Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»


Innovatsion faoliyatni tashkil qilish zaruriyati va omillari



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə27/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Innovatsion faoliyatni tashkil qilish zaruriyati va omillari.
Innovatsion faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining xususiyatlarini o‘rganib chiqqan pedagog olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:
ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish;
hamkasblar bilan hamkorlik;
fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik;
ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish.
M.Jumaniyozovaning fikricha, o‘qituvchilarni innovatsion faoliyatga tayyorlash muammosiga murojaat etish jamiyatda innovatsion jarayonlar dinamikasining o‘sib borishi natijasida vujudga keldi. Uning tahlili faqat fan va texnika erishgan zamonaviy yutuqlardan foydalanishni o‘z ichiga olmasdan, balki yangiliklarni izlash, yaratish, moslashtirish, tatbiq etish va olingan natijalarni qayta tekshirish kabi jarayonlarini ham qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning tuzilishini o‘rganib chiqqan olimlardan biri V.A.Slastenin uni quyidagicha tuzilishga ega deb ko‘rsatib o‘tadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi – ijodiy yondashuv, ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlik, yangicha fikrlash, muomala madaniyati. Innovatsion faoliyatning darajalari: reproduktiv, evristik, kreativ bo‘lishi mumkin”.
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, o‘zgarishlar tom ma’noda ta’lim jarayoniga kirib keladi. SHu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga kiritish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi:
- muammoni tahlil asosida aniqlash
-o‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish
-mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash
-o‘zgarishlarni amalga oshirish
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad – o‘qituvchilarni yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, ilg‘or pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iboratdir.
Innovatsion faoliyat – bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratish bo‘lib, uning progmatik xususiyati shundaki, u g‘oyalar maydonida ham va alohida bir subyektning harakat maydonida ham amalga oshirilmaydi, balki bu faoliyatni amalga oshirish tajribasi kishilar hayotida hammabop bo‘ladigan holdagina haqiqiy innovatsion hisoblanadi.
Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga kelgan ixtironi-loyihaga, loyihani-texnologiyaga aylantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Innovatsion faoliyatda ilmiy tasavvurlar akademik ilm mantig‘i bo‘yicha tug‘ilmaydi, balki rivojlanish jarayonining modifikatsiyalari qo‘llab-quvvatlanishi natijasida rivojlanayotgan amaliyot mulohazasidan paydo bo‘ladi.
“Innovatsion faoliyat – o‘qituvchining o‘z faoliyatidan qoniqmasligidan kelib chiqadi. U o‘qituvchi tomonidan u yoki bu pedagogik vazifani hal qilishda qandaydir to‘siqqa duch kelinib, uni muvaffaqiyatli hal etishga intilish asosida yuzaga keladi”.
Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo‘naltirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyati tuzilishini tahlil qilishga turli xil yondashuvlar mavjud. Masalan, A.Nikolskayaning fikricha, faoliyatni yangilash uch bosqichda, ya’ni tayyorgarlik, rejalashtirish va joriy etish bosqichlarida amalga oshiriladi.
O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator to‘siqlar mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyat chegarasidan tashqariga chiqishi hamda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidadir.
Innovatsion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.
M.T.Jumaniyozovaning fikricha, o‘qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.Yangilikni pedagogik faoliyatda qo‘llashdan oldingi davrdagi o‘qituvchi faoliyatini tahlil qilish.
2.Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.
3.Pedagogik jarayonga yangilik kiritib bo‘lingandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil qilish.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatini tahlil qilib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha belgilash mumkin:
Birinchi bosqich – tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko ‘chiriladi.
Ikkinchi bosqich – mavjud tizimga ayrim yangi moslama(modifikatsiya)lar metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich – yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli to‘liq ishlab chiqiladi.
To‘rtinchi bosqich – o‘qituvchi o‘qitish va tarbiyalashning o‘z konsepsiyasi va metodikasini ishlab chiqadi.
O‘qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishidagi birinchi bosqichda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
►pedagogik faoliyatda ijodiy yo‘nalishni shakllantirib borish;
►pedagogik jarayonda subyekt-subyekt hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
►pedagoglik kasbini rivojlantirish va bunga qiziqishni orttirib borish;
►keng qiziqish doirasini shakllantirish, pedagogik muloqotda ochiqlikni ta’minlash;
►“men-g‘oyalar” ijodiy fikrlash yo‘nalishini rivojlantirib borish;
►pedagogik vazifalarni hal etishga ijodkorlik bilan yondashuv, tahlil qilish malakalarini rivojlantirib borish;
►ijodiy ishlash texnologiyasini shakllantirish.
Bu jarayonda shaxsiyatni o‘stirish treningi, muammoli o‘qitish texnologiyasi, faol ta’lim metodikasidan foydalanish va yangilik kiritish jarayoni bilan tanishtirib borish lozim. Birinchi bosqichning asosiy mazmunini umumiy psixologik-pedagogik bilimlarni egallash, o‘z faoliyatini tahlil qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish tashkil etadi.
O‘qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishning ikkinchi bosqichida quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:
pedagogik faoliyatni kreativ rivojlantirish;
ma’naviy-madaniy bilimlarni oshirish;
pedagogik yangiliklarni o‘zlashtirish ehtiyojini shakllantirish;
pedagogik refleksiyani rivojlantirish;
yangi turdagi faoliyat sifatida innovatsion axborot fondini shakllantirish.
O‘qituvchilarini mazkur vazifalarni bajarishga tayyorlashda muammoli o‘qitish, o‘zini anglash bo‘yicha treninglar tashkil etish, o‘qitishning rivojlantiruvchi texnologiyalari bilan tanishtirib borish, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalaridan foydalanish, mualliflik konsepsiyalarini izohlash, o‘qitish metodlarini tanlashga o‘rgatish, pedagogik texnika va texnologiya treninglari, mustaqil ishlardan foydalanish mumkin.
Innovatsion faoliyat shakllanishining uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
◄ pedagogik faoliyat va bir butun holatda pedagogik muloqot texnologiyasini zamonaviylashtirish;
◄ innovatsion faoliyat texnologiyasini o‘zlashtirib olish.
Innovatsion jarayonlarni boshqarish tamoyillari:
▬ shaxsga yo‘naltirilgan, jamoa a’zolari ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan insonparvarlik tamoyili.
▬ ta’lim muassasasining strategik rivojlanishini aks ettiruvchi  qadriyatga yo‘naltirilganlik tamoyili;
▬ ta’lim muassasasining ichki va tashqi ehtiyojlarini o‘zgarib borishini inobatga olishni taqozo etuvchi bashoratga yo‘naltirilganlik tamoyili;
▬ innovatsiya subyektlari qiziqishini va uni amalga oshirish imkoniyatini hosil qiluvchi ta’lim muassasasi rivojlanishining maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili;
▬ pedagogik jamoaning muhokama, ishlab chiqish va boshqaruv qarorlarini ta’lim muassasasi ichki boshqaruvining barcha bo‘g‘inlarida erkin ravishda amalga oshirishga yo‘naltirilgan demokratlashtirish tamoyili;
▬ innovatsion jarayonlarning muvofiqlashtirilganligi, uning rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim muassasasi faoliyatining barqarorlikka yo‘naltirilganlik tamoyili;
▬ ta’lim muassasasidagi muammolarini aniqlash, ularning qamrovlik darajasini va chuqurligini o‘lchash, o‘z vaqtida qarorlar qabul qilish, pedagogik jamoaning kuchini muammoni yechishga safarbar qilishga qaratilgan muammo yechimi topishga yo‘naltirilganlik tamoyili;
▬ ta’lim muassasasidagi muammolarni muxokama qilish imkoniyatlari va ularni hal qilish vakolatiga ega shaxslar va tashkilotlarning ishtirok etishini taqozo etuvchi tashqi muhit ta’sirining ochiqligi tamoyili;
▬ ta’lim muassasasi jamoasining innovatsion jarayon natijalari va yo‘nalishi haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo‘lish huquqiga ega bo‘lish tamoyili;
▬ innovatsiya subyektlari faoliyatini integratsiyalash va umumiy tarzda innovatsion dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan  tizimlilik tamoyili;
▬ ta’lim muassasasida yangidan o‘zgartirishlar kiritishga talab etuvchi pedagogik jarayon tarkibiy qismlarining istiqbolli yo‘nalishlarini ajratib ko‘rsatish tamoyili;
▬ kontseptual qarashlarga yo‘nalganlik va aynan boshqaruv faoliyati tuzilishini aniqlash, boshqaruv tizimini tashkiliy tuzilishini tashkil etish, boshqaruv texnologiyasini tanlashga doir boshqaruv harakatining to‘liqligi tamoyili;
▬ ta’lim muassasasi rivojlanishi doirasida boshqaruv ta’sirini innovatsion jarayonga moslik tamoyili.
Innovatsion salohiyatni tashkillashtirish jarayonining tuzilishi murakkab tavsifga ega bo‘lib, salohiyatning rivojlanish darajasi esa innovatsion imkoniyatlarni, pedagog kadrlarlarning o‘z mehnati samaradorligidan qoniqish hosil qilishlarini taqozo etadi. Mazkur ta’rifni asos qilib olgan holda, innovatsion salohiyatning quyidagi tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.Texnologik tarkibiy qism xodimlarning kasbiy ko‘nikma va malakalarga egaligi darajasi, ishlab chiqarish texnologiyalari, tashkilotdagi yangilanishlarni boshqarish va amalga oshirish bilan tavsiflanadi.
Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
1)o‘z faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olish qobiliyati;
2)o‘z kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
3)yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik;
4)tashkiliy madaniyat va psixologik muhitning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligi.
2. Kognitiv  tarkibiy qism o‘zida jamoa a’zolarining kelgusi yangilanishlardan xabardorligi, shu bilan birga innovatsiya subyektlarining professional bilim darajasini aks ettiradi.
3. Kreativ tarkibiy qism professional faoliyatni amalga oshirishda muassasa xodimlarida ijodiy yondashuvning mavjudligi, ularning muammoli vaziyatlarda nostandart fikrlay olish, erkin fikrlash va faoliyat ko‘nikmalariga egaliklarini aniqlab beradi.
4. Psixologik muhitda namoyon bo‘luvchi muassasaning tashkiliy madaniyati, qadriyatga yo‘nalganligi, ijtimoiy ustanovkalar, jamoa a’zolarining xatti-harakatlari innovatsion salohiyatning regulyativ tarkibiy qismi mazmun-mohiyatini ochib beradi.
5. Jamoa a’zolarining innovatsiyani o‘zlashtirish jarayoni, ularning faoliyatiga ta’sir etishi, uni kuchaytirishi yo susaytirishi  xissiy-emotsional tarkibiy qism bilan belgilanadi.
6. Motivatsion tarkibiy qism jamoa a’zolarining yangilikka munosabatini aniqlash: innovatsion faoliyatga da’vat etish, uning chegara va shakllarini belgilab berish, ta’lim muassasasi maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, mo‘ljallangan motivlardan tarkib topadi.
Motivatsion-ijodiy yo‘nalganlik pedagog-kadrlarda quyidagi ehtiyoj va qobiliyatlarning mavjud bo‘lishini taqozo etadi:
pedagogik vazifalarni hal etishga doir standart bo‘lmagan yondashuvlarni izlab topish;
izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatini amalga oshirish;
yangiliklarni amaliyotda qo‘llay olish uchun mavjud bilimlardan foydalana olish va ularni rivojlantirish;
pedagogik refleksiyani amalga oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy va pedagogik shart-sharoitlarga doir o‘zgarishlarga tez moslasha olish.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin