Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hutorskoy A. V. Pedagogicheskaya innovatika. - M.: Akademiya, 2008.
2. Yusufbekova N.R. Obshie osnov pedagogicheskoy innovatiki: Opit razrabotki teori innovatsionnix processov v obrazovanii. -M., 1991.
3. Hasanboyev J., To ‘raqulov X. va boshqalar. Pedagogika fanidanizohli lug‘at. - T., 2009.
4. L.I.Petrova Organizatsiya obrazovatelnogo prosessa v shkole. -Rostov-na-Donu, Feniks, 2008.
5. Slastyonin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: Innovatsionnaya deyatelnost. - M.: Magistr, 1997.
6. R.Mavliyanova, N.Raxmankulova “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi”.T.,2013
12-seminar mashg’ulot: Yangilik kiritishda didaktik g‘oya va konsepsiya darajasi Reja: 1.Yangilik kiritishda didaktik g‘oya.
2.Yangilik kiritishda konsepsiya darajasi.
MASHG’ULOTNING BORISHI: (Dastlab, o‘qituvchi tomonidan talabalardan mashg’ulot topshiriqlari (uyga vazifa) so‘raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi, mashg’uulot davomida esa talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma),topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So‘ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
1-topshiriq. Klaster usulida savollarga javob bering.
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring