Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə86/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Savollar:
1. Bola qaysi yosh davrida deb o’ylaysiz?
2. Bola xulqidagi bu o’zgarishlarni nima bilan asoslash mumkin?
3. Onaga qanday psixologik maslahat berishingiz mumkin?


Mikrokeys-2
Qizim katta guruhga borardi. Tirishqoq, yoshiga nisabatan aqlli, berilgan vazifalarni darrov yechib berar edi. Ishim juda ko’pligi sababli, shamollab qolgan bo’lsa ham qizimni bog’chaga olib bordim. O’sha kuni bolalarni emlashayotgan ekan. Isitmasi chiqib turgan qizimni ham emlashibdi. Farzandim ancha payt kasal bo’lib yurdi.
Savollar:
1. Muammoning oldini olish mumkinmidi?
2. Ota-onaga va tarbiyachiga bunday hollarda qanday maslahat berish mumkin edi?


Mikrokeys-3
Farzandim maktabgacha tayyorlov guruhida. Tarbiyachining 1 sinfga boradigan qizi maktabdan chiqib onasining oldiga keladi. Qizchaning o’ziga yarasha harakteri bor. U mening o’g’lim bilan doim tortishib yuradi. O’g’lim bog’chaga kelishdan bezillab qoldi. Tarbiyachini ona sifatida tushunaman.
Bolasini yolg’iz qoldirgisi kelmayapti. Ammo bolalarning bog’chadagi munosabatlariga bu salbiy ta'sir ko’rsatyapti deb hisoblayman.
Tarbiyachining ustidan shikoyat qilib mudiraga kirsam, keyin tarbiyachi o’g’limga zarar keltirmaydimi?
Savollar:
1. Ushbu muammoda kimning aybi ko’p.
2. Tarbiyachini xulqini tushuntirish mumkinmi?
3. Tarbiyachi va ota-ona, tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatning harakteriga ta'sir qilgan omillarni aniqlang.


Mikrokeys-4
Men – maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachisiman. Guruhimdagi K.ismli qizning ota-onasi bilan tortishib qoldim. Ular doim mening mashg’ulot o’tishim, bolalarga qilgan munosabatimdan nolishadi. K.ni boshqa guruhga o’tkazish uchun mudiraga murojaat qilmoqchiman.
Savollar:
1. Tarbiyachining ijtimoiy-psixologik harakteristikasini bering.
2. Tarbiyachiva ota-ona, tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatning harakteriga ta'sir qilgan omillarni aniqlang.



Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin