Analitik kimyo faning vazifasi va mohiyati. Sifatanaliz. Reja


Formulalar bo`yicha hisoblashlar



Yüklə 48,16 Kb.
səhifə5/7
tarix18.02.2022
ölçüsü48,16 Kb.
#114571
1   2   3   4   5   6   7
Analitik kimyo faning vazifasi va mohiyati

3. Formulalar bo`yicha hisoblashlar.

Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.

Foiz konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashda modda o`lchovli texnik–kimyoviy tarozilarda tortib olinadi, suyuqliklar esa o`lchovli silindr bilan o`lchanadi. Shuning uchun moddaning og`irligi 0,1 g gacha, suyuqlikning hajmi esa 1 ml gacha aniqlik bilan hisoblanadi.

Eritmani tayyorlashga kirishishdan avval hisoblab chiqish zarur, ya`ni berilgan konsentratsiyadagi eritmaning ma`lum miqdorini tayyorlash uchun eriydigan modda va erituvchining miqdorini hisoblash kerak.

1–misol. 500 g 5 % li KNO3 eritmasini tayyorlash uchun kerak bo`ladigan modda miqdorini aniqlang.

Berilgan:

m (eritma) = 500 g.

ω (KNO3) = 5 %

Topish kerak:

m (KNO3) = ?


Yechish:

100 g eritma – 5 g KNO3

500 g eritma – x g KNO3



2–misol. 38 % li va zichligi d=1,19 bo`lgan HCl dan 500 g 10 % li eritma tayyorlash uchun kerak bo`ladigan HCl miqdorini aniqlang.

Berilgan:

m (eritma) = 500 g.

ω (HCl) = 10 %

ω (HCl) = 38 %

Topish kerak:

m (HCl) = ?



Yechish:

a) 100 g eritma – 10 g HCl

500 g eritma – x g HCl

b) 100 g eritma – 38 g HCl

500 g eritma – x g HCl

c)




1–misol. 2 litr 0,2 M eritma tayyorlash uchun necha g BaCl2 kerak bo`ladi?

Berilgan:

V (eritma) = 2 litr.

CM (BaCl2) = 0,2 M

Topish kerak:

m (BaCl2) = ?


Yechish:

1 litr 0,2 M eritma 208,27•0,2 = 41,654 g BaCl2

2 litr 0,2 M eritma 41,654•2 = 83,308 g BaCl2


2–misol. 500 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun necha g suvsiz Na2CO3 kerak bo`ladi?

Berilgan:

V (eritma) = 500 ml.

Cn (BaCl2) = 0,1 n

Topish kerak:

m (Na2CO3) = ?


Yechish:

1000 ml 0,1 n eritmada 5,3002 g Na2CO3 bo`ladi.

500 ml 0,1 n eritmada x g Na2CO3 bo`ladi.





Yüklə 48,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin