Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə14/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

4. Ko‘p omillilik tamoyili. Har bir ta’lim jarayoni bir qator obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida amalga oshadi. Ular sirasiga pedagog va talabalarning ijtimoiy-iqtisodiy hayot sharoitlari, ta’lim muassasalari atrofidagi ijtimoiy ishlab chiqarish va tabiiy iqlim muhiti, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy bazasi, pedagoglarning kasbiy malaka darajasi, ta’lim muassasasi yoki ma’lum sinfdagi ma’naviy-psixologik muhit, talabalarning o‘quv imkoniyatlari, sinfning intellektual salohiyati, jamoaning shaxslararo munosabatlari kiradi. Ta’lim jarayonini loyihalashda pedagog ana shu omillarni hisobga olishi zarur.
5. Talaba shaxsini ta’lim jarayoniga moslashtirish tamoyili. Yoshlar oliy o‘quv yurti ostonasiga qadam qo‘yganidan boshlab uning faoliyat ko‘lamí (o‘z-o‘ziga xizmat, mehnat, dam olish tarzida) kengayadi. Bu kabi faoliyat ko‘nikmalarini egallashi natijasida ijtimoiy tajribaga ega bo‘lib boradi. Shuning uchun ta’lim jarayonining samarali bo‘lishi, uni loyihalashda ta’lim mazmuni va boshqa faoliyat modellari hisobga olinishi, ularni talabalar kundalik hayot faoliyatida egallab borishi ta’minlanishi zarur. Ayni vaqtda umumiy ta’lim muassasalarida shaxsni rivojlantirish va uni ijtimoiy hayotga moslashtirish muayyan qonuniyatlariga muvofiq psixolog va sotsiologlarning ishtiroklari (PPT xulosasi) asosida amalga oshiriladi.
6. Ta’limda tabiiy rivojlanish va ijtimoiylashuv tamoyili. Tabiiy jarayonlar mohiyatini bilish ta’lim jarayonini samarali, talabalarning yosh xususiyatlari, senzitiv rivojlanish davrlari, rivojlanishning keyingi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish imkonini beradi. Tamoyilning mazmuni ta’limni ijtimoiylashtirish, talabalar tomonidan ijtimoiy tajribani individual qonuniyatlar asosida o‘zlashtirilishi bilan izohlanadi. Pedagog faoliyatini tashkil etishda e’tibor birinchi navbatda faoliyat usullari va jarayonlarining o‘zaro muvofiq bo‘lishiga qaratiladi. Bu holat me’yoriy talab sifatida qabul qilinadi. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim talabaga o‘quv materialining mazmunini, vazifa (topshiriq)larni, faoliyat usullari va uslublarini tanlash imtiyozini beradi. Tanlash imkoniyati talabani qaror qabul qilish, mustaqil izlanish va javobgarlikni his qilishga undaydi. Shu bois o‘quv faoliyatining muqobil modellarini ishlab chiqish va ularni talabaga taklif etish maqsadga muvofiq.
Pedagogning vazifalaridan biri o‘quv maqsadiga muvofiq talabaning ichki intilishi, rag‘bati (motivi)ni rivojlantirishdir. Loyihalashda talabani o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi usullar, mustaqil ta’lim shakli, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘zini hurmat qilish imkoniyatlarini aniqlash zarur. Texnologik jarayonni boshqarishda pedagogning faoliyati texnologik operatsiyalar tarzida tashkil etiladi. Texnologik operatsiya – o‘quv faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lib, talaba faoliyati va o‘quv materiali mazmunining o‘zaro birligi sifatida o‘quvchini ta’limning muayyan bosqichidan keyingi bosqich, yuqoriroq darajaga o‘tishini ta’minlaydi. O‘qitish jarayonida qo‘llaniladigan barcha vositalar o‘zaro bog‘liq moddiy (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali, namoyishli vositalar, laboratoriya jihozlari va h.k.) va ma’naviy (teskari aloqa, pedagog yoki talaba namunasi, xatti-harakatlari, nutqi va b.) kabi guruhlarga ajratiladi. Ta’lim vaqtida pedagog loyihasini amalga oshirishda uning shaxsiy sifatlari, ya’ni, kasbiy mahorati, motivatsiya, pedagogik qobiliyat, xarakter, temperament, ruhiy holati. O‘z-o‘zini anglashi va h.k. namoyon bo‘ladi. O‘qitish jarayonini loyihalashda pedagog loyihachi va bajaruvchi sifatida loyihani amalga oshirishning qulay yo‘lini tanlaydi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin