15-seminar mashg’ulot: Pedagogika kollejlari ichki boshqaruvida pedagog kadrlarni innovatsion salohiyatining boshqarilishi Reja: 1.Pedagogika kollejlari ichki boshqaruvida pedagog kadrlarni innovatsion salohiyatining boshqarilishi mavjud holatini tahlil etish.
MASHG’ULOTNING BORISHI: (Dastlab, o‘qituvchi tomonidan talabalardan mashg’ulot topshiriqlari (uyga vazifa) so‘raladi va ularning konspekt daftarlari tekshiriladi, mashg’uulot davomida esa talabalarning nazariy bilimlarini savollar (test, og’zaki, yozma),topshiriqlar yordamida tekshiriladi.
Berilgan nazariy ma’lumotlarni o‘rganing. Mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishing. So‘ngra berilgan topshiriqlarni bajaring.
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog`ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
F-fikringizni bayon eting
S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating
M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring
U- fikringizni umumlashtiring
1-guruh
Savol
Pedagogika kollejlaridagi innovatsion salohiyatining boshqarilishi qanday?