Amaliy matematika


Kontekst (suzuvchi) menyu



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə28/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104
Amaliy matematika

Kontekst (suzuvchi) menyu. Kontekst menyu oynaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o'ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu menyu bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog'liq holda o'zgaradi. Misol uchun agar Word matnlarni tahrirlash dasturida biror so'zni ajratib, sichqonchaning o'ng tugmachasiga bosilsa, nusxa olish, ko'chirish, qirqish operatsiyalarini yoki o'sha so'zni formatlashtirish operatsiyalarini (shriftni, abzatsni formatlashtirish buyruqlarini) tanlash mumkin bo'lgan menyu paydo bo'ladi. Shunday qilib, sichqonchaning o'ng tugmachasini bosgach, siz o'sha onda ajratilgan element bilan bo'ladigan operatsiyalar nomlarini o'z ichiga olgan menyuga kirishingiz mumkin. Odatda, Windowsning an’anaviy tizimli menyusidan foydalanishga qaraganda, kontekst menyu yordami bilan buyruqlarni bajarish qulayroqdir.
Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash. Windows dagi sozlash funksiyalarining ko'pchiligi asosiy menyuning Настройка(Sozlash) bandidagi ost menyuda jamlangandir. Unda quyidagi uchta buyruq bor:
Панельуправления[Boshqarish paneli] - shu nomdagi tizim papkasining darchasi ochiladi. Bu darchada komputer qurilmalari va amaliyot tizimining turli qismlarining piktogrammalari bor;
Принтеры[Printerlar]- tizimga ulangan har bir printerni sozlash imkonini beruvchi tizim papkasining darchasi ochiladi;
Панел задач [Masalalar paneli] - bu buyruq yordamida tizimning asosiy menyusi va masalalar panelini sozlash mumkin.
Yuqoridagi rasmda Панел управления- Boshqarish paneli papkasining odatdagi darchasi ko'rsatilgan. Unda quyidagi obyektlarning piktogrammalari bor:
Дата/время - Sana / vaqt - bu piktogramma tizim vaqti va sanasini o'zgartirish imkonini beruvchi muloqot darchasini ochish uchun xizmat qiladi;
Звук - Tovush - Windows muhitida ishlash vaqtidagi ro'y beradigan hodisalarga tovush berish tizimini tanlash imkonini beruvchi muloqot darchasini ochadi;

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin