Andijon davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi


Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari



Yüklə 459 Kb.
səhifə19/25
tarix16.12.2022
ölçüsü459 Kb.
#121200
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
401-27

Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat asoslari fanidan muhokama etiladigan nazariy mashg‘ulotlar mavzulari:
O‘rta Osiyo va O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport tizimida erishilgan ilmiy pedagogik yutuqlar tavsifi, Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash tadbirlari o‘quvchi va yoshlarni jismoniy tarbiyalash va ta’lim berish muammolari ta’lim muassasalarida sinfdan tashqari ishlar va maktabdan tashqari ishlar hamda yashash joylarida va oilada jismoniy tarbiyani tashkil etish va boshqarish masalalari. Jismoniy tarbiyani ilmiy uslubiy, moddiy texnik, tashkiliy va huquqiy asoslari, jismoniy tarbiya jarayonida ta’lim berish va pedagogik nazoratning samarali shakl, uslublari va vositalari. Jismoniy tarbiya tizimida milliy harakatli o‘yinlar va sport o‘yinlari, urf-odatlar, an’analardan foydalanish. Qizlar va ayollarning jismoniy tarbiyalash muammolari. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportga oid qarorlar, qonunlar va farmonlarning tahlili.
O‘zbekistonda mustaqillik davrida jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishi tarixi va sotsiologiyasi. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni aholini sog‘lomlashtirish tadbirlariga oid ahamiyati. Milliy olimpiya qo‘mitasi faoliyatining mazmuni va ahamiyati. Sportchilarning xalqaro arenalarda yuqori natijalari hamda xalqaro sport aloqalari. Olimpiya shuhrati muzeyini tashkil etish maqsadi. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishda davlat va jamiyatning vazifasi. Ijtimoiy tadqiqotlarning asosiy uslublari. O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning tarixi. Jismoniy tarbiyaning organizmiga ijobiy ta’siri va chiniqish muolajalari, milliy jismoniy tarbiya tadbirlari haqida Sharq mutafakkirlarining ta’limoti. O‘zbekistonda milliy olimpiya qo‘mitasi va olimpiya harakati. Jismoniy tarbiya va sportga oid ma’ruza va seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv trenirovka mashg‘ulotlari hamda sport tadbirlari o‘tkazish. Talabalar o‘rtasida ommaviy sport sog‘lomlashtirish tadbirlarini ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya haqidagi qonun, qaror va farmonlar. Jamiyatda jismoniy tarbiya va sportning tutgan o‘rni. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan tadbirlar va davlat siyosati. O‘rta Osiyo xalqlari, Turkiy xalqlar va o‘zbek millati tarixida jismoniy madaniyat, harbiy jismoniy tayyorgarlik, milliy sport turlari va harakatli o‘yinlar, urf-odatlar va an’analarini ahamiyati. Sharqda jismoniy tarbiyaning tibbiy asoslarining yaratilishi, xalq pahlavonlarining qahramonliklari va hayoti, harbiy jismoniy tayyorgarlik usullarini “Jangnoma” asarlarida ta’riflanishi. O‘zbekistonda olimpiya harakatiga asos solinishi milliy olimpiya qo‘mitasining faoliyati va xalqaro sport harakatlaridagi aloqalari. Mustaqillik davrida O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti o‘zbek sportchilarining halqaro sport arenalaridagi yutuqlari. Jismoniy tarbiya va sport tarixiga oid tavsiyalar.

Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin