Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari



Yüklə 459 Kb.
səhifə20/25
tarix16.12.2022
ölçüsü459 Kb.
#121200
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
401-27

Jismoniy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari: Pedagogika va psixologiyaning asosiy qonuniyatlari. Jismoniy tarbiya va sport borasida ilmiy pedagogik ijodiyotining metodologiyasi. Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti va pedagogik meroslari. Zamonaviy psixologiyaning asoslari va uslublari. Jismoniy madaniyat va sport jamoalarini boshqarish shakllari. Jismoniy tarbiyada asosiy psixologik jarayonlari yo‘nalishlari va shakllari. Bolalar va o‘smirlar psixologiyasini rivojlanishi. Jismoniy yuklamalarni boshqarish. Shaxsni tarbiyalashga qaratilgan jismoniy tarbiyaning xilma-xil zamonaviy uslub, shakl va vositalar. Jismoniy tarbiya jarayonidagi qo‘lbola jihozlaridan foydalanish. O‘quvchilar va talabalar bilim va malakalarini nazorat qilish. Tarbiya jarayonida psixodiagnostika vositalaridan foydalanish. Talaba va o‘quvchilarni mustaqil shug‘ullanishi mashg‘ulotlarni ilmiy uslubiy va tashkiliy asoslarini yaratish. O‘quv jarayonida o‘qitishning texnik vositalari va kompyuter texnologiyasidan foydalanish. Mutaxassislik fanlaridan ilmiy uslub tavsiyanomalar.
Jismoniy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslari fanidan nazariy mashg‘ulotlarda quyidagi mavzular yoritiladi: O‘rta Osiyo va Sharq mutafakkirlarining jismoniy madaniyat haqidagi pedagogik qarashlari va ta’limoti. Jismoniy tarbiya pedagogik jarayonida insoniy va milliy qadriyatlardan foydalanish. O‘quvchilar ta’lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishning yangi pedagogik texnologiyalari. O‘quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonining psixologik asoslari. Jismoniy tarbiya jarayonida o‘quvchilar xissiyotlari va hamkorliklarini boshqarish. O‘quvchilar shaxs qobiliyatlari imkoniyatlarini oshirish va ularga, yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda yondoshish. O‘quv jarayonini tashkil etish, bilim va malakalarni naorat qilishning o‘quv uslubiy asoslari. Ilmiy, texnik, iqtisodiy va ijtimoiy dunyoqarashlarini shakllantirish. Shaxs fazilatlarini tarbiyalash, huquqiy va mehnat tarbiyasi. Pedagogik mahorat. Ta’lim muassasalari. Maktabgacha tarbiya, umum o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim va oliy ta’lim muassasalarini boshqaruv faoliyati.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin