Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə10/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Pedagogik innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga qaysilar kiradi?
2. Pedagogik qo‘llanilish sohasiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalarni turlarini ayting.
3. Amalga oshirish usullariga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Makonga yo‘nalganligiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar qanday turlarga bo‘linadi?
5. Novatorlik tadbirlari ko‘lamiga ko‘ra pedagogik innovatsiyalar qanday turlarga bo‘linadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Turg‘unov S.T. Ta’lim muassasalarini boshqarishda innovatsion faoliyat. // j.Uzluksiz ta’lim. - T., 2006. - №4. -B.4.
2. Jumaniyozova M. Innovatsion faoliyat – ta’lim sifatining kafolatidir. // j.Uzluksiz ta’lim. - T., 2004 - №6 - B. 89.
3. Mamadov N.S. Umumiy ta’lim maktablarini innovatsion boshqarish. Pedagogika fanlari nomzodi. ...diss. - T. , 2009. - B. 17.
4. Zufarov SH. Innovatsiya - pedagogika kollejlari ta’lim jarayoni samaradorligi omili sifatida. // Pedagogika kollejlari ta’lim jarayonini takomillashtirish muammolari. Vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2009 yil 29 aprel. - T., 2009.
5. Yusufbekova N.R. Obshie osnovni pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teorii innovatsionnix protsessov v obrazovanii. – M., 1991
6. Hutorskoy A.V. Pedagogicheskaya innovatika: metodologiya, teoriya, praktika. Nauchnoe izdanie. - M., 2005.
4-Mavzu:Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish mexanizmi.
Reja:
1. Pedagogik innovatsiyaning hayotga tatbiq etish mexanizmi.
2. Pedagogik innovatsiyaning imkoniyatlari.
3. Pedagogik innovatsiyalarni hayotga tatbiq etishning tashkiliy asoslari
Biz o‘quvchilarimizni hayotga, jamiyat qurilishida qatnashishga tayyorlaymiz. Shuning uchun ta’lim amaliy hayot bilan bog‘lanishi kerak. Hozirgi paytda nazariyani amaliy hayot bilan bog‘lash prinsipi alohida ahamiyatga ega. Shunga ko‘ra, uni ta’lim-tarbiya ishining hamma yo‘nalishlarida amalga oshirish zarur. Forobiy har qanday fanni ikki qismga, amaliy va nazariy qismlarga ajratgan. Mana shu qismlarni qisqacha sharhlashda ulardan hayotda foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan. Uning amaliy va nazariy qismlarga bergan ta’riflaridan ta’limni amaliy yo‘nalishda olib borish va hayotga, kishilarning kundalik faoliyatiga bog‘lash fikri tug‘iladi. Nazariyani amaliy hayot bilan bog‘lash prinsipini ro‘yobga chiqarish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
►o‘rganiladigan materialni o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi va kuzatishlari bilan, quyi sinflarda esa ularning o‘yinlari bilan bog‘lash darkor, chunki kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni o‘qitish albatta o‘yin faoliyatini talab qiladi;
►ta’limni atrofdagi hayot bilan, yangi jamiyatni qurish amaliyoti bilan bog‘lash;
►nazariyani amaliyot bilan fanning rivojlanishi, jamiyatning ehtiyojlariga bog‘liqligini yoritadigan qadamjolarga sayohatlar shaklida bog‘lash;
►eng nazariy va amaliy yo‘sindagi turli masalalarni hal qilish va topshiriqlarni bajarish, laboratoriya ishlari bilan shug‘ullanish va ishlab chiqarishga doir mavjud bilimlar asosida amaliyotlar o‘tkazish hamda ularning natijalarini albatta tekshirish;
►o‘quvchilarning unumli mehnati, ya’ni ijtimoiy foydali ishlarni o‘zlariga mos shakllarda yo‘lga qo‘yish.
Mazkur prinsip, xususan, mehnat tarbiyasi va ta’limi jarayonida yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Ta’limda o‘quvchilarning ongliligi va faolligi prinsipi talabiga ko‘ra o‘qitish o‘quvchilar ilmiy bilimlarini va ularni amalda qo‘llash usullarini ongli hamda faol o‘zlashtiradigan, o‘quv faoliyati ularning ijodiy tashabbuskorligi va mustaqilligini, tafakkuri, nutqi hamda dunyoqarashini shakllantiradigan yo‘sinda tashkil etilishi kerak. Ta’limdagi onglilik o‘quvchilar o‘z faoliyatlarining aniq maqsadlarini tushunishini, dalillar, hodisalar, jarayonlar va ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashni va o‘zlashtirgan bilimlaridan amalda foydalana olishini bildiradi. Shuningdek, ta’limning ongliligi o‘quvchilarning o‘qishga mas’uliyatli munosabatda bo ‘lishini, o‘qituvchi bergan topshiriqni o‘z vaqtida va aniq bajarishga intilishini ham anglatadi. O‘quvchilarning faolligi ular sinfda, laboratoriyada ijodiy materiallarni o‘rganayotganlarida, topshiriqlarni, ijodiy ishlarni bajarayotganlarida namoyon bo‘ladi. Mana shu xildagi ishlar va har xil topshiriqlar o‘quv faoliyatida o‘quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda o‘quvchilarning faqat adabiyotlar bilan ishlashi yoki turli ta’limiy topshiriqlarni bajarish emas, balki ularning mustaqil fikrlashni o‘rganishi, doimiy ijodiy izlanishga intilishi, o‘zini uzluksiz nazorat qilishi, bitirgan ishlaming natijalarini mustaqil holda to‘g‘ri baholashi ham nazarda tutiladi.
Onglilik va faollik prinsipini amalga oshirish o‘quvchilarga o‘rganiladigan predmet yoki bo‘limning maqsadi va vazifalarini tushuntirishdan hamda amaliy ahamiyatini yoritib berishdan boshlanadi. O‘quvchilarning bilish faoliyati, ularning darsdagi hissiy idroki va amaliy ishlari o‘qituvchining gaplari orqali amalga oshadi. O‘quvchilarning bilish faoliyatida o‘qituvchining og‘zaki axboroti va o‘quv adabiyotlarini mustaqil o‘qishi juda muhim rol o‘ynaydi.
Ta’limning onglilik prinsipi o‘quvchilar yangi materialni idrok etishda faqat ta’riflarni aytib berishni emas, balki ularning muayyan hodisalarga, jarayonlarga bog‘liq mazmunini tushunishni ham o‘rganishlarini talab qiladi. Aks holda bilimlarda rasmiyatchilik vujudga keladi va o‘quvchilar materialni quruq yodlaydigan va qayta so‘zlab beradigan bo‘ladilar, lekin uning mohiyatini tushunmaydilar va o‘zlashtirgan ozmi-ko‘pmi bilimlarini amaliy faoliyatda qo‘llay olmaydilar.
Rasmiyatchilikning sabablaridan biri, o‘qituvchining materialni bir qolipda bayon qilishidir. Bunday holda o‘quvchilar uning gaplarini ishonch bilan tinglaydilar va eslab qoladilar, lekin uni fikran tahlil qilmaydilar. Turli masalalarni qo‘yish, ko‘rgazmali qurollardan keng foydalanish va o‘quvchilarni amaliy ishlarga jalb etish orqali ularni bilish faoliyatini kuchaytirish bilimlaridagi rasmiyatchilikning oldini olishning muhim vositasidir. O‘quvchilarning yangi material bo‘yicha bilimlarini tekshirib, uni qanchalik anglaganini va ilgari o‘tilgan materialga qanday bog‘laganini, uni amalda (har xil masalalarni hal qilishda, turli mashqlarni, mehnat topshiriqlarini bajarishda) qo‘llay olishini aniqlash katta rol o‘ynaydi. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish o‘quvchilarda ana shu bilimlarga ma’lum munosabatni, hissiy kechinmalarni tarkib toptirishni ham o‘z ichiga oladi. O‘quvchilarning bilimlarni egallashga faol munosabati ularning bilish faoliyatini yanada kuchaytiradi
Ma’lumki, didaktikaning predmetini o‘rgatish, o‘rganish ta’lim mazmunini tashkil qiladi. Bunda ishtirok etayotgan uchta komponent bir-birlari bilan shunday uzviy aloqadaki, ulardan birini e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Xo‘sh, nimani nimadan boshlash kerak? Ishni o‘rganish yoki o‘rgatishdan boshlasak, tabiiy ravishda savol tug‘iladi: nimani (qanday mazmundagi o‘quv materialini) o‘rganmoqchisiz yoki o‘rgatmoqchisiz? O‘rgatish ham, o‘rganish ham asosiy maqsadga yo‘naltirilgan ta’lim obyekti va oxirgi natija mahsuli bo‘lmish ta’lim mazmuniga bog‘liq. Har xil mazmun uni o‘zlashtirishning o‘ziga xos usullari bilan farq qilganligi uchun o‘rganishning qanday bo‘lishi uning mazmuniga bog‘liq, bu esa o‘rganishni tashkil etuvchi o‘rgatuvchiga bog‘liq. Shunday qilib, didaktik tafakkur - bu o‘rganish, o‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir. O‘qituvchi o‘quvchini faollashtiradigan, o‘zi va o‘rganuvchi uchun qulay bo‘lgan yo‘llarni, usul va uslublarni, o‘qitish shakllari, metod va vositalarni izlaydi, ularni takomillashtiradi. Shu boisdan ham “pedagogik texnologiya”, “didaktik texnologiya”, “ta’lim texnologiyasi” atamalari qatoridan “pedagogik innovatsiyalar” atamasi ham mustahkam o‘rin olmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan tarzda o‘rgatish, o‘rganishda ta’lim mazmuni asosiy o‘rin tutadi. Shuning uchun ham, o‘z oldimizga Davlat ta’lim standartlarini yaratish birinchi galdagi vazifa qilib qo‘yildi. Bu vazifaning uddasidan chiqdik. Davlat ta’lim standartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, har bir ta’lim muassasalariga, har bir o‘quvchiga yetkazildi. Endigi vazifa shu standartlarni tezroq hayotga tatbiq etish mexanizmini yaratishdan iborat. Biroq, e’tirof qilish kerakki, hali Respublikamizda yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’lim innovatsiyalarini to‘plash, ular ichidan faoliyatimizda eng ko‘p samara beradiganlarini tanlash, tajriba-sinovdan o‘tkazish va qo‘llash, joriy etishni yo‘lga qo‘yadigan tizim (mexanizm) shakllantirilmagan edi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ishlab chiqilgan umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishilgandan keyin bu sohadagi ishlarni aniq bir tizimga solish, qo‘llab-quvvatlash, yangiliklarni joriy etishga yetarli shart-sharoitlar yaratadigan tuzilmalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqqol ko‘zga tashlandi. Chunki, Davlat ta’lim standartlari o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan majburiy minimal daraja bo‘lib, davr o‘quvchilarga ta’lim standartlari darajasi talablaridan oshirib bilim, iqtidor va ko‘nikmalar berishni taqozo etadi. Bu masalani ijobiy hal qilish ilg‘or tajribalar, yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, ularning didaktik imkoniyatlarini sinab ko‘rgan holda amaliyotga tatbiq etishga bo‘lgan hayotiy ehtiyojni oshirib yubordi. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa - ilg‘or ta’limiy yangiliklarni aniqlash, ularning jamg‘armalarini tashkil etish, sinab ko‘rish, pedagogik amaliyotga joriy qilishning, ilmiy xulosalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish tizimini yaratish masalasining dolzarbligini oshirdi. Hozirgi kunda bu tizimni yaratish yo‘lida bir qator izlanishlar, sa’y-harakatlar boshlab yuborilgan.
Jumladan, vazirlik, viloyat xalq ta’limi boshqarmalari tarkibida Davlat ta’lim standartlari boshqarmalari va bo‘limlari (monitoringi) tashkil etilgan. Ta’limni boshqarish tizimida tashkil qilingan yangi bo‘g‘inlar quyidagi vazifalarni amalga oshirib bormoqda.
 ta’lim sohasidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlarning bajarilish nazoratini yuritish;
 pedagogik innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etishning tashkiliy asoslarini yaratish zarur. Buning uchun: “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni hayotga, tatbiq etish, Davlat ta’lim standartlari va dasturlari bajarilishining monitoringini olib borish;
 ta’limni boshqarish mahalliy organlari va o‘quv muassasalarining umumiy tashkiliy pedagogik ishlari qatori pedagogik innovatsiyalarning samaradorligini tahlil qilib borish;
 pedagogik tajribalarning borishini analitik tahlil qilish, umumlashtirish, ommalashtirish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;
 pedagogik texnologiyalarni kuzatuvchi, nazorat qiluvchi va joriy etuvchilarni o‘quv ishini tashkil qilish shu masalaga oid seminarlar o‘tkazish, treninglar tayyorlash choralarini ko‘rish;
 pedagogik texnologiyalarni rivojlajtirish haqida tegishli ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish, tahlil qilish va tartibga solib turish.
Yuqorida ta’kidlanganidek, Davlat ta’lim standartlari - bu o‘quvchilar bilim saviyasining minimal darajasini belgilaydi, bu darajadan yuqori ko‘rsatkichlarga erishish uchun ma’lum izlanish hamda tashabbus lozim, pedagogik innovatsiyalarni yaratish, shuningdek, ularni boshqarish avvalam bor, ana shu dorlzarb vazifalarni hal qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan ham pedagogik innovatsiyalarni izlab topish. O‘rganish, tahlillar ostida eng ko‘p samara beradiganlarini tanlab olish va ularni amaliyotda qo‘llash tartibini belgilab beradigan tizimni yaratish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, buning uchun, innovatsiyalar haqida aniq ma’lumotlar jamg‘armasini yaratish zarur bo‘lib, buni shartli ravishda innovatsiyalarni “to‘plash” jarayoni deb qabul qilamiz. Innovatsion yangiliklarni to‘plovchilar jadvalga ko‘ra vazirlik tizimida yangi tashkil qilingan markazlar, jumladan, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti barcha talim muassasalari rahbarlari malakasini oshirish bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika doimiy kursi qoshidagi monitoring markazi va Respublika ta’lim markazi asosiy bo‘g‘in hisoblanadi. Mazkur ishlarni boshqaruvchi Davlat ta’lim standartlari monitoringi maktab pedagoglar kengashlari, metod birlashmalari, tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limlarida, viloyat malaka oshirish institutlarida o‘rganib, to‘plangan pedagogik innovatsiyalarni o‘z vaqtida “Tanlovchi”larga yetkazish yoki ayrimlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Qo‘llovchi”larga yo‘llashni muvofiqlashtirib boradi.
Pedagogik innovatsiyalarni tanlashda amaliy ish olib boruvchi “Pedagogik texnologiyalar markazi”:
 ma’lumotning yo‘nalishini aniqlaydi;
 joriy qilish va qo‘llashda ilmiy-metodik jihatdan yordam beradi;
 metodik qo‘llanma, dastur va metodik tavsiyalarni nashrga tayyorlaydi va pedagogik matbuotga uzatadi;
 reyting tizimi, o‘quvchilarni maktabgacha tayyorlash,Davlat ta’lim standartlarini joriy qilishdagi ilg‘or tajribalar majmuasini yaratadi;
 xorijiy davlatlardagi ta’lim sohasidagi tajribalarni o‘rganadi, taqqoslaydi va tavsiyalar tayyorlaydi;
 amaliyotga tatbiq qiluvchilarni o‘qitadi, malakasini oshiradi, tajriba almashuv ishlarini tashkil qiladi;
 pedagogika sohasidagi olimlar, ilmiy izlanuvchilar bilan hamkorlik ishlarini olib boradi;
 innovatsiyalarning qo‘llanilishini dinamik ravishda kuzatib boradi;
 innovatsiyaga oid Respublika ilmiy-amaliy kengashlar yig‘ilishlar va konferensiyalar o‘tkazadi;
 malaka oshirish institutlari, tuman metodika va maktab pedagogik kengashlarini yangi axborotlar bilan ta’minlab boradi.
