Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə17/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

2. An’anaviy ta’lim.
Ta’lim jarayonini modernizatsiyalash haqida so‘z borganda vujudga keluvchi dastlabki muammo bu qo‘yilgan savolning mohiyatini to‘g‘ri anglashdir. Masalan, funksional predmetli ma’lumotning maqsadalarini ko‘zlovchi an’anaviy ta’lim shaxsdan vosita sifatida foydalanib, uning motivatsiya mexanizmlariga tayanadi va ularga tashqi muhitdan qo‘yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan omil sifatida qaraydi. An’anaviy ta’lim bugungi kunda eng keng tarqalgan. Pedagogikada ta’limning uchta asosiy turini ajratib ko‘rsatish mumkin: an’anaviy (yoki tushuntirish-illyustrativ), muammoli va dasturlashtirilgan.
Ushbu turdagi ta’limning asoslari deyarli to‘rt asr oldin buyuk chex olimi Ya.A. Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida “An’anaviy o‘qitish” atamasini fanga kiritgan. Birinchi navbatda, XVII-asrda shakllangan o‘qitishning sinfda tashkil etilishini anglatadi. Ya.A.Komenskiy tomonidan yaratilgan va hali ham dunyo maktablarida keng tarqalgan. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda an’nanaviy ta’limning asosiy maqsadi shaxsda bilimlar tizimlarini shakllantirish, fan asoslarini egallashlari uchun asos yaratish, ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ongli va yuqori bilimli insonlarni tarbiyalashdan iborat bo‘lgan. Bizga ma’lumki, an’anaviy ta’limda shaxs pedagogik jarayon vositalaridan biri sifatida qabul qilinib, uning faoliyatida bajaruvchilik, ijrochilik xususiyatlari ustunlik qilgan bo‘lsa, sinf-dars, leksiya-seminar tizimida bu xususiyatlar yaqqol o‘z ifodasini topgan. Bugungi zamonaviy ta’limning ko‘rinishlaridan bo‘lgan innovatsion ta’lim esa, o‘z maqsadi va mohiyatiga ko‘ra, an’anaviy o‘qitishdan farq qilib, ta’lim oluvchi shaxsining tabiiy imkoniyatlarini namoyon qilishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishni taklif qiladi. Bunda o‘quvchi o ‘zini o‘quv faoliyatining subyekti sifatida his qilishi, o‘z ustida ishlashi, o‘z-o‘zini rivojlantirishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangiliklar kiritish texnologiyasi turlari.
1. Amalga oshirish – yangiliklar kiritish jarayoni ishlab chiquvchi, masalan, novator-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
2. Injiniring – innovatsion siklning barcha bosqichlari – marketing, biznes-rejalashtirish, ishlab chiqishdan kompleks zaruriy asbob-uskunalar, kadrlar ta’minoti va servis xizmatlarni kengroq qamrab oluvchi yangiliklar kiritishning majmuaviy texnologiyasi.
3. Konsalting – innovatsion faoliyat strategiyasini rejalashtirish va tanlab olish bosqichini ta’minlovchi yangiliklar kiritish texnologiyasi.
4. O‘rgatish – kadrlarni yangiliklarni yaratishga tayyorlashga o‘rgatish bosqichini ta’minlovchi yangiliklar kiritish texnologiyasi.
5. Texnologiyani uzatish – biror fan sohasi yoki boshqa hududning o‘ziga xosliklarini hisobga olib, innovatsion loyihani amalga oshirishni ta’minlovchi yangiliklar kiritish texnologiyasi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin