Amaliy matematika



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə14/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104
Amaliy matematika

Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo'ladi: chap, o'ng va o'rta. Chap va o'ng klavishalar dastur asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst menyu deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyuning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha, xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.
Sichqoncha bilan ishlash. Sichqonchaning odatda chap klavishi ko'p ishlatiladi. Sichqoncha bilan ishlash operatsiyalariga sichqoncha klavishasini (odatda chap to'gmasini) bitta bosish, ikkita bosish, yoki surish kiradi.
Sichqoncha birinchi navbatda ko'rsatish vazifasini bajaradi. Sichqonchani stolda harakatlantiramiz, ekranda unga mos ravishda ko'rsatgich belgi stol ko'rinishda siljiydi. ekranda Agarda ko'rsatgichni biror obyekt ustiga olib borib, keyin chap klavishacha bosilsa, o'sha obyekt dasturi ishlash uchun tayyor bo'lib turadi. Ko'rsatilgan obyekt ustida, sichqonchaning klavishasi ikki marta bosilsa, ko'rsatilgan dastur birdan ishga tushib ketadi. Sichqonchaning chap klavishasini ikki marta ketma-ket bossangiz, bu operatsiya bir marta chap klavishani bosib, keyin Enter bosilganiga teng bo'ladi. Sichqonchani doimo yaxshi ish holatida saqlash uchun uning orqa tomonida joylashgan sharchasini spirt yoki aroq bilan vaqt-vaqti bilan artib turishni tavsiya etamiz
Ekranda ko'rsatilgan obyektni surish yoki ko'chirish. Ekranda ko'rsatilgan obyektni topib, chap klavisha bosiladi va klavishani qo'yib yubormasdan, obyektni yangi joyga suriladi va sichqoncha klavishasi qo'yib yuboriladi. Windows muhitida ishlayotganda ekrandagi obyektlarni ham chap, ham o'ng tomonda joylashgan klavishalar bilan ko'chirish mumkin.
Chap klavisha bosilganda, mo'ljallash bo'ladi, o'ng klavisha bosilganda esa aniq vazifa berish kerak bo'ladi.
Sichqoncha yordamida quyidagi asosiy harakatni bajarish mumkin:

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin