Amaliy matematika


Windows operatsion tizimi. Ishchi stol elementlari bilan tanihish



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə75/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
Amaliy matematika

3. Windows operatsion tizimi. Ishchi stol elementlari bilan tanihish.
Windows nima? Bu operatsion tizim (OT). Ya’ni inson bilan kompyuterni o‘zaro bog‘lash uchun qo‘llaniladigan vositalardan biri. OTning turlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan MS DOS, OS/2, UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko‘p tarqalgani MS kompaniyasining Windows operatsion tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko‘rinib turishidir.
Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. MS (MS) firmasining dastur mahsuli bo‘lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o‘rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 9x operatsion tizimi 1990 yildan ishlatila boshlangan.
Windows ishchi stolini tuzilishi quyidagicha Мой компьютер, Сетевое окружение, Корзина ва masalalar panelidan iborat.

Masalalar panelida Bosh menyu(Пуск) joylashgan bo’lib, u orqali Windows OS ning ixtiyoriy vazifasilarini amalga oshirish mumkin.
Bosh menyu(Пуск) ko`rinishi 2 xil: Меню «Пуск», Классическое меню «Пуск».
Bosh menyuni qisqacha tuzilishi quyidagicha:
Программы – Barcha o`rnatilgan dasturlar majmui;
Документы – Oxirgi 15 ta ishlatilgan fayllar ro`yhati;
Настройка – Windows konfiguratsiyasi va qurilmalarini o`rnatish va sozlash;
Найти – Ma’lumotlar va ob’yektlarni izlash;
Справка и поддержка – Windows yordam ma’lumotlar bloki;
Выполнить – Standart dasturlar va ishchi fayllarni ishga tushirish;
Выключить компьютер – Windows OS ni yakunlash


Fayl va papka ustida amallar.
Fayl va kataloglar bilan ishlash uchun ishchi stolidagi Мой комьпютер yoki kontekst menyu orqali hosil bo’ladigan Проводник dasturlarini ishga tushirish lozim.
Yangi papka yaratish.

  • Файл menyusining Создать папку buyrug’ini tanlash. Yoki ishchi soxa bosh joyida kontekst menyu hosil qilish, yoki Ctrl+N tugmalarini bosish.

  • Yangi papkaga nom klaviaturada kiritiladi.

- Enter bosiladi.
Fayllarni ko`chirish va nusxasini olish.
- Nusxasi olinadigan va ko`chiriladigan faylni ajratish.
- Oynadagi Asboblar panelidan nusxa olish uchun Копиравать/(Copy)- "Buferga nusxasini ko`chirish" asbobini, ko`chirish uchun esa Вырезать/Сut-"Buferga ko`chirish" asbobini tanlash.
- Fayl nusxasi joylashtiriladigan qurilma yoki papkani tanlash.
- Asboblar panelidan Вcтавить/(Paste)- "Buferga nusxasini ko`chirish" asbobi­ni tanlash.
Yuqoridagi amallar ketma-ketligini Правка menyusi, kotekst menyu, klaviaturadagi Ctrl+Insert va Shift+Insert yoki Crtl+S(Ctrl+Y) va Ctrl+V tugmaliri orqali ham bajarish mumkin.
Fayl nomini o`zrartirish.
- Nomi o`zgartiriladigan fayl yoki papka tanlanadi.
- Fayl nomi yoki papka nomi ustida sichqoncha tugmasi bir marta bosiladi. Yana Файл menyusi yoki kontekst menyuning Переименовать buyrug’i yoki F2 funksional tugmani bosish mumkin.
- Yangi nom klaviatura yordamida kiritiladi.
- Enter bosiladi.
Fayllarni o’chirish.

  • O’chiriladigan faylni ajratish.

  • Klaviaturadan Delete klavishini bosiladi yoki Файл menyusining Удалить/(Delete) –“O’chirish” buyrug`i tanlanadi, yoki asboblar panelidagi Удалить/(Delete)-"O’chirish" asbobi Tanlanadi. Ekranda chiqarilgan so`rovga qilayotgan ishingizni tasdiqlash uchun Дa (Xa) tugmasini bo­sib javob beriladi.

O’chirilgan fayllarni qayta tiklash.
- Ish stolidagi Корзина yorlig’i ustida "sichqoncha" chap tugmasi ikki marta tez-tez bosiladi.
- Oynadagi yo`qotilgan fayllar ro`yxatidan kerakli faylni aniqlab, uni ajratish.
- Файл menyusidan Восстоновить - "Qayta tiklash" buyrug`i tanla­nadi. Yoki kontekst menyudan ham foydalanish mumkin.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin