Amaliy matematika


Kompyuter (ingl. computer



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə99/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Amaliy matematika

Kompyuter (ingl. computer -hisoblagich, lat. computo -hisoblamoqdaman) - elektron shaklga ega turli ma’lumotlarni qabul qilish, yig’ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot uzatish, hisoblar chiqarish, belgilar bilan manipulyatsiya qilish va shu kabi boshqa qobiliyatlarga ega bo’lib, o’z ishini maxsus yo’riqlar bilan ijro etadigan, ya’ni bajaradigan ishi dasturlanadigan, ushbu dastur vositasida hisoblar chiqarishning murakkab izchilligini qabul qilib, amalga oshiradigan ko’p funktsional elektron uskuna (mashina).
Kompyuter tarmog’i, axborot uzatish kanali (yoki elektr aloqa kanali) orqali bog’langan kompyuterlar, zaruriy dasturiy ta’minotlar va axborotga, uni taqsimlab ishlov berishni tashkillashtirish uchun mo’ljallangan texnik vositalar majmui.
Bunday tizimdan, unga ulangan qurilmalarning har qanday biri axborot uzatish yoki qabul qilib olish uchun foydalanishi mumkin. Miqyosiga ko’ra kompyuter tarmoqlari mahalliy va global tarmoqlarga farq qiladi.
Mahalliy kompyuter tarmoqlari (yoki mahalliy hisoblash tarmoqlari - MHT) bir necha metrdan bir necha kilometrgacha masofada ishlashi mumkin. Odatda bunday tarmoqlar bitta tashkilot yoki korxona kompyuterlarini qamrab olib, bitta binodan tashqariga chiqmaydi.
Global kompyuter tarmoqlari axborot uzatish uchun optik tolali aloqa magistrallari, sun’iy yo’ldosh orqali tashkil etiladigan aloqa tizimlari va kommutatsiya qilinadigan telefon tarmog’idan foydalanadigan butun mintaqa, mamlakat va qit’alarni qamrab olgan tarzda juda ko’p kompyuterlarning o’zaro ulanishini ta’minlaydigan kompyuter tarmog’i.
Kompyuter dasturlari uchta toifaga bo’linadi, jumladan:
amaliy dasturlar - kompyuterdan foydalanayotgan insonga zarur bo’lgan ishlarni (misol uchun, matnlarni tahrirlash, axborot massivlarini qayta ishlash, videotasvirni ko’rish, xabar yuborish kabi ishlarni) bevosita amalga oshiradigan dasturlar;
tizimga oid dasturlar, bunday dasturlar orasida kompyuter ishini boshqaradigan, boshqa dasturlarni ishga tushirib, kompyuter ishlayotgan vaqtda xizmat ko’rsatib boradigan -operatsion tizim alohida ahamiyatga egadir. Xizmat ko’rsatish vazifasini bajaruvchi boshqa dasturlar asosan ko’makchi ish bajaradi, ya’ni misol uchun, foydalanilayotgan axborotning zaxira nusxalarini barpo etadi, kompyuter qurilmalarining ish qobiliyatini tekshirib boradi va h. k.;

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin