2-3- seminar mashg’ulotga doir topshiriqlar to‘plami Shiorimiz: Biz bo‘lajak novatorlarmiz. Shunday ekan, biz standart fikrlamaymiz. Bizga ijodiy fikrlash xosdir.
2.1-topshiriq. N.YU.Postalyuk tasnifi bo‘yicha quyidagi mazmunga asoslangan holda innovatsiyalar tasnifini hosil qiling:
1) mazkur innovatsiyalar ta'lim tizimining yangi shart- sharoitlarga moslashuvchan o‘zgarishni o‘zida ifoda etadi;
2) tizimning dastlabki xususiyatlarini regeneratsiya qilish (an'anaviy ta'lim tizimi yoki uning elementlarini qayta ishlab chiqish);
3) tizim ichidagi elementlarni qayta guruhlashtirish yoki tashkiliy jihatlarini o‘zgartirish bilan tavsiflanadi;
4) mazkur innovatsiyalar tizimda miqdor o‘zgarishlar kiritish bilan tavsiflanadi. Bunda innovatsiyaning dastlabki sifati o‘zgarmaydi;
5) mazkur innovatsiyalar yangi yechimga ega bo‘ladi (bular ko‘pincha ta'lim tizimining ba'zi tarkibiy qismlari funksiyasini kengaytirishni ta'minlashga qaratilgan sifatli sodda, o‘zgarishlardir);
6) mazkur innovatsiyalar ta'lim tizimining yangi avlodini yaratishni nazarda tutadi (tizimning barcha yoki ko‘pchilik dastlabki xususiyatlarini o‘zgartirish);
7) mazkur innovatsiyalarni amalga oshirish orqali yangi turdagi ta'lim tizimi yaratiladi. Bunda tizim hosil qiluvchi tamoyil saqlangan holda, tizimning funksional xususiyatlari o‘zgaradi;
8) mazkur innovatsiyalar ta'lim tizimini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan. Bunda ta'lim tizimining asosiy funksional tamoyili o‘zgaradi va shu tarzda yangi pedagogik tizim hosil bo‘ladi.
Topshiriqni bajarish tartibi. Esga oling: N.YU.Postalyuk yangilikning o‘zgarish tezligi va yangilik darajasiga ko‘ra innovatsiyalarni sakkiz guruhga tasnif qilgan: 3) nolli innovatsiyalar;
2) birinchi raqamli innovatsiyalar;
3) ikkinchi raqamli;
4) uchinchi raqamli innovatsiyalar:
5) to‘rtinchi raqamli innovatsiyalar;
6) beshinchi raqamli innovatsiyalar;
7) oltinchi raqamli innovatsiyalar;
8) yettinchi raqamli innovatsiyalar.
Yuqoridagi fikrlarni o‘qing va ularni qaysi raqamli innovatsiya mohiyatini o‘zida aks ettirganligini aniqlang.
Topshiriq yuzasidan to‘planadigan maksimal ball: 2 ball, har bir raqamli innovatsiyani to‘g’ri belgilasangiz, 0,25 ballga ega bo‘lasiz.