Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə37/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

SEMINAR MASHG’ULOTLAR
1-Mavzu: Pedagogik innovatika–pedagogikaning alohida sohasi sifatida.
Reja:
1. Innovatika va pedagogik innovatika tushunchasi.
2. Pedagogik innovatikaning obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari.
3. Pedagogik innovatikaning asosiy tushunchalari.
MASHG’ULOTNING BORISHI:
(Dastlab, o‘qituvchi tomonidan talabalardan mashg’ulot topshiriqlari (uyga vazifa) so‘raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi, mashg’uulot davomida esa talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma),topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So‘ngra berilgan topshiriqlarni bajaring
1-seminar mashg’ulotiga doir topshiriqlar to‘plami
1.1. «Pedagogik innovatikaning rivojlanish tarixi»ga doir topshiriqlar
1. Jamiyat rivojlanishi nuqtai nazaridan novatorlik va an'anaviylik tushunchalarini izohlab bering.
2. «Innovatika» tushunchasi bundan yuz yil avval paydo bo‘lgan deb izohlashadi. Mazkur izohga aniqlik kiritish .
3. «Innovatsion jarayonlar» tushunchasining to‘liq tavsifi XX asrning boshlarida ishlab chiqilgan, deyishadi. Mazkur fikrga aniqlik kiriting.
4. «Innovatsiya» tushunchasining ilmiy amaliyotga kiritilishini izohlab bering.
5. «Innovatika - fanlararo tadqiqot sohasi» tushunchasini izohlang.
6. Qanday jarayon 1970 yillarda yangiliklar kiritish haqidagi fanning murakkab, keng tarqalgan sohaga aylanishiga sabab bo‘ldi?
7. Pedagogik innovatsion jarayonlar qachon G’arbiy Yevropada, Rossiyada hamda O‘zbekistonda maxsus o‘rganish predmetiga aylanganligiga izoh kiriting.
8. Rossiyada so‘nngi 20 yilda ta'lim sohadagi yangiliklar kiritish muammosi bilan shug’ullanib kelayotgan pedagog- psixologlarni sanab bering.
9. Bugungi kunda pedagogik innovatika ta'lim sohasidagi innovatsion jarayonlarning uch asosiy elementi birligi va o‘zaro aloqadorligi haqidagi fan sifatida e'tirof etiladi. Mazkur fikrni izohlang.
10. Pedagogik innovatika pedagogikaning alohida sohasi sifatida shakllanayapti, degan fikrni izohlang.
Topshiriq yuzasidan to‘planadigan maksimal ball: 3,5 ball, har bir vaziyatni to‘g’ri hal eta olsangiz, 0,35 ballga ega bo‘lasiz.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin