Amaliy matematika


Microsoft Excel 2010 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə39/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104
Amaliy matematika

Microsoft Excel 2010 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.

Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office 2010 paketidagi asosiy vositalardan biri jadval muharriri deb ataluvchi MS E xcel 2010 dasturidir. MS Excel 2010 Windows operatsion qobig'i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo'ljallangan.
Elektron jadvallar asosan iqisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko'rishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel 2010 dasturini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan Excel 2010 bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lish talab etiladi.
Inson o'z ish faoliyati davomida ko'pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo'lgan ishlarini bajarishga majbur bo'ladi. Microsoft Excel 2010 dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
Microsoft Excel 2010 elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro'zg'or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.
2. Microsoft Excel 2010 dasturini yuklash.
Excel elektron jadval bo'lib, Windows uchun ilova dasturdir. Boshqa ilova dasturlarga o'xshash Excel ilova dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin:

  1. Пуск/Программы/Ms Office/Microsoft Excel 2010;

  2. Windows ish stolidagi Excelga oid biror hujjat yordamida va h.k.

Excel dasturi ishini yakunlash uchun bosh menyuning Fayl bo'limidan Выход buyrug'ini yoki masalalar qatoridan dastur tugmasi kontekst menyusidan Закрыть buyrug'ini tanlash yoki Excel darchasining o'ng yuqori burchagidagi “x” Закрыть tugmasiga bosish bilan amalga oshirish mumkin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin