Amaliy matematika


Fanning vujudga kelish tarixi va hozirgi kundagi o'rni



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə3/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
Amaliy matematika

Fanning vujudga kelish tarixi va hozirgi kundagi o'rni. EHMlarning yaratilishi va uning jadal sur’atlarda rivojlanishi hamda uning bilan bog'liq bilimlarning jamiyat tomonidan zaruriyat sifatida qabul qilinishi bevosita EHM bilan bog'liq fanni vujudga keltirdi. Bu fanning nomi informatika deb atalib, informatika XX asrning 60-yillarida Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug'ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi.
Informatika atamasi lotincha “informatic” so'zidan kelib chiqqan bo'lib, xabar qilish, tushuntirish, bayon etish degan ma’noni anglatadi. Ingliz tilida so'zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga «Computer scince”» -(kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.
Informatika inson faoliyatining mustaqil sohasi sifatida ajralib chiqishi birinchi navbatda kompyuter texnikasining rivojlanishiga bog'liq. Bunda asosiy xizmat mikroprossesor texnikasiga to'g'ri keladi, uning paydo bo'lishi 70-yillar o'rtalarida ikkinchi elektron inqilobini boshlab berdi. Shu davrdan boshlab hisoblash mashinalarining element negizini integral chizma va mikroprossesorlar tashkil etdi. Informatika atamasi nafaqat kompyuter texnikasi yutuqlarini aks ettirish va foydalanish, balki axborotni uzatish va qayta ishlash jarayonlari bilan ham bog'lanadi.
Hozirgi kunga kelib, «Informatsion texnologiyalar» informatika fanining ajralmas bir qismi bo'lib, u inson faoliyatining turli sohalarida o'chraydigan informatsiyalarni, texnik-dasturiy vositalari va usullari yordamida qayta ishlash kabi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan. Bu fan G'arbiy Evropa davlatlari va Amerikada «Somruter Science», MDH va Sharqiy Evropa davlatlarida esa «Informatika» nomi bilan yuritiladi. Bu o'rinda elektron hisoblash mashinalari juda katta hajmdagi informatsiyani qayta ishlashga imkon beradigan samarali quroldir.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab, besh guruhga bo'lish mumkin:

  • super kompyuterlar (Super Computer);

  • katta kompyuterlar (Manframe Computer);

  • mini kompyuterlar (Mini computer);

  • shaxsiy kompyuterlar (PC-Personal Computer);

  • bloknot(notebook) kompyuterlar.


Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin