Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti



Yüklə 459 Kb.
səhifə14/25
tarix16.12.2022
ölçüsü459 Kb.
#121200
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
401-27

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti fani bo‘yicha, O‘zbekistonda jismoniy tarbiya tizimi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning me’yoriy hujjatlari, jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari, jismoniy tarbiya maqsad va vazifasi, jismoniy tarbiyani o‘rganadigan tabiiy va aniq fanlar, ijtimoiy iqtisodiy fanlar va mutaxassislik fanlari, jismoniy tarbiya va sportda ilmiy tadqiqotlar olib borish, jismoniy tarbiyaning umumiy tamoyillari, jismoniy tarbiya va vositalari, tabiat omillari, chiniqish muammolari, jismoniy mashqlar texnikasi, jismoniy tarbiyada ta’lim tamoyillari, jismoniy tarbiyada ta’lim usullari, jismoniy mashqlarga va harakatlarga o‘rganish, harakat, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish, jismoniy fazilatlarni rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning boshqa tarbiyalar bilan aloqasi.
2.1.Jismoniy tarbiya tarixi va jismoniy tarbiyani boshqarish.
Dunyo halqlarining shuningdek Turkiy halqlarining jismoniy madaniyati tarixi, uning rivojlanishi va taraqqiyoti. O‘zbek halqlari jismoniy madaniyat tarixi, milliy sport turlarini shakllanishi va rivojlanishi, sharq mutafakkirlarining jismoniy madaniyat haqidagi ta’limoti. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sport rivojlanishi va taraqqiyoti.
Jismoniy tarbiya tashkil etish va boshqarish. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tizimi. O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sportni boshqarish milliy jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi. Milliy olimpiada sport qo‘mitasi. Halqaro sport tashkilotlari va uyushmalari. Havaskorlik va professional sport uyushmalari, sport marketingi, sport menedjmenti.
Gimnastika va uni o‘qitish uslubiyoti. Gimnastikani shakllanishi va rivojlanishi, O‘zbekiston jismoniy tarbiya tizimida gimnastikaning tutgan o‘rni, gimnastik harakatlar atamalari. Gimnastika mashg‘ulotlarida jarohatlanishni oldini olish, ta’lim muassasalarida gimnastika darslarini tashkil etishni rejalashtirish va boshqarish.
Saf mashqlari. Umumrivojlantiruvchi mashqlar. Osilishlar va tayanishlar muvozanat saqlash mashqlar, uloqtirishlar. Oddiy sakrashlar, erkin mashqlar, akrobatika, ommaviy gimnastika harakatlari. Dastakli otda tayanish mashqlari, qo‘sh cho‘pda tayanish mashqlari, yakkacho‘p va halqalarda osilish mashqlari.
Yengil atletika va uni o‘qitish uslubiyoti. Yengil atletikani shakllanishi va taraqqiyoti. O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport tizimida Yengil atletikaning tutgan o‘rni. Yengil atletika mashqlarining texnikasiga o‘rgatish. Yengil atletika darslarini tashkil etish. Yengil atletikachilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi. Yengil atletika sport trenirovkalarini tashkil etish. Ta’lim muassasalarida yengil atletika mashqlariga o‘rgatish uslubiyoti. Qisqa masofaga, uzoq masofaga, o‘rtacha masofaga yugurishlar. To‘siqlar osha yugurish, estafeta yugurishlari va kross yugurishlar. Nayza va lappak, granata, to‘p uloqtirish, yadro itqitish, uzunlikka va balandlikka sakrash. Yengil atletika mashg‘ulotlarini rejalashtirish va o‘tkazish uslubiyoti. Yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil etish va boshqarish. Yengil atletikada hakamlik. Yengil atletika musobaqalarining hujjatlarini tuzish.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin