Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


Nazorat uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə21/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1.O‘quv jarayonining tarkibiga qaysilar kiradi?
2.Yangi ta’lim mazmunini loyihalash qanday amalga oshiriladi?
3.Yangi ta’lim mazmuni qanday loyihalanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hutorskoy A. V. Pedagogicheskaya innovatika. - M.: Akademiya, 2008.
2. Yusufbekova N.R. Obshie osnov pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teori innovatsionnix processov v obrazovanii. -M., 1991.
3. Hasanboyev J., To ‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidanizohli lug‘at. - T., 2009.
4. L.I.Petrova Organizatsiya obrazovatelnogo prosessa v shkole. -Rostov-na-Donu, Feniks, 2008.
5. Slastyonin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatelnost. - M.: Magistr, 1997.
6. R.Mavliyanova, N.Raxmankulova “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi”.T.,2013
9-Mavzu: Ilmiy maktablar doirasida pedagogik innovatsiyalar
Reja:
1.Ilmiy maktablar.
2.Ilmiy maktablar doirasida pedagogik innovatsiyalar mazmuni.
Ilmiy maktablar o‘zida muayyan shaxs, olimning ilmiy faoliyati yo‘nalishini o‘rganish natijasida shakllangan kasb egalari, olimlar kogortasi bo‘lib, unda muayyan ilmiy g‘oya, nazariya doirasida hamjihatlikda faoliyat olib boriladi. Ilmiy maktablar fan taraqqiyotida vorisiylikni ta’minlaydi, ya’ni fandagi tizimli rivojlanishni o‘zida namoyon etadi.
Ilmiy maktablarning yuzaga kelishi.1.Afinadagi “Platon” (mil.avv.427-347) akademiyasi, keyinchalik 1459-yilda Yevropada tiklandi. “Platon” akademiyasida tabiat g‘oyalar mahsuli, g‘oyalar o‘zgarmas, abadiiy harakatsiz. his qilinadigan narsalar esa g‘oyalarning soyasidir. Moddiy duny o‘tkinchi, g‘oyalar dunyosida eng oliy g‘oya Hudodir. Platonning “Davlat”, “Siyosat”, “qonunlar” kabi asarlari mavjud.
2.Bog‘doddagi Halifa Ma’mun ar-Rashid (813-833) tomonidan tashkil etilgan Ma’mun akademiyasi IX-asr 2-yarmida, dastlab 819-yilda Bog‘dodda “Bayt ul-hikmat”(Bilimlar uyi) da Movaraunnahr va Huroson olimlari faoliyat yuritib, 53 ilmiy ishlarini davom ettirgan. Unda Al-Xorazmiy faoliyat yuritgan.
3.Horazm Ma’mun Akademiyasi (997-1010) dono va zukko maslahatchilarga muhtoj bo‘lgan Ibn Iroq, taklifi bilan Beruniy Horazmga qaytib keldi. XI-asr boshida(1004) Xorazm poytaxti Gurganch (hozirgi ko‘hna Urganch) shahridagi ilmiy markaz Ma’mun akademiyasi deb nom olgan . “Dorul hikma va maorif” (majlisi uloma) nomini olgan ilmiy muassasa shakllandi. Bu yerda olimlar keng ilmning barcha sohalarida tadqiqot ishi olib borilgan.
Hozir O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yirik ilmiy markazdir. Bu markaz tadqiqot uchun zarur bo‘lgan rivojlangan moddiy asosga, keng ilmiy fondga, malakali kadrlarga ega. Ularning mehnati butun dunyoga e’tirof etilgan.
Respublikaning ilmiy tadqiqot ma’mun akademiya, oliy o‘quv yurtlari va tarmoq yo‘nalishidagi 362 muassasani, shu jumladan, 101 ilmiy tadqiqot institutini,oliy o‘quv yurtlaridagi 55 ilmiy-tadqiqot bo‘limlarini, 65 loyiha konstruktorlik tashkilotini, 32 ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi va tajriba 30 axborot hisoblash markazini o‘z ichiga oladi. Ilmiy salohiyatning o‘zagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasidir.U mintaqadagi yetakchi ilmiy va tajriba markazi bo‘lib yarim asrdan ortiqroq tarixga ega. Uning tarkibida tashkil etilgan yadro fizikasi instituti, ”Fizika-kim?” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi “Biolog” IIB, Maydanak tog‘idagi baland astronomiya observatoriyalari majmui va bir qator boshqa markazlar muvaffaqiyatli tadqiqotlar olib bormoqda.
ILMIY MAKTABDA:
1.O‘ziga xos innovatsion mexanizmlari amal qiladi.
2.Ularning paydo bo‘lishi doimo yangi g‘oyalarni amaliyotga joriy qilishda shu g‘oyaga aks g‘oyani ilgari suruvchi opponentlar bilan kurashida shakllanadi.
3.Yangi g‘oyalar ilgaridan qotib qolgan eski g ‘oyalardan amaliy ahamiyati bilan ustuvorlik qiladi.
4.Ilmiy maktab vakillari shu g‘oyani himoya qilib, uni amaliyotga joriy qilinishining garovidir.
5.Ilmiy maktablarda ustozning rahbarlik mahorati va ilmiy salohiyati, olimlik mas’uliyati muhim ahamiyatga ega.
6.Ilmiy maktablar nazariy konsepsiyalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy g‘oyalar majmui shaklida namoyon bo‘ladi.
7.Ilmiy maktablar o‘z g‘oya va ahamiyatiga ko‘ra bir biridan farxlanadi.
8.Ilmiy maktablarning o‘ziga xos xususiyati g‘oyalarni umumlshtirish xossasiga egaligidir.
9.Ilmiy maktablarda individual tadqiqot olib borish metodi shakllanadi.
O‘zbek adabiyotshunosligi ilmiy maktabi - XX asrning 20-30-yillarida Abdurauf Fitrat, Abdurahmon Sa’diy, Sadriddin Ayniylar tomonidan asos solingan bo‘lib, akademiklar Vohid Abdullayev va Boturxon Valixo‘jayev, professor Orif Ikromovlar uni shon - shuhratini dunyoga tanitdilar. Hozirda ilmiy maktab vakillari professorlar M.Muhiddinov, H.Umurov, A.Soliyev, D.Salohiy, Sh.Hasanovlar, filologiya fanlari nomzodlari A.Nosirov, U.Qobilov, I.Sulaymonov, S.Tohirov, B.Muhiddinova, N.Muxiddinova, lar tarixiy an’analarni sobitqadamlik bilan davom ettirishmoqda.
O‘zbek tilshunosligi ilmiy maktabi - Samarqand tilshunoslik maktabining poydevorini XX asrning 20-30-yillarida Abdurauf Fitrat, G‘ozi Olim Yunusov, Ye.D.Polivanovlar qo‘yishgan. Ularning ishlarini 1930-yillarda Sayid Rizo Alizoda, 1940-yillarda esa Ulug‘ Tursunovlar davom ettirdilar, professorlar X.Doniyorov va R.Qo‘ng‘urovlar yangi bosqichga ko‘tardilar. Bugungi kunda ilmiy maktab yaratgan merosni I.Mirzayev, S.Karimov, J.Eltazarov, A.Pardayev kabi olimlar yangi tadqiqotlar bilan yuksaltirishmoqda.
Tarixchilar ilmiy maktabiga Markaziy Osiyo xalqlari tarixining chuqur bilimdoni professor Po‘lat Soliyev va XIV-XV asr temuriylar davri manbashunosligining mutaxassisi professor I.Umnyakovlar asos solishgan. Bugungi kunda Samarqand davlat universitetida ushbu maktab vakillari professorlar I.Saidov, Sh. G‘afforov, B.Ergashev, B.G‘oyibov, G.Normurodovalar, dosentlar M.Nasrullayev, M.Hoshimova, F.Rashidova, S.Muxiddinov, Sh.Xamraqulovalar ularning ilmiy ishlarini davom ettirmoqdalar. 
Arxeologiya maktabi - arxeologiya bo‘yicha ilmiy yo‘nalishga 1944-1945 yillarda asos solingan bo‘lib, uning asoschilari sifatida akademik Yahyo Fulomov, professor D.Lev va davomchisi sifatida professor M.Jo‘raqulovni ta’kidlash lozim. Bugungi kunda, N.Avanesova, N.Xolmatovlar, dosentlar D.Djurakulova, R.Abriyev, O.Ergashevlar urbanizmgacha bo‘lgan madaniyatning genezisi va rivojlanish dinamikasi taraqqiyoti, O‘zbekiston ma’naviy madaniyati va uning Markaziy Osiyo xalqlari, xususan Zarafshon vohasi madaniyatida tutgan o‘rni muammolari yo‘nalishida tadqiqotlar olib borishmoqda.
Falsafa maktabi - Samarqand falsafa maktabi 1930-1940 yillarda akademik Ibrohim Mo‘minov rahbarligida shakllantirildi. Ushbu maktabning bugungi kundagi yutuqlari professorlar J.Yaxshilikov, S.Karimovlar nomlari bilan bog‘liqdir. Yosh olimlardan Sh.Negmatova, A.Samadov, G.Sultonovalar fan doktori dissertasiyalarini himoya qilishdi. Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari X.Djurakulov, Sh.Kubayeva, M.Ergasheva, B.Mamarasulovlar doktorlik lissertasiyasi ustida ishlamoqda.
Molekulyar optika ilmiy maktabi - Sankt-Peterburg universiteti professori M.Vuks va akademik Akbar Otaxo‘jayev tomonidan 1960 yillarda yaratilgan bo‘lib professorlar F.X.Tuxvatullin, Sh.Fayzullayev, A.Yakubov, S.Asmanov va boshqalar tomonidan davom ettirildi. Maktabning ayni paytdagi vakillari molekulyar lazer spektroskopiyaning uch yo‘nalishida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. Jumladan, professorlar A.Jumaboyev, U.Tashkenbayev, H.Xushvaqtovlar yorug‘likning kombinasion sochilishi sohasidagi ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Yosh olimlardan A.Absanov, G‘.Sharifov, Z.Mamatov va boshqalar tomonidan yorug‘likning muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvi sohasida tadqiqotlar olib borilmoqda.
Lazer fizikasi va nochiziqli optika ilmiy maktabi - professor L.Sobirov boshchiligidagi ilmiy laboratoriyada nochiziqli optik jarayonlar va akustooptika sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu laboratoriyada tadqiqot olib borayotgan olimlardan N.Eshqobilov, R.Ibodov, D.Semenov, X.Haydarov va boshqa yosh oilmlarning ilmiy ishlari nufuzli ilmiy jurnallarda chop etilmoqda.
Molekulyar lyuminessensiya ilmiy maktabining tashkilotchisi va yorqin vakili professor N.Nizomov o‘nlab shogirdlari bilan “Molekulyar lyuminessensiya” laboratoryasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Keyingi yilllarda ushbu laboratoriya tarbiyalanuvchilari orasidan E.Kurtaliyev doktorlik dissertasiyasini himoya qildi. Maktabda o‘nlab yosh olimlar ilmiy tadqiqot olib borishmoqda.
Yadro va kosmik nurlar fizikasi ilmiy maktabi - 1940 yillarda professor Muso Mo‘minov tomonidan shakllantirilgan bo‘lib, hozirda ilmiy yo‘nalishlar akad.T.Mo‘minov, prof.B.Mahmudov, prof.R.Ibodov, dos.R.Eshbo‘riyev tomonidan olib borilmoqda. Bugungi kunda ushbu maktab tarbiyalanuvchilari fizika-matematika fanlari nomzodlari A.Safarov, O.Mamatqulovlar doktorlik va bir nechta doktorantlar fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertasiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Magnit hodisalari fizikasi ilmiy maktabining shakllanishi professor O.Quvondiqovning sermahsul ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda O.Quvondiqovning shogirdlari dosentlar I.Subhonqulov, N.Hamrayev, R.Rajabov, Z.Shodiyevlar doktorlik dissertasiya bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazmoqda.
Differensial (elliptik) tenglamalar nazariyasi ilmiy maktabi - XX asrning 40-yillarida professor I.Kukles, akademiklar M.Yevgrafov va M.Lavrentevlar tomonidan asos solingan. Maktab vakillari professorlar Sh.Yarmuxamedov, A.Haydarov, A.Hasanov, A.Begmatov, A.Xotamov, T.Ishankulov va boshqalar tomonidan fizikaning klassik tenglamasi uchun Koshi masalasini yechishning yangi usuli ishlab chiqilgan, bu usul elastiklik nazariyasida va yadro fizikasi tajriba natijalarini tahlil qilishda o‘z tadbig‘ini topgan. Bu ilmiy maktab vakillari tomonidan 10 dan ortiq fan doktorlari, 30 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) tayyorlangan. Bugungi kunda prof.A.Hasanov rahbarligida faol ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Algebra va sonlar nazariyasi ilmiy maktabi - 1945-1950 yillarda professor N.Romanov va dosent R.Iskandarovlar tomonidan asos solingan bo‘lib, ilmiy maktab vakillari algebra va sonlar nazariyasi muammolari bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda professor A.Soleyev rahbarligida “Robototexnikada yuzaga keladigan algebraik egri chiziqlarni lokal tahlil qilish masalalari, Minkovskiy teoremasini umumlashtirish, ikki xil qirrali graflarning rekkurent funksiyalarini tadqiq qilish hamda singulyar integrallarni taqribiy hisoblashning optimal algoritmlarini yaratish” masalalari yo‘nalishlarida izlanishlar olib borilmoqda. Bu ilmiy maktabda 20 ortiq yuqori malakali ilmiy pedagog kadrlar tayyorlangan.
Matematik analiz hamda uning zamonaviy matematik fizikaga tadbiqi maktabi - 1980 yillarda O‘zFA akademigi S.N.Laqayev tomonidan asos solindi. Bu maktab vakillari prof. I.Ikromov, prof. J.Abdullayev, A.Xolxo‘jayev va boshqalar tomonidan panjaradagi ikki, uch va to‘rt darajali Shryodinger operatorlarining spektral xossalari tadqiq qilinib, muhim ilmiy natijalar jahon matematiklar jamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar AQSh, Fransiya, Angliya, Germaniya, Malayziya kabi davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Bu ilmiy maktabda 7 nafar fan doktorlari, 20 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) tayyorlandi.
Mexanika maktabining paydo bo‘lishi - 1947 yillarda prof. I.S.Kukles tomonidan nazariy mexanika kafedrasining ochilishi bilan asoslanadi. Bu maktab vakillari – prof. R.I.Xalmurodov, prof.X.Xudoynazarov, prof.B.Xo‘jayorov, prof.A.Z.Xasanov, O.Abdurashidov, V.Burnashev va boshqalar tomonidan deformasiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi va filtrasiya masalalari tadqiq qilinib, muhim ilmiy natijalar jahon mexaniklari jamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar Rossiya, AQSh, Ukraina, Qozog‘iston va Azarbayjon kabi davlatlarning ilmiy tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Bu ilmiy maktabda 6 nafar fan doktorlari, 12 dan ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) tayyorlandi.
Axborot texnologiyalari maktabi - 1990 yillarda texnika fanlari doktori, akademik Vosil Kabilov, I.Jumanov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Texnika fanlari doktori A.Axatov, fan nomzodlari O.Jumanov, I.To‘raqulov, I.Aminov, F.Nomozovlar axborot texnologiyalari va ulardan o‘quv jarayonida foydalanish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Botanika maktabiga professor N.I.Merkulovich (1927-1938) tomonidan asos solingan. 1960 yillardan boshlab professorlar Ye.Proskoryakov, J.Qabulov, M.Ikramov, N.Amirxanovar tomonidan rivojlantirilgan. Botanika ilmiy maktabining asosiy ilmiy yo‘nalishi Zarafshon daryosi havzasi florasi va uning xilma-xilligini o‘rganishga qaratilgan. Bugungi kunda bu ilmiy maktab vakillari (X.Haydarov, X.Keldiyorov, M.Normurodov, F.Qobilova, M.Nosirov, X. Keldiyorova, T.Rajabov va h.k.) tomonidan Zarafshon vodiysida o‘sayotgan dorivor o‘simliklarning resurslari va biologiyasi, g‘o‘zaning optimal mineral oziqlanishi va unga elektrotexnologiyaning ta’siri, yangi yem-xashak o‘simliklarning biologiyasi muammolari mavzularida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Zoologiya maktabi - professorlar I.Turkevich, A.Sagitovlar tomonidan 1940 yillarda tashkil qilingan. Uning asosiy ilmiy-tadqiqotlari sohasi ornitologiya bo‘lib, O‘zbekiston tereofaunasining shakllanishi va sut emizuvchilarning ekologiyasini o‘rganish mavzulariga qaratilgan. Ushbu tadqiqotlar ilmiy maktab davomchilari prof.J.Laxanov va prof.A.Jabborovlar tomonidan rivojlantirilgan. Hozirgi paytda mazkur ilmiy maktab vakillari, dos.S.Fundukchiyev va boshqalar tomonidan hayvonot dunyosining faunasi, ekologiyasi va muhofazasi, qishloq xo‘jaligi zararkunandalari va parazitlarining biologiyasi va ekologiyasini o‘rganish yo‘nalishlarida izlanishlar olib borishmoqda.
O‘simliklar fiziologiyasi ilmiy maktabi - 1945 yillarda S.S.Abayeva rahbarligida shakllangan. Asosiy ilmiy tadqiqot yo‘nalishi o‘simliklarda mikroelementlarning fiziologik rolini aniqlashga qaratilgan. Bugungi kunda bu maktab vakillari prof. J.X.Xo‘jayev rahbarligida mineral oziqlantirishni mo‘tadillashtirish asosida o‘simliklarning noqulay omillar ta’siriga chidamliligi va hosildorligini oshirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Bu ilmiy maktabda 2 nafar fan doktorlari va 10 ortiq fan nomzodlari (falsafa doktorlari) yetishib chiqqan.
Biokimyo va tuproqshunoslik maktabi - 1960 yillarda professor Mark Rish tomonidan tashkil qilingan mikroelementlar muammoviy ilmiy tadqiqot laboratoriyasi bazasida shakllandi. Yaylovli yerlar tuprog‘ining hosildorligini yaxshilash, hayvonlar qon tarkibining biokimyoviy xususiyatlari masalalarini o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.
Kimyo maktabi - faoliyati dosent N.Zokirov, professor Y.Kurbatov tomonidan 1950-1960 yillarda yo‘lga qo‘yilgan. Bugungi kunda ushbu maktab vakillari professorlar A.Nasimov, E.Abduraxmonov, N.Muxammadiyev, N.Fayzullayevlar, dosentlar Z.Normurodov, U.Norqulov, S.Tillayev, Sh.Saidqulovlardir.
Tabiiy geografiya va geoekologiya maktabi - 1960 yillarda shakllana boshlagan bo‘lib, uning rivojlanishida professorlar A.Abulqosimov, L.Alibekov, S.Abbosov, O.Raxmatullayevlar katta hissa qo‘shganlar. Bugungi kunda ushbu maktab vakillaridan A.Ravshanov, X.Nazarov, M.Qodirov, Q.Yarashev, M.Usmonov, R.Mamajonov, D.Xursanov, B.Meliyev, B.Eshquvvatovlar doktorlik dissertasiyalari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Iqtisodiy nazariya ilmiy maktabi - 1930 yillarda professorlar N.Bixovskiy va A.Revalar tomonidan asos solingan. Ilmiy maktab vakillaridan B.Safarov, N.Arabovlar doktorlik dissertasiyalarni himoya qilishdi. Yoshlardan S.Alibekova, D.Usmanova, A.Taniyev, A.Nizamov, I.Ergashevlar doktorlik dissertasiyalari bo‘yicha izlanishlar olib borishmoqda.
Pedagogika maktabi - 1960 yillarda prof. A.Yefimov tomonidan yaratildi. By maktabda professor N.Shodiyev rahbarligida o‘nlab olimlar tadqiqot olib borishmoqda. Hozirgi paytda N.Kiyamov, K.Xasanova, Sh.Taylanova, Sh.O‘roqov, Sh.Mustafoyev, A.Ibragimovlar ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirmoqdalar.
Ilmiy boshqaruvning birinchi maktablari. Ilmiy maktablar Ilmiy boshqaruv maktabining ijodkorlari kuzatuvlar, o‘lchash, mantiq va tahlillardan foydalanish, qo‘lda ishlashning aksariyat operatsiyasining aksariyati ko‘proq samarali amalga oshirish uchun qo‘lda ishlashning ko‘p qismlarini yaxshilashi mumkin.
Hamkorlik pedagogikasi: XX asrning 80-yillarida tadbiq etishi rivojlana boshladi va bu texnologiya negizida taniqli innovatorlarining taj­ribasi yotadi: K.Ushinskiy, N. Pirogov, L. Tolstoy, J. Russo, Ya. Korchak, K. Rodjers, E. Bern, S. SHatskiy, V. Suxomlinskiy va boshqalardir. Ushbu peda­gogikasi to‘rtta asosiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • shaxsga inson, shaxs sifatida yondashuv;

  • dialektik faollashtiruvchi va rivoj­lan­ti­ruv­­chi majmua;

  • tarbiya konsepsiyasi;

  • atrof-muhitni ta’lim-tarbiyaga mos­lash.


Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin