Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


-Mavzu: Ta’lim muassasasidagi innovatsion jarayonlar va ularni boshqarish



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə23/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

10-Mavzu: Ta’lim muassasasidagi innovatsion jarayonlar va ularni boshqarish.
Reja:
1.Innovatsion jarayon tuzilishi, mazmun-mohiyati.
2.Innovatsion jarayonlarni tizimli boshqarish.
3.Innovatsion jarayonlarni tizimli boshqarishning konseptual va tashkiliy modellari.
1.Innovatsion jarayon tuzilishi, mazmun-mohiyati.
Innovatikaning tayanch tushunchasi – bu innovatsion jarayondir. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar qoidaga muvofiq uch asosiy – ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik –pedagogik va tashkiliy–boshqaruvga doir jihat bilan bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Mazkur jihatlarning mazmunidan innovatsion jarayonlar yuzaga keladigan umumiy shart-sharoitlar hosil bo‘ladi. Mavjud shart-sharoitlar innovatsion jarayonning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi ham mumkin. Innovatsion jarayonlar ham stixiyali, shuningdek, ongli boshqarilishi mumkin. Yangilik kiritish – bu eng avvalo, tabiiy va sun’iy o‘zgarishlar jarayonini boshqarish funksiyasi. SHuning uchun ta’limdagi innovatsion jarayon – bu ta’limdagi o‘zgarishlarni boshqarish jarayoni.
Innovatsion jarayon innovatsion faoliyatdan tashqari o‘z ichiga ko‘plab uni amalga oshirish shart-sharoitlarini, shu jumladan, faoliyat subyektlarini qamrab oladi.
Innovatsiyalarning yuzaga kelishi sabablariga munosabatiga ko‘ra innovatsion jarayonlar ikki turga bo‘linadi:
Birinchi turi – innovatsion jarayonni amalga oshirishning shart-sharoitlari, vosita va yo‘llarini innovatsiya ishtirokchilarini to‘liq anglab yetmagan holatida ma’lum darajada stixiyali tarzda yuzaga keladi. Bunday holatda innovatsiyalar yetarlicha ilmiy asoslanmaydi va vaziyat bilan bog‘liq shart-sharoitlar yoki tasodifiy talablar ta’siri ostida empirik asosda yuzaga keladi.
Ikkinchi turi – ta’lim tizimidagi innovatsiyalar fanlararo xarakterga ega ilmiy asoslangan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat mahsuli sifatida aks etadi. Bunday innovatsiyalarni yaratuvchilari qoidaga muvofiq, ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi turli mutaxassislar – olimlar, ekspertlar, ta’lim muassasasi rahbarlari hisoblanadi.
Innovatsiyalarni o‘zlashtirish ko‘lami nuqtai nazaridan ilmiy asoslangan innovatsion jarayonlarning barcha xilma-xilligi quyidagi ikki shaklda yuzaga chiqadi:

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin