Andijon davlat universiteti
Pedagogika fakulteti BTSTI ta'lim yo‘nalishi
402-guruh talabalari Xurboyeva Mohiniso va
Mamasharipova Mafrunanning ''Tabiatshunoslikni o'qitish metodikasi'' fanidan ''Ekologik madanyatni shakllantirishda o'quvchilarni kuzatishga
yo'naltirilgan topshiriqlar'' mavzusida tayyorlagan slaydlari.
Reja:
1. Ekalogik madaniyatni shakllantirish.
2. Inson va tabiat.
3. Tabiatshunoslik darslarida interfaol metodlar.
Ekologik madaniyat – bu tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof–muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va ma’suliyatli yondashuvdir. Ekologik bilim va ekologik madaniyatning tayanch fazilatlari: 1) axloqiy-ekologik onglilik shaxsning muhim madaniyatlilik sifati bo‘lib, uning atrof – muhitni hissiy bilish jarayoni atrof – muhitdagi obyektlar va hodisalarni sezishi, idrok etishi, tasavvur qilishi, ziyraklik va teranlik asosida tabiat muhofazasi bo‘yicha amaliy
ko‘nikmalarga ega bo‘lishi lozimligini nazarda tutadi; 2) ekologik ma’suliyatlilik shaxsda munosabat va ma’sullikni tarbiyalashda namoyon bo‘ladi, bunday munosabat shaxsning bilib-bilmay, uzoqni o‘ylamay tabiatga ko‘rsatgan salbiy
ta’siri oqibatlarini anglash va bunday ta’sirni bartaraf etish istagi natijasidagina shakllanadi; 3) ekologik irodaviylik shaxsning o‘zi va o‘zgalarning atrof – muhitdagi hatti-harakatlarini baholashi va nazorat qilishi shaxsdagi qat’iyatlilik, tejamkorlik, ozodalik va pokizalik bilan bog‘liq. Shaxsning ekologik madaniyatini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega, ularga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va ongli faollik kabilar kiradi.
Aholining boshqa tabaqalarida esa O‘zbekiston ekologik partiyasi va boshqa ko‘ngillilar, tashkilotlar tomonidan
targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Ekologikta’lim-ning nazariy asosi - atrof muhit muhofazasiga oid ta’limni bog‘cha, maktab, katta-kichik o‘quv yurtlari, oliy o‘quv yurtlarida ma’lum o‘quv reja va dasturlari asosida olib borish hamda malakali mutaxassislar tayyorlashdan iborat. Yig‘ilgan tajribalar umumlashtirilib bir pedagogik shaklga keltirilib o‘quv dasturi darsliklari tuzilishi lozim.
Oliy va o‘rta maxsus ta’limga ega bo‘lgan tarbiyachi, ekologik metodist, ekologik pedagog, ekologik instruktor, injener-ekolog, ekolog-agroximik, ekolog-texnolog kabi mutaxassislar tayyorlanishi lozim.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta, ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalarining taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalarning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi.
Tabiat va inson o’rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi, ularga rioya qilmaslik ertami kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Bu muammo o’zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo’lgan fojiali oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Albatta, ilmiy-texnikaviy rivojlanish natijasida, turli soha ilm va texnologiyalari-ning taraqqiyoti, yangi energiya manbalari va kimyoviy moddalar-ning paydo bo’lishi, tabiiy resurslardan yovuzlarcha foydalanish natijasida havo, suv ifloslanadi, insoniyatni boquvchi yer yaroqsiz holga kelib, oqibatda uni yashash muhitidan mahrum etadi. Inson tabiatning bir bo’lagi bo’lgan holda u bilan bo’lgan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o’zining tabiatga ta’siri orqali undagi muvozanatni buzdi va tabiat hodisalarining davriy muvozanatini izdan chiqardi.
O'quvchilarni tevarak -atrofdagi mavjud narsalar bilan tanishtirish, ularda Ona sayyoramiz-Yer tuzilishi, almashib keluvchi fasllar, bu fasllarda ro‘y beradigan tabiat hodisalari haqida boshlang‘ich tasavvurlar hosil qilish. Ilmiy dunyoqarashi-ni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg‘otish va undan oqilona foydalanishni o‘rgatish '' Tabiatshunoslik'' darsligidagi mavzular orqali amalga oshiriladi. ''Tabiatshunoslik'' o'quv fanini o‘qitish bolalarning 1-sinfda to‘plangan, tabiat haqida olingan tassurotlarini, egallagan bilimlarini yanada boyitadi. Hosil qilingan dastlabki ko‘nikmalarini mustahkamlaydi va tizimga soladi. Tabiatshunoslik bilan tanishtirish darslarida olib boriladigan ta'lim -tarbiya ishlariining adosiy elementlaridan biri o'quvchilarning o‘quv va mehnat topshiriqlarini bajarishlari bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy faoliyatdir. Bolalarga xos bo‘lgan ana shunday o‘yin turlaridan biri syujetli (rollarga bo‘libijroetiladigan) o‘yinlardir.
Dostları ilə paylaş: |