Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat magistri



Yüklə 459 Kb.
səhifə18/25
tarix16.12.2022
ölçüsü459 Kb.
#121200
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
401-27

Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat magistri mutaxassisligiga qo‘yiladigan talablar magistraturaga qo‘yiladigan talablar talab standarti keltiriladi. Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat magistri oliy o‘quv yurtlari ilmiy tadqiqot institutlari jismoniy tarbiya va sport qo‘mitalari va boshqarmalarida faoliyat ko‘rsatiladi. Jismoniy tarbiya va Jismoniy madaniyat magistrlari ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etilishi va o‘tkazilishi, ilmiy tadqiqot institutlarida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy uslubiy ish olib borishi, ilmiy uslubiy tavsiyanomalar, ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar hamda darsliklar tayyorlash, jismoniy tarbiya va sport qo‘mita va boshqarmalarida ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari tashkil etishi va boshqarishi, tadbirlar, musobaqalar nizomi ishlab chiqish, hamda o‘quv lager yig‘inlari tashkil etilishi jismoniy tarbiya va sportni ommaviylashtirish va aholini sog‘lomlashtirish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish bilan shug‘ullanadilar.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat magistri Mutaxassislik fanlari bo‘yicha bilimga, tasavvurga va tushunchaga ega bo‘lishlari, amaliy, malaka va ko‘nikmalari hamda tajribalari shakllanishgan bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari: jismoniy tarbiyaning yangi va zamonaviy usullari va shakllari, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining tarkibiy xususiyatlari. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat dolzarb muammolari, o‘quv sport mashg‘ulotlarini rejalashtirish. Sport inshootlari, moddiy texnika bazasini ta’minlash. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislarining tayyorgarligining asosiy tushunchalari, shakllari, shaxsning har tomonlama rivojlanishida jismoniy tarbiyaning samarali uslub va shakllari, bolalar va o‘smirlar organizmini rivojlanishi. Jismoniy yuklamalarni me’yorlash, talabalar, ta’lim-tarbiya faoliyatining samaradorligini oshirishning yangi pedagogik texnologiyalari. Jismoniy tarbiya va sportda malaka va ko‘nikmalar shakllanishini nazorat qilish tizimi. Milliy sport va harakatli o‘yinlari, an’ana va urf-odatlarining jismoniy tarbiya jarayonida va mutaxassislar tayyorlashdagi ahamiyati. Jismoniy tarbiya darslarida texnik vositalardan samarali foydalanish, jismoniy tarbiya va sportda yuksak natijalarga erishish tamoyillari va tizimlari, mutaxassislik fanlari bo‘yicha milliy uslubiy tavsiyanomalar tayyorlash, talabalar ta’lim tarbiya jarayonini rejalashtirish, ta’lim muassasalarida ommaviy sport sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish va boshqarish.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin