Andijon davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi «pedagogik innovatika»



Yüklə 2,15 Mb.
səhifə87/89
tarix13.12.2023
ölçüsü2,15 Mb.
#139664
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
PEDAGOGIK INNOVATIKA MAJMUA Oxirgisi

Mikrokeys-5
Qaynonam bilan birga turaman. Qaynonam bolalarimni rosa erkalatadilar. Men ta'qiqlagan barcha ishlarga ruhsat beradilar.
Farzandim maktabga tayyorlov yoshida. U bilan birga dars tayyorlashga o’tirishim bilan qaynonam menga ish buyuradilar yoki farzandimni oldilariga chaqirib oladilar. Men nima qilishni bilmayapman. Gohida qaynonamga achchiq qilib bolamni kaltaklab ham quyyapman va bundan keyin rosa afsuslanaman.
Savollar:
1. Oiladagi munosabatlarga harakteristika bering.
2. Ularga qanday psixologik maslahat berish mumkin?
3. Ona va farzand munosabatlarini yaxshilash uchun nimalar qilish kerak?


Mikrokeys-6
Guruhimdagi ayrim ota-onalarning gohida farzandlarini haddan ziyod kech olib ketishlari natijasida, gohida boshqa ishlarning ko’payib ketishi natijasida uyga kech qaytaman. Shu sabab kechki ovqatni ham vaqtida tayyorlashga ulgurmay qolaman. Bu holatlar turmush o’rtog’imning jahlini chiqaradi. Bolalarimning oldida ham qattiq gaplar aytib, xatto haqorat qiladilar. O’g’lim ham shungami yoki boshqa sababmi menga gap qaytaradigan, ishimga ham mensimay munosabat bildiradigan bo’lib qolgan.
Savollar:
1. Tarbiyachi qanday yo’l tutgani ma'qul (psixolog sifatida maslahat bering)?
2. Ota-onalarga farzandlariga nisbatan mas'uliyatli bo’lishni qanday tushuntirish darkor? O’z fikringizni asoslang.

Mikrokeys-7
Guruhimdagi Z. ismli bolaning onasi juda ham muomala madaniyatiga rioya qilmaydi. Bolasini turtib yomon muomala qiladi. Men ham u bilan oddiy masalalarda tortishib qolaveraman. Bunday ota-onalar bilan qanday ishlash kerakligini bilmayapman.


Savollar:
1. Tarbiyalanuvchining onasiga qanday psixologik harakteristika berish mumkin?
2. Tarbiyachi va ota-ona, tarbiyalanuvchi o’rtasidagi munosabatning harakteriga ta'sir qilgan omillarni aniqlang.
Mikrokeys-8
Guruh tarbiyalanuvchilaridan ayrimlari yuvinish xonasini tartibsiz holatga keltirganliklari uchun tarbiyachi ularni jazolash maqsadida tushlik paytida turg’izib qo’ydi. Bolalardan birining otasi ertaroq olib ketish uchun kelib qoldi va tarbiyachi bilan qattiq tortishib qoldi.

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin