevalar shakli yulduzchalar, O’qituvchi tomonidan o’yin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi. Ularga to’g’ri javob bergan o’quvchi darvozadan o’tib hohlagan sovg’asini olish huhquqiga ega. O’qituvchi tarqatmalarni qiziqarli usulda ya’ni shar ichida gul barglarida mevalarga yozgan holda tayyorlash lozim.
Uyga vazifa “ Pp” tovushini o’rganib kelish.
Savol va topshiriqlar: 1. To’liq oval elementli kichik harflar guruhiga qaysi harflar mansub?
2. To’liq oval elementli kichik harflarni avval elementlarga bo’lib, so’ng to’liq holida 4 qatordan yozib chiqing.
3. To’liq oval elementli harflar qatnashgan so’zlardan 4 qatordan misollar yozing.
4.Oo harfini o’rgatish bo’yicha bir soatlik dars ishlanmasini tuzing.