Maxsus sirtqi ta’lim yo’nalish talabalari uchun “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani bo’yicha mustaqil ishlar to’plami.
Ushbu mustaqil ishlari to’plami maxsus sirtqi yonalishidagi bakalavrlarning o’quv rejalaridagi ta’limda axborot texnologiyalari fani dasturiga asosan tuzilgan bo’lib, u butun kurs materialini to’la qamrab olgan. To’plamdagi har bir mustaqil ishida tuzuvchilar tomonidan ishning maqsad va vazifalari, kerakli vosita va tushunchalar berilganidan so’ng bajaruvchiga muayyan(konkret) topshiriq qiyilgan. Bajaruvchiga qulaylik yaratish uchun topshiriqdagi vazifalarning ma`lumotlar ba`zasi bevosita bajaruvchining o’zi, oilasi, guruhi, o’qiyotgan fanining adabiyotlari yoki o’zi tanlagan(qiziqqan) yonalishdagi jarayon va ma`lumotlar bilan bog`langan. Bajarilgan ishni baholash belgilangan me`yorlar asosida shu mavzuga ajratilgan umumiy soatdan kelib chiqqan xolda amalga oshirilishi ko’rsatib qo’yilgan.
To’plamdagi xar bir mustaqil ishi yonalishning davlat standartlari talablariga ko’ra fan dasturi bo’yicha shu mavzu uchun ajratilgan soatlar doirasida va yonalishning xususiyatlarini xisobga olgan xolda bajarish va baxolash imkoniyatini beradi.
Mustaqil ishi №1 Mavzu: Windows Operatsion tizimi va muhiti. Ishchi stoli, bosh menyu, masalalar paneli. (kompyuterda topshiring)
Mustaqil ishining maqsadi: Windows operatsion tizimi va muhiti haqida tushunchaga egà bo`lish.
Texnik vosita: komp'yuter, Internet, adabiyotlar
Topshiriq:
1. Ishchi stol bilan tanishib chiqing.
2. Moy kompyuter imkoniyatlari, dastur oynasi, fayl va papkalar bilan ishlash, kompyuter haqida ma’lumotlar olishni o’rganing.
3. Setevoe okrujeniye vazifasi, dasturda ishlash, tarmoqdagi qo’shni kompyuterdan ma’lumot olib ko’rsatish.
4. “Korzina”dan o’chiriligan faylni tiklash usullarini o’rganing.
5. Pusk tugmasi bandlari bilan tanishib chiqing.