Pedagogik innovatsiyalarni qo‘llash bilan uni to‘plab, ilmiy jihatdan xulosalar tayyorlovchi bo‘g‘in o‘rtasidagi “Pedagogik matbuot” asosan nashr ishlari, ommalashtirish, keng pedagogik jamoalar, ilmiy-pedagogik xodimlarga ularni yetkazish, ularning taklif va mulohazalarini olish, tajriba-sinov xulosalari asosida innovatsiyalarni yanada takomillashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi. O‘ylaymizki, ta’lim texnologiyasi va pedagogik innovatsiyalarga bunday tizimli yondashuv Davlat ta’lim standartlarini amalga oshirishda o‘z samarasini ko‘rsatadi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyatini olib borishga halaqit beradigan psixologik to‘siqlarni umumlashtirib yangilik kiritishlarga o‘qituvchilarning ko‘proq qarshilik bildirishini keltiradigan sabablarni ta’kidlab o‘tish zarur.
1. O‘zgarishning maqsadi o‘qituvchilarga tushuntirilmagan yashirin, gapning ikki ma’nosi xavotir va noma’lumlikni keltiradi. Noma’lumdan qo‘rquv har qaysi yangi usulga o‘qituvchilarni yo‘llashi mumkin.
2. O‘qituvchilar yangilikni kiritishda rejalashtirish va ishlab chiqarishda qatnashmaganlar.
3. Jamoa an’analarini e’tiborga olmaslik va o‘z ishining odatiy usuliga rioya qilish.
4. Yangi usullarga subyektiv munosabat va qo‘rquv, statusni yo‘qotish xislari.
5. Ish hajmining ko‘payishi rahbar o‘qituvchilar faoliyatida o‘zgarishlarni rejalashtirmasligi oqibatida qo‘rqish paydo bo‘ladi.
Yangilik kirituvchi tashabbuskor odam hurmat va ishonchga ega bo‘lmasa. Afsus, ko‘pincha o‘qituvchilar loyihaga emas, uning muallifiga qaraydi. Agar bu insonning hurmati past bo‘lsa, pedagog uning qadrligiga qaramay, bu odamga ishonchsizligi uning g‘oyasiga o‘tkaziladi. O‘qituvchi ijodkorligini shaxsiyatning axloqiy munosabatiga qarab mulohaza qilish mumkin. Agar ijodiy faollik asossiz va mavjud qadriyatlarga e’tiborini qaratmasa, demak bu faollik juda xavfli.
Yosh o‘qituvchining bilim berishi va kasbiy faoliyatida ijodiy rivojlanishi uchun ko‘p variantli yechimlarga olib boruvchi mashqlarni topmaganlar. M.V.Klarinning “Chet el pedagogik izlanishlarda ta’limotning pedagogik modellari” monografiyasida yuqori sinf o‘quvchilar bilan darslarni tashkillashtirish asosiga qo‘yilgan quyidagi masalalar taqdim etiladi:
 ijodiy yaratishlarda ichki to‘siqlarni yo‘qotish. O‘quvchilar ijodiy izlanishga tayyor bo‘lsa, ularga o‘quvchilar va o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘zida ishonchni o‘rnatishga yordam berish lozim. Ular qabul qilinadimi yoki ular ustidan kuladimi, lekin ushbu xavotirlanishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ular xato qilishdan qo‘rqmasligi lozim;
 ongsizlikda ishga e’tibor berish. Agar muammo diqqatning markazida joylashmasa ham miyaning ongsiz qismi uning ustida ishlaydi. Ayrim g‘oyalar bir oyda chiqib qolsa ham ularni vaqtida eslab qolish kerak hamda tushuntirib, joylashtirib qo‘yish va ulardan maqsadli foydalanish lozim;
 baholashdan chetda yurish. Bu ham o‘quvchilarning g‘oyalar oqimini kengaytirish, muammoning ustidan erkin fikrlashiga ko‘proq vaqt va e’tibor berishga imkoniyat beradi. O‘quvchilarga ijodiy izlanish va yangi tasavvur bog‘lanishlarining topilishi uchun metafora va o‘xshatishlarni ishlatilishiga imkoniyat berish hisobiga kengayadi. O‘rta va oliy maktablarda ixtirolar bilan ishlash, obrazli tafakkurga chaqirish, obrazlarning yaratilishida va ularni anglashiga yo‘naltirishda spontallikning birlashuvini kiritadi;
 aqliy mashqlar imkoniyatini berish. Boshqa holatlarda o‘rganish uchun o‘quvchilarga mashqlar beriladi, sababi yechimni topish holatida ular buni o‘zgacha his etadi, o‘zini yo‘qotishga yo‘l qo‘ymaslik;
 tasavvurning faolligini qo‘llab-quvvatlash. Bu ijodiy o‘ylashning asosi hisoblanadi. Tasavvurni, hayolni o‘z joyiga qo‘yish, ularni nazorat qilish, ichki ozodalik, tartib yaratib bo‘linganidan so ‘ng hamma gaplar mulohaza qilinadi;
 o‘zlashtirishni rivojlantirish, sezish, o‘zlashtirishni kengaytirish va to‘ldirishlarni kuchaytirish. O‘quvchilarga ularning ijodiy faoliyatidagi ma’nosini umumiy yo‘nalishlarini anglashga yordam berish, o‘z imkoniyatlarning rivojlanishini bilish. Bunday tushunchasiz ijodiy faoliyatni kuchaytiradigan mashqlar o‘yin sifatida o‘zlashtiriladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan maslahatlar erkin muloqotda, fikr-almashuvda, ijodiy bahslashuvda eksperimental ish jarayonida bo‘lib o‘tishi mumkin. Mashg‘ulotlarning tashkil etuvchi shart - o‘quvchilarni ijodga shaxsiy kiritishi ekan. Shunday ta’lim, bilim, idroklarni shaxsiyat sohasining shakllanishiga kiritadi, yuqori sinf o‘quvchilari ochiq, o‘zlashtirish va boshqa nuqtai nazarini tushunishi uchun qobiliyatlarni rivojlantiradi. Misol uchun qobiliyatlar rivojlanishining natijasini ko‘rib chiqamiz: “Shuni ko‘rib o‘tish kerakki, hozir nimalarni mulohaza qilsa, uni hammasini tushunarmikan? Nimaga u o‘z qarashiga meni ishontirmoqchi?”. Menimcha: “ma’lumotlarim yetarli emas: yetmagan to‘la-to‘kislarni bilib olsam, yaxshi bo‘ladi... U nohaq deb aytyapmanmi yoki ochiqchasiga o‘z munosabatimni bildiryapmanmi? Bu holda men ishonchliroq tarzda o‘z fikrimni o‘zgartirishim kerak”. O‘quvchilarda ijodiy fikrlashni rivojlantiish metodlarini va mazmunini didaktik izlash bilim va usullarni shakllantirishga olib keldi.
Shunday tadqiqiy mo‘ljal o‘quv jarayoniga pedagogik yondashuvni o‘ziga xos tarzda yo‘lga qo‘yishni taqozo etadi. Bu esa o‘z o‘rnida ta’limning maqsadi yosh o‘qituvchilarda yangi tajriba, kasbiy – tadqiqiy faoliyatda yangi bilimlar bilan qurollanishni, rolli va o‘xshatish kabi modellashlarni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi. Bolalar tomonidan mazmunan ma’lumotlarni o‘zlashtirishi bilan bog‘liq bo‘lgan aniq shakllarga murojaat qilamiz. Talim modellarining misollar orasida biz muammolarni tizimli yechim asosida ijobiy izlanishning tashkillashtirishni bahslashuv va didaktik o‘yinlarini ajratamiz. Sanab o‘tilgan modellar orasida biz didaktik va rolli o‘quv o‘yinlariga alohida e’tibor qaratamiz.
Didaktik o‘yinlar metodikasining asosiylari ularning tizimida o‘rnatilgan 4 bosqichni ajratsa bo‘ladi. Orientatsiya – o‘rnatiladigan mavzuning tasavvuri, o‘xshatilishi va uning qoidalar harakteristikasi, o‘yin mulohazalarining bayoni, o‘yin o‘tkazishda uning sahnalashtirishi, o‘yin mazmunining detallarini ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Sahna – bu o‘yinning tashkiliy va syujetli sxemasi, umumiy rejasi ekan.
