Kompyuterning tashqi qurilmalari mashinaning tevarak-atrof, jumladan foydalanuvchilar, boshqarish ob’ektlari va boshqa kompyuterlar bilan hamkorligini ta’minlaydi.
Tashqi xotira qurilmasidan muayyan vazifalarni hal etish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan axborotni uzoq vaqt saqlash uchun foydalaniladi.
Shaxsiy kompyuter afzalliklari: atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo’yilmagan tarzda muxtor ishlatilish;
ishining o’ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi);
arxitekturaning o’zgaruvchanligi, ya’ni fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo’llanilishga moslasha oladigan o’zgaruvchanligi;
foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi
Xotirada saqlash qurilmasi,kodlashtirilgan shaklda havola etilgan axborotni yozish, saqlash va chiqarib berish uchun mo’ljallangan qurilma bo’lib, hisoblash mashinalari, avtomatik boshqaruv, telemexanika, dastur vositasida boshqariladigan texnologik agregat kabilarda qo’llaniladi. Axborot tashuvchi vositalar sifatida magnit tasmalari va disklaridan, optik disklar, ferrit o’zaklar, ingichka magnit plyonkalari va shu kabilardan foydalaniladi. Xotirada saqlash qurilmasining asosiy parametrlari jumlasiga hajm (bir vaqtda saqlanadigan axborot miqdori - bir necha o’nlab baytdan bir necha yuzlab Mbaytgacha) va murojaat qilish vaqti (2 ta ketma-ket murojaatlar orasidagi minimal vaqt bir necha o’nlab ns dan bir necha ms gacha) kiradi.
Internet (Internet, lat. inter -orasida va net - tarmoq), minglab tarmoqlarni, shu jumladan qurolli kuchlar, hukumat tashkilotlari, ta’lim muassasalari, xayriya tashkilotlari, sanoat korxonalari, barcha turdagi korporatsiyalar, shuningdek, jismoniy shaxslarga tarmoqqa kirish imkoniyatini havola etuvchi tijorat korxonalarining (xizmat ko’rsatish provayderlarining) tarmoqlarini barobar ulab turadigan Butun jahon kompyuter tarmog’i. Internetga kirish turlari orasida on line va offline kirish turlari ajralib turadi. Birinchi kirish turi Tarmoqdan real vaqt rejimida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi turida esa Tarmoqqa doir ishlar oldindan tayyorlanib, unga ulangach, tayyor ko’rinishdagi ma’lumotlar uzatiladi yoki qabul qilib olinadi. Tarmoqqa kirishning bunday turi aloqa kanallarining sifati va ish tezligiga nisbatan yuqori talablar qo’ymaydi, biroq faqat e- mail - elektron pochtadangina foydalanish imkonini beradi.
Gipermatn (hypertext) -hujjatlarni yoki ma’lumotlar bazalarini tashkillashtirish usuli. Bunda hujjatlarning yoki axborotlarning tegishli qismlari (parchalari) bir-biri bilan ishoralar (links, hyperlinks) vositasida o’zaro bog’lanadi va foydalanuvchiga, fikrlash yo’li bilan, ushbu ishoralar bo’yicha tegishli hujjatlar yoki axborotga o’tish imkonini beradi. Ishoralar matn, grafik, audio yoki video formatda havola etilishi mumkin.
HTML (Hypertext Markup Language) o’z ichiga fayl belgilashning dasturiy kodlari (markup symbols) yoki teglarni (tags) mujassam etib, ular shriftlarni, qatlam, grafika va boshqa Web-hujjatlarga ishoralarni belgilab beradi.