Xarflarni kiritish tugmalari Xarflarni kiritadigan tugmalari o’zbek, rus va lotin alifbosi harflarini kiritish uchun xizmat qiladi. Bir alifbodan ikkinchisiga o’tish Alt+Shift, Ctrl+Shift yoki Shift (chap)+Shift (o’ng) qo’shtugmalaridan biri orqali bajariladi. Bu qo’shtugma Windows o’rnatilayotgan paytda tanlanadi va qaytadan o’rnatilishi mumkin. O’zbek tiliga xos bo’lgan q, o’, g’, h harflari o’zbek tili o’rnatilgan bo’lsa, klaviaturada mos ravishda o’, h, (-), q tugmalar orqali kiritiladi.
Boshqaruv tugmalari Boshqaruv tugmalari quyidagi vazifalarni bajaradilar.
Shift: bosib turilganda tugma registrini vaqtincha o’zgartiradi va kichik harf o’rniga katta harfni va aksincha kiritadi;
Ctrl: tugmaga mos boshqarish farmoishini kiritish uchun mo’ljallangan;
Alt: odatda amaliy dastur yoki foydalanuvchi tomonidan o’rnatiladigan alternativ farmoishni berish uchun mo’ljallangan;
CapsLock: klaviturani katta harflar tartibiga o’tkazadi yoki aksincha;
Tab: satrlarni bitta ustun qilib tekislash uchun xizmat qiladi;