Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


II.BOB.JISMONIY TARBIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH JARAYONLARI



Yüklə 459 Kb.
səhifə13/25
tarix16.12.2022
ölçüsü459 Kb.
#121200
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
401-27

II.BOB.JISMONIY TARBIYA MUTAXASSISLARINING KASBIY FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISH JARAYONLARI
Bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar oliy ma’lumotli mutaxassislarning vazifasini bajara olishi, bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha magistraturada ta’lim olishi, qo‘shimcha ta’lim olish va malaka oshirishga tayyor bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat bakalavri kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va umumta’lim maktablari pedagog jismoniy tarbiya o‘qituvchisi faoliyatida o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish vosita va uslublari uslubiyotini qamrab olgan fan yo‘nalishidir.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat bakalavri ta’lim obekti kasb-hunar kollejlari akademik litseylar va umumta’lim maktablari, maktabdan tashqari muassasalarining o‘quvchilari, jismoniy tarbiya jarayoni.
Jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat bakalavri psixologik-pedagogik umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagi faoliyatni olib boradi.

  1. Ta’lim faoliyati: kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, umuta’lim maktablari jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat o‘qituvchisi .

  2. Tarbiya faoliyati: maktabdan tashqari muassasalarda ta’lim va tarbiyaviy ishlar olib borish.

  3. Ilmiy tadqiqot faoliyati: ilmiy tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy hodim vazifasini bajarish.

  4. O‘quv uslubiy faoliyat: ta’lim boshqarmasida uslubiy yo‘riqchi vazifasini bajarish.

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri matematika, informatika va axborot texnologiyalari bo‘yicha quyidagi texnologiyalariga ega bo‘lishi kerak.
Matematik nazariya orqali dunyoni bilish. Axborot texnologiyalarining jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati. Yangi informatsion texnologiyalardan ta’lim jarayonida foydalanish shakllari. Bakalavr matematik tahlil, geometriya va matematik statistika uslublari va tushunchalar bilishi. Pedagogik dastur vositalari, kompyuter texnologiyasi vositalaridan foydalana olish. Shuningdek jismoniy tarbiya va sportda son va sifat ko‘rsatkichlarini ahamiyati. Jismoniy tarbiya va sport jarayonini kompyuter texnologiyalari hamda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish tajribalariga ega bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri anatomiya, odam fiziologiyasi, bioximiya, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, yosh fiziologiyasi va gigiena fanlari bo‘yicha quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi kerak.
Anatomiya fanining asosiy tushunchalari, inson shaxsining tabiatdagi o‘rni, insonning fiziologik xususiyatlari, jismoniy harakatlar mexanikasi, modda almushinuvining bioximik asoslari, atrof muhitning dolzarb muammolari va insonning yosh fiziologiyasi va umumiy va shaxsiy gigienasi talablari. Shuningdek bakalavr anatomik tadqiqotlar uslublari, inson tuzilishi va tayanch harakat apparati xususiyati, muskul to‘qimalari, ichki organlar, yurak qon-tomir tizimi, ichki sekretsiya organlar, organizm o‘zgarishining yosh va jins xususiyatlari, jismoniy tarbiya jarayonidagi bioximik va o‘zgarishlar iqlim sharoitlari va tabiat omillarining jismoniy rivojlanishga ta’sirini bilishi va ulardan foydalanishi kerak. Jismoniy tarbiya jarayonida anatomiya qon tizimi va qon aylanishi xususiyatlari, bioximik nazorat, kasbiy jarohatlar, ekologik huquq, shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish tajribalariga ega bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri psixologik va pedagogik fanlari bo‘yicha pedagogik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlari O‘zbekistonda va rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimi va jismoniy tarbiya o‘qituvchilari kasbiy faoliyatida psixologik tayyorgarlik, ta’limning yangi va asosiy texnologiyalari hamda inson ma’naviyati tushunchalariga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek bakalavr quyidagi bilimlarni egallagan bo‘lishi va ulardan tarbiya jarayonida foydalana olishi kerak. Ta’lim va tarbiya tamoyillari, didaktika qonuniyatlari oilada, ta’lim muassasalarida, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uslublari, ta’lim va tarbiya jarayonlarini boshqarish, sharq mutafakkirlarini tarbiyaviy meroslari hamda qur’on va hadisning ma’naviy va tarbiyaviy mohiyati, pedagogikadan yangi texnologiyalar, pedagogik mahorat, pedagogik tajriba, o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish, nutq madaniyatiga ega bo‘lish, shaxs psixologiyasi, psixologik holatlar, tadqiqot usullari, bolalarning har xil yosh davridagi psixologiyasi, bolaning psixologik rivojlanish qonuniyatlari, ta’lim va tarbiyaning psixologik xususiyatlari, o‘quvchilarning o‘quv mashg‘ulotlaridagi psixologik holatlarning xususiyatlari, ta’lim jarayonida psixologik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari. Bolalarning psixologik rivojlanishini mustaqil nazorat qilish, psixodiagnostik vositalarini baholash usullarini egallash, psixologik, pedagogik tahlil vazifalarini hal etish, o‘quvchilar hissiy holatlarini tahlil etish, o‘quvchilarning yosh va psixik holatlarini hisobga olgan holda yakkama-yakka shug‘ullanish, aqliy rivojlanish mezonlaridan foydalani hamda aqliy rivojlanishining samarali shartlarini tanlay bilish, o‘quvchilarni hamkasabalarni va ota-onalarni, psixologik muammolar bo‘yicha yordam berish, aqliy rivojlanish darajalarini aniqlay bilish hamda psixologik tahlillar olib borish. Shu bilan birga bakalavr o‘quvchilar va ota-onalar bilan ta’lim va tarbiyaviy ishlarni olib borishni rejalashtirish va tashkil etish, milliy istiqlol g‘oyalarini yakka va jamoa faoliyati bilan amalga oshirish, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish, ta’lim tarbiya jarayonini boshqarish va o‘quv uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash, ularni o‘quv jarayoniga tadbiq etish, o‘quvchilar malaka va ko‘nikmalarini hamda bilimlarini nazorat qilish tajribalariga ega bo‘lish kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavri kasbiy mutaxassislikka erishish uchun quyidagi fanlarni mukammal o‘zlashtirishga ega bo‘lishi kerak.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin