Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə88/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Savollar:
1. Sizningcha tarbiyachining bu usuli to’g’rimidi?
2. Tarbiyachining bunday yo’l tutishiga nimalar sabab bo’lgan bo’lishi mumkin?
3. Bunday vaziyatda siz qanday ish tutgan bo’lardingiz?


Mikrokeys-9
Tushlik paytida yotoqxonada T va K ismli bolalar nomaqbul qiliqlar qildi. Guruhdagi bolalar bu vaziyat haqida tarbiyachiga xabar yetkazishdi.
Bolalarning bunday noma'qulchiliklari birinchi bor emasligi aniqlandi.
Savollar:
1. Sizningcha tarbiyachi nima qilishi kerak?
2. Bolalarning ota-onasi bilan suhbatni qanday amlga oshirishi kerak?
3. Bolalarining bunday yo’l tutishiga nimalar sabab bo’lgan?


Mikrokeys-10
Guruhda mayda o’g’irlik holatlari sodir etila boshlandi. Bolalar bunda G.ismli qizni aybdor deb ko’rsatishdi. Qizcha suhbat davomida o’g’rilik qilmaganligini ta'kidladi. Ammo uning cho’ntagidan yo’qolgan kichkina o’yinchoq topildi.
Savollar:
1. Sizningcha, tarbiyachi bunday vaziyatda qanday yo’l tutishi kerak?
2. Bolaning bunday hulqiga nimalar sabab bo’lgan deb o’ylaysiz?
3. Psixolog bunday vaziyatda qanday metod va texnikalardan foydalangan holda korrektsion ishlarni amalga oshiradi?


Mikrokeys-12
Mudira tarbiyachilarga yig’ilishda murojaat qilib, “Yillik tadbirlar rejasini tuzishimiz kerak, o’ylab ko’rib, taklifingizni aytinglar. Uni muhokama qilib, keyingi majlisida tasdiqlaymiz.”-dedi.
Savollar:
1. Tadbirlar rejasini tuzayotganda xodimlar bilan maslahatlashish shartmi?
2. Mudira rahbarlikning qaysi usulidan foydalandi?
3. Bunday yondoshuvni o’z nuqtai nazaringizdan baholang.


Mikrokeys-15
Turmush o’rtog’im bilan kelisha olmaganligimiz sababli ajrashib ketdik. 5 yoshli farzandimiz bor. Sudning qaroriga ko’ra oyning ma'lum kunlari dadasi bilan uchrashib turadi. Dadasi unga aytganlarini olib berib, rosa erkalatadi. Dadasi bilan uchrashib kelgan kun bolam ancha o’zgarib qoladi. Shu sababli, o’g’limni sobiq turmush o’rtog’im bilan uchrashishiga qarshilik qilmoqdaman.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin