Leonardo da Vinchi (1452-1519) Uyg’onish davrining buyuk allomasi, italiyalik rassom, matematik, injener va faylasufdir. Odam portretlarini to’g’ri chizish maqsadida 30 dan ortiq murdani kesib o’rgangan va a'zolar rasmini chizib chiqqan. U dunyoda birinchi bo’lib muskullarning ishlash dinamikasini o’rganib, shu bilan plastik anatomiyaga asos solgan.
Andrey Vezaliy (1514-1564) Venesiya dorilfununida anatomiya professori bo’lib ishladi. U juda ko’p murdalarni kesib o’rgandi, hayvonlarda tajriba o’tqazdi. Shular asosida 1538 yili "Anatomiya jadvallari" atlasini va "Odam tanasining tuzilishi to’g’risidagi etti kitob" ni yozdi.
Vezaliyning anatomiya soxasidagi asarlariga I.P. Pavlov "Vezaliyning asari insoniyatning yangi tarixdagi qadimiy mualliflarni takrorlamaydigan mustaqil tadqiqotdir, bu kitob odam anatomiyasidan aql-idrokka tayanadigan birinchi asardir",- deb baxo bergan.
Dostları ilə paylaş: |