Flesh-xotira bilan ishlash: ma’lumot yozish, ochish, ko’chirish, o’chirish
1.-Флешка
O xirgi yillarda oddiy disketa va kompakt disklar o’rniga ma’lumot saqlash va ko’chirish uchun yangi vosita – Flash xotiradan keng foydalanilib kelmoqda (1-rasm). Uning dastlabki hajmi 8 yoki 16 Mb ni tashkil etgan bo’lsa, hozirgi paytda 128 Mb, 256 Mb, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb, 4 Gb, 8 Gb, 16 Gb va 32 Gb hajmga ega bo’lgan turlari ishlab chiqarilmoqda.
Flash-xotira bu energiya talab qilmaydigan, qayta yoziladigan yarim o’tkazgichli xotira. Flash-xotira quyidagi afzalliklarga ega:
Energiya manbaiga bog’langan emas – ma’lumotni saqlash uchun energiya talab qilmaydi (faqat o’qish yoki yozishda ishlatiladi);
qayta yozish – ma’lumotlarni o’chirib, qayta yozish mumkin;
yarim o’tkazgich – mexanik harakatlanuvchi qismlari yo’q, integral mikrosxema asosida qurilgan.
HDD, CD, DVD-larga nisbatan ishlayotgan paytida 10-20 marta kam elektr energiya iste’mol qiladi;
Flash-xotiradan foydalanish uchun kompyuterda USB porti mavjud bo’lishi kerak. Bundan tashqari USB bog’lamiga ulangan qurilmalarni to’g’ri aniqlaydigan operatsion sistema ham bo’lishi kerak: Windows ME, Windows 2000, Windows XP, Windows 7, Windows 8 Flash-xotirani ochish uchun quyidagilarni bajaring:
Sistema blokining orqasida bo’sh USB portini toping va unga Flash-xotirani kiriting.
Natijada Flash-xotira korpusida mavjud indikator yonadi va operatsion sistema uni aniqlashni boshlaydi.
Agar Flash-xotiraga ma’lumot yozilgan bo’lsa xuddi CDG’DVD disklarni ochgandek, operatsion sistema uning mazmunini aniqlashga kirishadi.
2-rasm. Fleshka qurilmasini o’rnatish bo’yicha muloqot oynasi
Agar Flash-xotira ishlash tezligi USB 2.0 standartida bo’lib, u USB 1.1 standartidagi portga ulangan bo’lsa, Windows operatsion sistemasi tegishli ma’lumotni chiqaradi:
3-rasm. Fleshka bilan ishlashga tayyorligi xaqida xabar
USB 1.1 standarti ma’lumot almashishning 12 MbitG’sek tezligini ta’minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko’rsatkich 480 MbitG’sek teng bo’ladi, ya’ni 40 baravar katta.
Flash-xotiradan kompyuterga ma’lumot yozish uchun:
hosil bo’lgan kontekst menyudan Kopirovat (Nusxa olish) buyrug’ini tanlash kerak;
ma’lumot yozilishi kerak bo’lgan katalog yoki diskni ochib, sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;
h osil bo’lgan kontekst menyudan Vstavit (Joylash) buyrug’ini tanlash lozim.
Kompyuterdan Flash-xotiraga ma’lumot yozish uchun (1.27-rasm):
kerakli fayl yoki katalogni tanlab sichqonning o’ng tugmasini bosish kerak;
4-расм. Kompyuterdan fleshkaga ma’lumot yozish
hosil bo’lgan kontekst menyudan Otpravit (Jo’natish) buyrug’ini tanlash kerak;
Menyudan S’emno’y disk (Ajraladigan disk)ni tanlash kerak;
Natijada ko’rsatilgan ma’lumot Flash-xotiraga yoziladi.
Flash-xotiradan foydalanish davomida unga USB bog’lami orqali 5 Volt elektr energiya uzatiladi. Uni ishlayotganligi yoki ishlamayotganligini undagi indikator bo’yicha tekshirish mumkin bo’ladi. Agarda chiroq (indikator) yongan bo’lsa, demak Flash-xotira ishlayapti. Agarda Flash-xotiraga elektr ta’minot uzatilayotganida uni USb portidan chiqarsak, u ishdan chiqishi ehtimoli mavjud.
Flash-xotirani kompyuterdan bexavotir ajratib olish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
Windows ish stolining o’ng pastki qismida indikatorga sichqon ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmani qo’sh cherting.
Natijada qurilmani xavfsiz chiqarish muloqot oynasi hosil bo’ladi:
Mazkur oynada Ostanovit (Ajratish) tugmasini bosib, yangi oynada qurilmani ko’rsatib, OK tugmasini bosish kerak.
Bundan keyin Windows operatsion sistemasi tegishli ma’lumot beradi:
Buning natijasida Flash-xotiraga uzatilayotgan elektr energiya o’chiriladi va uni xavfsiz USB portidan chiqarish mumkin.
Flash-xotira qurilmalarini bir nechta firmalar ishlab chiqaradilar. Ulardan keng tarqalganlari: Kingston, PQI, LG, GenX, SanDisk, TwinMos va boshqalar.