3.Korxonada ishchilarni o`z o`rniga joylashtirish.
Kadrlarni tanlash, ulami joy-joyiga qo‘yish, ulardan oqilona foydalanish va tarbiyalash masalasi kadrlar siyosatining, umumiy iqtisodiyotning, shu jumladan, makro va mikroiqtisodiyotning eng muhim masalalandan biri hisoblanadi. Shu sababli Respublika Prezidenti I.A. Karimov asarlarida, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlarda, Vazirlar Mahkamasining qaroriarida bu masalaga alohida c ’tibor berilgan.
Kadrlami tanlashda, joy-joyiga qo ‘yish va tarbiyalashda, ulardan foydalanish quyidagi tamoyillarga alohida e ’tibor berish kerak: aql-idrok, did va farosat; -qat’iylik, matonatlilik, prinsipiallik, o ‘z vazifasiga puxtalik; -rahbarlik sohasini juda yaxshi bilish; -o ‘z eliga, yurtiga, Vataniga sadoqatli b o ‘lish. Kadrlar siyosatining eng muhim masalalaridan biri ularni attestatsiya qilish masalasidir. Kadrlar attestatsiyasi - bu, xodimlaming malakasini bilimi va k o ‘nikmalari darajasini, faoliyatining samaradorligini, ishdagi, xizmatdagi va boshqa sohalardagi fazilatlari, egallab turgan lavozimiga to“g ‘ri kelishi yoki kelmasligini aniqlab olish bo‘yicha bajariladigan jarayon va ish tartibidir. X o‘sh, attestatsiyaning ahamiyati nimadan iborat?
Kadrlar attestatsiyasi xodimlaming sifat tarkibini yaxshilash, ularni oqilona joy-joyiga qo ‘yish, xodimlami topshirilgan ish uchun javobgarligini kuchaytirishga qaratiladi. Attestatsiya xodimlar egallab tutgan lavozimlariga qanchalik munosib ekanligini aniqlaishing asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Kadrlar attestatsiyasi vaqti-vaqti bilan har yili yoki ikki- uch yil da bir m aita ham o‘tkazilishi mumkin. Respublikada bozor iqtisodiyoti davrida kadrlar tayyorlash borasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Ular orasida eng muhimlari quyidagilardir:
- ijtimoiy-psixologik diagnostika;
- kadrlami boshqarish tizimini axborot bilan ta'm inlash;
- bandlikni boshqarish;
- zam riy b o ‘sh lavozimlarga nomzodlar tanlash;
- kadrlar salohiyati va xodimlarga b o ‘lgan ehtiyojlami tahlil etish;
- kadrlar marketingini belgilash;
- xizmat martabasini rejalashtirish va nazorat qilish;
- xodimlaming kasbiy va psixologik mosiashuvi, k o ‘nikishi:
-mehnat-huquqiy munosabatlar masalalari;
- mehnat etikasi va estetikasi.
Agar m a’muriy - buyruqbozlik tizimi sharoitida bu mezon va vazifalarga ikkinchi darajali deb qaralgan bo ‘isa, bozor munosabatlari sharoitida ular birinchi o ‘ringa chiqarildi. Bu mezon va vazifalarga e ’tibor berish sanoat taraqqiyotining barqaror va izchil rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi. Boshqaruvning barcha darajalarida inson rolining ortib borishi. iqtisodiyotda, shu jumladan, sanoatda keng qamrovli tarkibiy o ‘zgarishlar sodir b o iish i va raqobat darajasining o ‘sishi kadrlami boshqarishga yondashuvni o ‘zgartirishni taqozo etadi. Eiunday yondashuvlar quyidagilardan iborat:
- xodimlarning sainarali ishlashlarini, faoliyat ko'rsatishlarini tashkil etish;
- lavozimlar darajasini optimallashtirish, zaruriy mahorat va malakalar tizimini yaratish;
- ishlab chiqarish madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
- instituksional maqsadlarga erishish;
- o ‘z jam oasi va xodimlarining manfaat va ehtiyojlarini to ‘laroq qondirish.
Mustaqillik yillarida ana shunday va boshqa bir qator yondashuvlami amalga oshirilishi tufayli
2013-yilning boshlariga kelib sanoat ishlab chiqarishida eng yuqori darajada, samarali faoliyat k o ‘rsata oladigan 150 mingga yaqin soha mutaxassislari yuzaga keldi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasining 2002-yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag‘ishlangan majlisidagi m a'ruzasida bunday degan edi: « 0 ‘ta muhim va dolzarb vazifa borki, uni amalga oshirmasdan turib. biz nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki umuraan jamiyatni isloh qilish borasida o ‘z oldimizga qo‘ygan maqsad va marralarga erisha olmaymiz. Gap kadrlar tayyorlash milliy dasturmi hayotga joriy etish haqida, shu dastur orqali yuksak zamonaviy talablarga javob beradigan, yangicha flkrlaydigan, mamlakatimizning kelajak taqdirini ishonib topshirish mumkin b o ‘lgan yosh kadrlarni tarbiyalash haqida bormoqda».
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash Sanoatda kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash mutaxassislaming bilim va ilm darajasini ko'tarish, kasb mahorati va ko ‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlash- tirishga qaratilgan. Kadrlar malakasini oshirish va ulam i qayta tayyorlash tarmoq va korxonalarda bu borada olib borilgan faoliyat natijalariga k o ‘ra, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Sanoatda kadrlar malakasini oshirish hamda ulami qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va rivojlantirish uchun
quyidagilar zarur:
- kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazrnun hamda bu tizimni boshqarishm shakllantirish;
- yuqori malakali o ‘qituvchi - mutaxassis kadrlar tayyorlash va sohani ular bilan to'ldirib borishni ta’minlash;
- kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash tizimining bu sohada raqobatga asoslangan muhitini shakllantirish va samarali faoliyat olib borishni ta'm inlovchi normativ bazasini yaratish;
- kadrlar malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash ta ’lim muassasalanm davlat attestatsiyasi va akkreditakiyasidan kazish tizimini ishlab chiqish va arnaliyotga joriy etish;
- iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlari, mulkchilikning turli shaklidagi tashkilot va muassasalammg talabehtiyojlariga muvofiq kadrlar va mutaxassislami ildam kayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni ta ’minlovchi davlat va nodavlat ta ’lim muassasalarini tashkil etish va rivojlantirishga ko ‘maklashish;
- professional treningning ilg'or texnologiya va uskuna- larini, shuningdek, murakkab, fan yutuqlarini talab qiluvchi texnologiya jarayonlari imitatorlarini ishlab chiqish, yaratish va amaliy o ‘zlashtirib olish. Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida xalqaro hamkorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Bu muammoni hal etish uchun hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi yaratilishi, uning ustuvor yo‘nalishlari ro ‘yobga chiqishi, xalqaro ta ’lim tizimlari rivojlantirilishi, mutaxassislar almashishi kengayishi kerak. Bu boradagi milliy hujjatlar xalqaro miqyosda e ’tirof etilishi, investitsiyalaming keng jalb qilinishi borasidagi faoliyat yanada kuchaytirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |