Amaliy matematika fakulteti


Kurs ishi rejasini tuzish



Yüklə 429 Kb.
səhifə6/13
tarix10.04.2023
ölçüsü429 Kb.
#125073
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
IAT Kurs ishi uslubiy

Kurs ishi rejasini tuzish
Kurs ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, ilmiy rahbar bilan kelishib tuzilgan rejaga koʻra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy boʻlimdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi koʻzda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq boʻlishi va oʻrganilayotgan muammoni har taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi har bir masala oʻzaro bogʻlangan boʻlishi lozim, ularni yoritishda esa Mobil ilova yaratish mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror ta’lim muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bogʻlangan boʻlishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyida namunaviy tanlab olingan mavzu boʻyicha reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda:
Mavzu: Mobil ilovalarni texnologiyalari va foydalanish usullari.
Kirish
I. Bob : Mobil ilovani olish jarayoni
1.1.Mobil ilovaga kirish jarayonining bosqichi
1.2.Ilovani tashuvchilarni yaxshi qo'llash
1.3. Mobil ilovaning test va ishga tushirilishi
II. Bob: Mobil ilovalar
2.1. foydalar uchun qulayliklar
2.2. Mobil ilovalar uchun ko'rgan qo'shimcha xizmatlar
2.3. Qo'shimcha turli va talablar
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar
Ma’lumotlarni toʻplash va qayta ishlash
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni har tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar toʻplaydi va ular boʻyicha hisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Kurs ishini yozish jarayonida bakalavriat ta’limi yoʻnalishining semester yakunidagi malakaviy amaliyot va unga oid oʻquv-metodik materiallaridan hisob shakllari, oʻquv jarayoni koʻrsatkichlari asosida foydalanish ham tanlangan mavzuning amaliy jihatini aks ettiradi.
Kurs ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar tahliliga asoslangan boʻlib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan boʻlishi lozim.
Shuningdek, hozirgi kunda davlatimizning kasb-hunar ta’limi tizimidagi davlat siyosati va uning amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan ustuvor yoʻnalishlarga bagʻishlangan koʻrsatkichlar, ma’lumot taxlil jadvallari, kasb-hunar ta’lim tizimidagi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, tashkiliy jihatlarning yangi qirralarini ochib, tahliliy omillar sifatida keltirib oʻtish ham kasb-hunar ta’limi mutaxassisligining iqtisodiy munosabatlari sharoitidagi amaliy ahamiyatini aks ettiradi.

Yüklə 429 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin