Amaliy matematika



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə45/104
tarix13.12.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#140066
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104
Amaliy matematika

Hujjatni saqlash. Excel dasturi yordamida yaratilgan hujjat ishyai kitob deb nomlanadi. Ishchi kitob esa ishchi varroqlardan tashkil topgan. Ishchi kitobni saqlash uchun Fayl menyusidagi Сохранитьyoki Сохранитькакbuyruqlarini tanlash, uskunalar panelidan Сохранить tugmasini bosish, F12, Shift+F12 yoki Ctrl+S tugmalar majmualaridan birini bosish mumkin. Ishchi kitob birinchi marta saqlanayotganida Сохранение документа nomli muloqot darchasi ochiladi:

Jadvalli hisoblashlar.
Formulalar va funkstiyalarni qo'llash Excel dasturining eng asosiy vazifasidir. Jadvalda sonlarning statistik tahlilini o'tkazish imkoni mavjud.
Jadval kattakchasiga kiritiladigan formulalarning matni “=” (tenglik belgisi)dan boshlanishi kerak, aks holda Excel dasturi formulani matndan ajrata olmaydi. Tenglik belgisidan so'ng matematik tushuncha yoziladi.
Jadvalda argument sifatida sonlar, katakcha manzili va nomlar ishlatilishi mumkin. Arifmetik amallarni belgilash uchun quyidagi belgilarni ishlatish mumkin: л(darajaga oshirish), + (qo'shish), - (ayirish), *(ko'paytirish) va / (bo'lish).
Jadvalda boshqa ishchi varaqda yoki boshqa faylning jadvalida joylashgan katakchalarga yo'llanma bo'lishi mumkin. Bir marta kiritilgan formulaga xoxlagan paytda o'zgartirish kiritib bo'ladi.
Formulalar kiritish va tahrirlash. Formula kiritish “=” belgisidan boshlanadi. Masalan Al katakchaga 5 sonini, Bl katakchaga -4,6 sonini kiritib, Cl katakchada “=A1+B1” yozishimiz mumkin

Enter tugmasi bosilgandan so'ng Cl katakchada 0,4 hosil bo'ladi:
Formulani boshqacha usulda ham kiritish mumkin: “=” (tenglik belgisi) kiritilgandan so'ng Al katakcha ustida sichqoncha ko'rsatkichini keltirib chap tugmasini bir marta bossak, katakchaning manzili hosil bo'ladi. “+” (qo'shish belgisi)ni kiritib so'ng Bl katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosamiz va natijada Cl katakchada “=A1+B1” ifoda hosil bo'ladi. Formula yozilishi. Enter tugmasi bilan tugatiladi.
Excelda arifmetik amallarni bajarilish ketma-ketligi matematikadagidek amalga oshiriladi: avval ko'paytirish va bo'lish so'ng qo'shish va ayirish. Qavslar yordamida ketma-ketlikni o'zgartirish mumkin. Masalan, A1*B1-C1/D1 misolda Al va В1 larni kupaytmasidan Cl ni Dl ga bo'linmasini ayiradi. Agar misolda darajaga oshirish “лamali ishlatilsa uni kompyuter birinchi bo'lib bajaradi.
Katakchaga kiritilgan formulani tahrirlash uchun F2 tugmasini bosish yoki shu katakcha ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosish yoki formulalar qatoridan foydalanish mumkin. Tahrirlash rejimida ekranning yuqori qismidagi formula qatorida uning hisoblangan natijasi emas formulaning o'zi ko'rinadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin