. Belgilarni formatlash - bunda gap asosan shriftni o'zgartirish haqida ketadi.
. Abzastni formatlash - bunda matndagi alohida abzastlar maydonlari o'lchamlarini, satrlar orasidagi intervallarni o'zgartirish va abzastlarni tekislash tushiniladi.
. Sahifalarni formatlash - bunda sahifa ko'rinishini va o'lchamlarini tanlash, xoshiyalar o'lchamlarini o'zgartirish nazarda tutiladi.
Belgilarni formatlash matn yozishda shrift rangi, o'lchami va uslubini o'zgartirish amallarini o'z ichiga oladi. Buning uchun “Formatirovanie” uskunalar paneli tugmachalaridan ham foydalanish mumkin.
Abzastlarni formatlash quyidagilarni o'z ichiga oladi:
. abzastlarni tekislash;
. abzast chegaralarini o'rnatish;
. abzast birinchi satri boshlanadigan chegarani o'rnatish;
. satrlar orasidagi masofani o'rnatish;
. abzastlar orasidagi masofani o'rnatish;
. abzastni sahifada joylashishi nazorati.
Abzastlarni tekislash “Formatirovanie” uskunalar paneli yordamida amalga oshirilishi mumkin. Odatda Word hamma abzastlarni chapga tekislaydi, bunda barcha satrlar bitta vertikal chiziqdan boshlanganday ko'rinadi. Tekislashni sahifaning markaziga yoki o'ng tarafiga, shuningdek bitta blok shaklida butun sahifa bo'ylab ikki tarafga ham tashkil qilish mumkin.
Abzasta chegaralari va birinchi satr boshlanadigan joyni gorizontal chizich yordamida o'rnatiladi. Abzasta chegaralarining asosiy kattaliklarini Format tavsiyanomasining Abzast bo'limi yordamida ham o'rnatish mumkin.
Odatda satrlar orasidagi masofa Wordda bir interval qilib belgilangan. Yahni, bu bitta satr balandligiga teng. Biroq u bir yarim, ikki va undan ham ko'proq interval bo'lishi mumkin. Satrlar orasdagi intervalni o'zgartirish uchun Format tavsiyanomasining Abzast bo'limidagi “mejstrochnqy” maydonidagi ro'yxatdan foydalanish mumkin.
Har qanday qog'ozda chop etilgan hujjat xoshiyalarga ega bo'ladi. Word sahifaning hamma tarafidagi hoshiyalar kengligi uchun kattaliklarini o'rnatish imkonini beradi. Buning uchun Fayl tavsiyanomasidagi Parametri stranitsa bo'limi tanlanadi va talab qilingan kattaliklar mos maydonlarga kiritiladi.
Hujjatni imlo xatolarini tekshirish uchun klaviaturadagi F7 tugmasini yoki “Standartnaya” uskunalar panelidagi mos belgi tasvirili tugmachasini bosish kerak.
Word muharriri Microsoft firmasining mahsulidir. Hozirgi kunda Word muharririning versiyalari keng tarqalgan va ushbu muharrirlar faqatgina Windows dasturi muhitida ishlaydi. Bu muharrir yordamida yangi matnni kiritish, matnni tayyor shakl asosida kiritish, xatlarni qo'yilgan talablarga asosan tayyorlash, manzillarga jo'natish, rasm, grafik, jadval va diagrammalardan foydalanish: matnni chop etishdan avval ekranda ko'zdan kechirish, matnni kiritishda imlosini tekshirish va boshqa bir qator amallarni bajarish mumkin.
WORD muharririda ba’zi bir tushunchalar mavjud. Bu tushunchalarning tavsifi quyidagicha:
•Avtomatn - matn kiritilayotganda ayrim so'z, tushuncha va jumlalarni bir necha bor yozishga to'g'ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug'i ularni qayta yozadi.
•Avtomuharrir - matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to'g'irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
•Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo'lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
• Formatlash - bu hujjat shaklini o'zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi
zarur bo'lgan so'z va tushunchalarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi
masofalarni o'zgartirish mumkin.
•Avtoformat - mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
Kolontitul - har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo'lishi mumkin.
Konteks menyusi - “sichqoncha” ning o'ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu. Tanlangan obyektga mos ravishda menyu ham o'zgarib turadi.
“Sichqoncha” - hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo'lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo'ladi.