Bunda innovatsiyalar, ilgʻor pedagogik texnologiyalarni joriy etish, shu boʻyicha zarur huquqiy mexanizmlarni yaratishga ustuvor yoʻnalish sifatida qaralayotgani muhimdir. Shular asosida, oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash hamda attestatsiyadan oʻtkazish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim bosqichiga qator yangiliklar tatbiq etilayotir. Shuningdek, dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirish boʻyicha zamon talablari asosida muayyan ishlar olib borilyapti. Bu bevosita pedagogik faoliyatni zamon talablaridan kelib chiqib, yoʻlga qoʻyish masalasiga ham daxldordir. Zero, bugun taʼlim muassasalarida innovatsion pedagogik faoliyatga har qachongidan ham koʻproq zaruriyat tugʻilyapti. Bu darslarni samarali oʻtish, vujudga kelishi mumkin boʻlgan ziddiyatlarni oqilona hal etish imkonini beradi. Binobarin, taʼlim xodimi – eng avvalo, innovator “xavfsiz sinovlar oʻtkazish” psixologiyasining bilimdoni boʻlishi kerak. Oʻqituvchini aniq maqsadni koʻzlagan holda innovatsion faoliyatga tayyorlash – bu yaxlit, bir butun jarayon. U oʻzaro bogʻliq va bir-biri bilan shartlangan davrdan tashkil topgan: oliy taʼlim muassasalarida oʻqish va tarbiyalash, shuningdek, maxsus muassasalarda oʻqish va maktabdagi amaliy pedagogik faoliyatning oʻzaro almashib kelishi asosida tashkil qilingan OTMdan keyingi taʼlim. Qayd etib oʻtilgan davrlarni oʻqituvchi shaxsini bosqichma-bosqich rivojlantirib borishning yaxlit jarayoniga birlashtirilishi – uni innovatsion faoliyatga kiritishning asosidir.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash konsepsiyasini yaratishda oʻqituvchi shaxsini shakllantirishning bir butun jarayonini loyihalashni va faoliyat olib borishini taʼminlovchi tizimli, refleksiv-faoliyatli, individual-ijodiy yondashuvlar asos qilib olinadi. Masalan, tizimli yondashuv jihatdan – pedagogik taʼlimning barcha boʻgʻinlari innovatsion faoliyatning barcha komponentlarini ularning yaxlitligida yuzaga chiqishini maksimal darajada ragʻbatlantirishi kerak.
Refleksiv-faoliyatli yondashuvni amalga oshirish esa oʻqituvchining oʻz faoliyatiga nisbatan, faoliyat subyekti sifatida oʻquvchi shaxsini rivojlantirish borasidagi samaradorligini tanqidiy tahlil etish, mulohaza qilish va uni baholash maqsadida oʻziga nisbatan ham faol tadqiqiy mavqeiga kirishish qobiliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Individual-ijodiy yondashuv oʻqituvchida ijodiy individuallikni aniqlash va shakllantirish, unda innovatsion ongni rivojlantirishni takrorlanmas faoliyat texnologiyasini taʼminlovchi shaxsiy darajaga olib chiqadi.Shunday qilib, pedagogni innovatsion faoliyatini yoʻlga qoʻyish obyektiv voqelikni qabul qilishdagi qarashlarini aniqlab beradi.
Pedagogni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosi maʼlum maqsadlarga boʻysunuvchi bir necha oʻzaro aloqador va funksional komponentlarni oʻz ichiga olgan tizim sifatida ifodalanishi mumkin. Boʻlgʻusi oʻqituvchining innovatsion tayyorligi uzluksiz taʼlim sharoitida pedagogik innovatikaning toʻliq mazmun-mohiyatini egallash boʻyicha uning nazariy, amaliy va psixologik-fiziologik saviyasidir. Bunday tayyorlik pedagogik tizim natijasi sifatida nazariya va amaliyotning bir butunligini taʼminlash, oʻquv ishlariga vijdonan munosabatda boʻlishni tarbiyalash hamda ijodiy faollikni rivojlantirish asosida oʻquvchilarda maʼlum fanlar, umumkasbiy faoliyat koʻrinishlari boʻyicha bir butun bilimlar va malakalarni shakllantirishga koʻmak berishi kerak.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin